• 1-bosqich: Maqsadlarni belgilash
  • 2-bosqich: Auditoriyani aniqlash
  • 3-bosqich: Kontentni rejalashtirish
  • Bosqichma-bosqich kontent marketing




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/34
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #136193
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
    Bog'liq
    Kontent marketing

    Bosqichma-bosqich kontent marketing
    Kontent marketing kontentni ishlab chiqish va taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Kompaniya marketologlari kon-
    tentni eng yaxshi kanallar orqali tarqatishlari kerak. Quydagi kichik bo‘limlarda biz marketing bo‘yicha uning 8 ta 
    asosiy bosqichlarini sanab o‘tamiz. Har bir bosqichda marketologlar keyingi bosqichga o‘tishdan oldin barcha 
    kerakli bo‘limlarni tekshirish va tahlil qilish kerak.
    1-bosqich: Maqsadlarni belgilash
    Kontent marketingni boshlashdan oldin, marketologlar o‘z maqsadlarini aniq belgilashi lozim. Agar aniq 
    maqsadlar qo‘yilmasa, marketologlar kontentni yaratishda va tarqatishda tushunmovchiliklarga uchrashi 
    mumkin.Kontent marketing maqsadlari 2 ta toifaga bo‘linadi. Birinchi toifa, sotish bilan bog‘liq maqsadlar; bularga 
    mahsulot yoki xizmatni sotishga yo‘naltirish kiradi. Ikkinchi toifa - brendni tanitish bilan bog‘liq maqsadlar; brend 
    xabardorligi yoki brendga sodiqlik, shu kabilar kiradi. Maqsadlarni aniqlash marketologlarga kontent marketing 
    strategiyasini yaxshiroq va samaraliroq ishlab chiqishga yordam beradi.
    2-bosqich: Auditoriyani aniqlash
    Maqsadlar aniq belgilangandan so‘ng, marketologlar o‘zlari e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan auditoriyani 
    aniqlashi lozim. Muayyan auditoriya yoki iste’molchilar guruhini aniqlash marketologlarga aniqroq bo‘lgan kon-
    tent yaratishda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida brendning ijobiy nom qozonishiga xissa qo‘shadi. Auditori-
    yani aniqlashda segmentlash ya’ni; ularni geografik, demografik, psixografik va xulq-atvor jihatlaridan iste’mol-
    chilarni guruhlash auditoriya xaritasini shakllantirishga yordam beradi.
    3-bosqich: Kontentni rejalashtirish
    Maqsadli auditoriyani aniqlagandan so‘ng keyingi qadam, kontentni rejalashtirish. Tegishli mavzular, mos 
    formatlar va ijodkorlik bilan yondashilgan g‘oyalar yig‘indisi muvaffaqiyatli kontent marketing strategiyasini yara-
    tishni ta’minlaydi. To‘g‘ri mavzuni topishda marketologlar 2 ta omilni xisobga olishlari kerak. Birinchisi, sifatli kon-
    tent mijozlar hayotiga aloqador bo‘ladi. Bunda barcha ma’lumotlar auditoriya uchun nimanidir anglatishi kerak. 
    Ikkinchidan, qiziqarli kontent rejasida brendning belgilari va kodlarini aks ettiruvchi hikoyalar mavjud bo‘ladi.

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish