T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1064
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, dekabr.
№ 11-12-sonlar.
RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA KONTENT
MARKETINGDAN
FOYDALANISH VA UNING
BOSQICHLARI
Tohirjonov Ahmadjon Tohirjon o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Marketing va logistika”fakulteti magistranti
Ergashxodjayeva Shaxnoza Djasurovna
Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti marketing
kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli marketing davrida kompaniyalar iste’molchilar bilan aloqalarni yaratish uchun
kontent marketing yondashuvidan foydalanish, shu jumladan, kontent yaratishning barcha bosqichlari ko‘rib chiqiladi.
Texnologik rivojlanish dunyosida kontentning turlari va uni kengaytirish va rivojlantirish tavsiflanadi.
Kalit so‘zlar:
kontent
marketing, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, maqsadli auditoriya, marketing strategiyasi.
Abstract:
This article explores companies in the era of digital marketing from a content marketing approach to creating
relationships with consumers view all stages of content creation, including using.In the world of technological develop-
ment, types of content and it expansion and development are described.
Key words:
content marketing,
digital marketing, social networks, target audience, marketing strategy.
Аннотация:
В этой статье компании в эпоху цифрового маркетинга от подхода контент-маркетинга к построению
отношений с потребителями просмотр всех этапов создания контента, включая использование. В мире техноло-
гического развития виды контента и его описаны расширение и развитие.
Ключевые слова:
контент-маркетинг, цифровой маркетинг, социальные сети, целевая аудитория, маркетинговая
стратегия.
K I R I S H
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu
jumla dan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda,
davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida bir qancha muhim qarorlarni qabul qilindi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat
boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini
takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy
bozorini yanada rivojlantirish,
respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’min-
lashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
“Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi asosida iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni
rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: sanoat korxonalarida zamonaviy axborot tex-
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1065
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, dekabr.
№ 11-12-sonlar.
nologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlash-
tirish; korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu
orqali logistika va sotib olish xarajatlarini qisqartirish; zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy
etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi uzilishlarni
kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning
shaffofligini oshirish; innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; ishchi joylarni
bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy
intellekt texnologiyalarini joriy etish; savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsa-
dida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish; boshqaruv ma’lumotla-
rini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali
takomillashtirish.
Raqamli marketing ‒ bu mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish uchun kompyuterlar, mobil telefonlar va inter-
netga ulanadigan boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanishda marketingning tarkibiy qismidir. Uning 2010
va 2015-yillardagi rivojlanishi kompaniyalarning marketing uchun texnologiyadan foydalanish usullarini o‘zgar-
tirib yubordi. Raqamli marketingning eng muhim afzalliklaridan biri bu shaxsiylashtirilgan va ma’lum xabarlar
yordamida aniq iste’molchilarga yo‘naltirish qobiliyatidir. Raqamli marketologlar iste’molchilarning xulq-atvori
va afzalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali maqsadli auditoriyaga ko‘proq mos keladigan yuqori
maqsadli reklamalarni ishlab chiqishi mumkin.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R N I N G TA H L I L I
Ilmiy adabiyotlarda xalqaro kompaniyalar va transmilly korporatsiyalarda marketing faoliyatini rivojlanti-
rish, marketing tadqiqotlarini takomillashtirish, yangi texnologik marketing yondashuvlarini o‘zlashtirish, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning samaradorligini baholashning ilmiy-nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq qilingan.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kompaniyaning bozordagi raqobatbardoshligi uning bozorga yo‘naltirilgan
siyosatining samaradorligi bilan belgilanadi. Marketing tamoyillarini rivojlantirish va ularni amalda qo‘llash
bo‘yicha ko‘plab iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ular qatoriga F.Kotler, X.Kartajaya, M.Porter,
I.Setiavan, D.Evans, I.Ansoff va M.Berman kabi taniqli olimlarni kiritishimiz mumkin.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Raqamlashtirish sharoitdagi iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan
raqamli marketing va
undagi kontent marketing bosqichlari va yo‘nalishlari xalqaro tajriba asosida empirik tahlil usulini qo‘llash orqali
aniqlandi. Bundan tashqari bosqichma bosqich kontent marketing jarayonida tizimli yondashuvi, abstrakt-man-
tiqiy fikrlash usullaridan foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Kontent marketing bu aniq belgilangan auditoriya (iste’molchilar guruhi uchun qiziqarli, dolzarb va foydali
bo‘lgan kontentni (tarkibni) yaratish, tanlash, tarqatish, kengaytirish va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan yangi tur-
dagi marketing yondashuvi. Kontent marketing shuningdek, brendlar va iste’molchilar o‘rtasida chuqurroq alo-
qalarni yaratadigan brend jurnalistikasining yana bir shakli hisoblanadi. Kontent marketing marketologlarning
rolini brend targ‘ibotchilaridan uning hikoyachilariga aylantiradi.Bu jarayon davomida marketologlar o‘z brend-
lari haqida qiziqarli hikoyalarni o‘zlarining mijozlariga taqdim etib boradi. Bugungi kunda trans milliy korporat-
siyalar va kompaniyalarning aksariyati kontent marketingdan foydalanishmoqda. Kontent marketing so‘nggi
yillarda mashxur so‘zga aylandi va u raqamli iqtisodiyotda reklama kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda. Raqamli
dunyoda interndan foydalanish mijozlarga brendlar bilan suhbatlashish va ular haqida yangi ma’lumotlar olish
imkonini yaratdi. Hozirgi kunga kelib, iste’molchilar brendlar tomonidan taqdim qilinayotgan an’anaviy reklama
murojaatlariga e’tibor pasaydi, ushbu o‘zgarishda ijtimoiy tarmoqlar katta ro‘l o‘ynaydi.
Ilgari mijozlar an’anaviy reklamalar ya’ni, ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan kontentni diqqat
bilan kuzatishardi, chunki boshqa tanlov yo‘q edi. Ijtimoiy media tarmoqlar hammasini o‘zgartirib yubordi, endi
iste’molchilar an’anaviy ommaviy axborot vositardan ko‘ra ishonchliroq va yanada jozibador bo‘lgan yangi kon-
tent murojaat qilishmoqda. Media kontentning jozibadorligi shundaki, u ixtiyoriy va talab bo‘yicha foydalaniladi,
ya’ni mijozlar kontentni xohlagan vaqtda va xohlagan joyda ko‘rishlari mumkin. Raqamli marketing instrumentlari
odamlarning ommaviy axborot vositalarini istalgan joyda va istalgan vaqtda iste’mol qilish imkonini yaratmoqda.
Bunda kompaniyalar sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalarga ko‘proq tayanishmoqda. Xalqaro statista plat-
formasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda global kontent marketing faoliyatini bozordagi daromadi taxminan 72
milliard AQSh dollariga baholanmoqda. 2024-yilda u 82 milliardga oshishi va keyingi yillarda o‘sishda davom
etib, 2026-yilda 107 milliardga yetishi taxmin qilinmoqda (1-rasm).