|
Qo'qon va Toshkent munosabatlari
|
bet | 7/20 | Sana | 01.01.2020 | Hajmi | 1,88 Mb. | | #7816 |
Qo'qon va Toshkent munosabatlari. Toshkent Qo'qon xonligi tarkibida bo'lgan. XVIII asrning uchinchi choragida Toshkentda mustaqil davlat yuzaga kelib, u bilan Qo'qon o'rtasida to'qna-shuvlar yuz beradi. Shu munosabat bilan Toshkentning ahvoliga to'xtalish zaruriyati tug'iladi. XVIII asrning 80-yillarida bu shaharda hokimiyat uchun kurashlarning fojiali oqibatlari yaqqol ko'zga tashlanadi. Qonli urushlardan va notinchlikdan nihoyatda toliqqan xalq kuchli hokimiyatga juda muhtoj bo'lib qolgan edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to'rt dahaga: Shayxontohur, Beshyog'och, Ko'kcha va Sebzorga bo'lingan bo'lib, har bir daha o'zicha mustaqil davlat edi. 1784-yilda shahar aholisining yordamiga tayanib Yunusxo'ja hokimiyatni qo'lga oladi va Toshkentni mustaqil davlat deb e'lon qiladi. Yunusxo'ja hokimiyatni qo'lga olgach shahar mudofaa istehkomlarini mus-tahkamlash masalasiga asosiy diqqat-e'tiborni qaratadi. 1800-yilgi ma'lumotlarga qaraganda Toshkent yirik shahar bo'lgan, devor quyi qismining qalinligi 1,8 metr, ustki qismi 0,9 metr atrofida bo'lib, aylanma uzunligi 18 chaqirimdan ortiq, shahar devorining balandligi esa, 7,9 metrga teng bo'lgan. Shaharning 12 ta darvozasi bo'lgan. Ularning 12 ta oltin kaliti bo'lib, hozir milliy bankda saqlanmoqda. Shaharda o'sha paytda 10 mingta xonadon, 80 ming aholi yashagan.
Yunusxo'ja tarixiy yozma manbalarga qaraganda 6 ming ki-shilik qo'shin tuzgan. Uning askarlari asosan pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon va to'plar bilan qurollangan edilar. Qo'shin tarkibi asosan turli shaharlardan kelgan musofirlar va asirlardan iborat bo'lib, «qoraqazon» deb atalgan.
Yunusxo'ja davlatni boshqarishni ham tartibga soladi. U yakkahokim tarzida ish yuritadi. Rus tog' muhandislari (aslida Rossiyaning O'rta Osiyodagi ayg'oqchilari) A.S.Beznosikov va T.S.Burnashevlarning qaydnomalarida quyidagilarni o'qiymiz: «Toshkent hukmdori (Yunusxo'ja) o'z fuqarolari ustidan cheksiz hokimiyatga ega. Ammo u o'z atrofidagi eng yaxshi amaldorlar bilan maslahatlashgan holda hokimiyatni boshqaradi. Bu ken-gashda Yunusxo'jaga eng sodiq va ishonchli xo'jalar qatnashadi. Shaharni Bosh xo'ja mansabidagi amaldorlar boshqarib, u tartib-intizom va obodonchilikka doir masalalar bilan shug'ullanadi. Bosh xo'ja aybdorlarni jazolash huquqiga ega. Ammo kimki uning hukmidan norozi bo'lsa, bevosita Yunusxo'jaga murojaat qila oladi. Bosh xo'ja aholiga Yunusxo'janing ko'rsatmasi asosida soliqlar soladi. U hukmdor yo'qligida viloyatni boshqarish huquqiga egadir». Hukumat amaldorlariga maosh berilmagan. Bosh xo'ja Yunusxo'jadan keyingi ikkinchi shaxs hisoblangan. Ular faoliyati Yunusxo'ja nazorati ostida bo'lgan. Toshkent hokimligining tartibiga ko'ra har bir jondan bir oyda daroma-diga qarab 5 tangadan 10 tangagacha, yerdan olinadigan hosil-ning 40 dan bir qismi undirib olingan. Qoraqazonlar har qanday soliqlardan ozod qilinganlar.
Yunusxo'ja hukmronligi davrida Toshkentda hayot ilga-ri giga qaraganda nisbatan yaxshilangan, dehqonchilik, hunar-mandchilik, chorvachilik va sadvo-sotiq izga tushgan. Bu davrga kelib Toshkent Qo'qon, Buxoro, Xo'jand, Chimkent, Turkiston, Samarqand, Andijon va boshqa Turonzamin shaharlari, Hindis-ton, Xitoy, Qashqar, Tibet, Rossiya va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlar bilan tijorat-savdo aloqalari o'rnatgan.
Yunusxo'ja Toshkent davlati hududlarini ancha kengaytiradi. U 1794-yilda Chimkent va Sayramni 1799-yilda esa Turkistonni bosib oladi. 1800-yilda Yunusxo'ja Chirchiq daryosining chap qirg'og'ini va Qurama mavzeyini egallaydi. Ayni paytda Parkent, Namdanog', Adanaq To'ytepa, Qoraucha, Ohangaron daryosi qirg'og'idagi Matin va Qahronqal'a, Chordara, Niyozbek Dur-mancha va Turbat kabi hududlar ham Toshkent hokimligi tarkibida bo'lgan.
90-yillarning o'rtalariga kelib toshkentliklarning savdo-hunarmandchilik faoliyati yuksalib, ular Petropavlovsk, Ust-Kamenogorsk va Sibirning boshqa yerlarida yetakchilik mav -qeyiga erishadilar. Ish shu darajaga borib yetadiki, Sibir va Rossiyaning boshqa chekka o'lkalarida rus savdogarlarining o'rni bilinmay qoladi. Ular savdo karvonlarining qaroqchilar tomonidan yo'llarda talanishini hisobga olib, Turkiston va Qashqarga juda kamdan-kam kelganlar. Shu boisdan rus hu-kumati bu yurtlarda savdoni olib borishda, asosan toshkent-lik tijoratchilardan vositachi sifatida foydalanganlar, ularga imtiyozlar berib Sibirda doimiy yashashlari uchun sharoitlar yaratib berganlar. Natijada Sibirda toshkentliklarning qator mahallalari vujudga kelgan.
Yunusxo'ja Rossiyada tog' sanoati yaxshi rivojlanganligini yaxshi bilardi. Shu bois u Rossiya yordamida Toshkentda tabiiy boyliklardan foydalanishga qattiq kirishdi. Yunusxo'janing bundan ko'zlagan bosh maqsadi qo'shinni zamonaviy qurol bilan qurollantirish va davlat xazinasini mustahkamlashdan iborat edi.Toshkent hokimining 1794-yilda savdo karvoni orqali Sibir yo'nalishi mahalliy hokimiyatiga maxsus xat bilan murojaat qilib, o'zaro savdo aloqalarini rivojlantirish va tog' konlari bo'yicha mutaxassislarini Toshkentga yuborishni so'ragan.
Omskka yetib kelgan toshkentlik vakillar rus ma'muriyatiga Yunusxo'janing og'zaki so'rovini ham yetkazadilar. Unda Toshkent atrofida oltin koni topilgani va tog' koni bo'yicha yaxshi mutaxassis yuborish bayon etilgandi. Rus hukumati Yunusxo'janing xatiga javob yozishni Sibir yo'nalishi boshlig'i general-mayor Shtardmandga topshiradi. U esa o'z navbatida Toshkentga A.S.Beznosikov va tog' koni bo'yicha muhandis T.S.Burnashev boshchiligida elchilarni yuborishga qaror qiladi. Elchilar Omskdan Troitsk qal'asiga keladilar. Bu yerda ularga 80 tuyadan iborat tatar savdogarlarining karvoni qo'shiladi. Karvon 1795-yilning 25-yanvarida Buxoroga yetib keladi. Chunki karvonga Toshkentga Buxoro orqali borish buyurilgan edi. Rus elchilаri biten dаstlаbki suhbatni Buxoro аmirining ko'rsаtmаsigа аsosаn to'pchiboshi vа yasovullаr olib borаdilаr. Rus elchilаri generаl-gubernаtor Shtardmand tomonidаn Buxoro аmiri Shohmurodxongа, Toshkent hokimi Yunusxo'jаgа, Xo'jаnd begi Xudoyorbekkа vа Turkiston shahri аtrofidаgi qozoq sultoni Bo'kаygа xat bilаn murojааt qilingаnini аytаdilаr. Bu xabardаn so'ng rus elchilаrigа nisbаtаn аmir sаroyidа munosаbаt og'ir kechdi. Chunki аmirlikning hukmron dom^n Sibir yo'nаlishi boshlig'i Shtardmand nomidаn Buxoro аmirligigа yuborilgаn xatni mensimаslik mа'nosidа qаbul qilinаdi. Odаtdа rus elchilаri rus imperаtori nomidаn maxsus yorliq bilаn kelаr editer. Rus elchilаrini Buxoro аmiri qаbul qilmаydi, ulаrni qushbegi qаbul qi^i. Rus elchilаrigа Toshkentgа borishgа ruxsаt etilmаydi, sаbаb tаriqаsidа olis yo'ldа rus elchilаrining hayoti xаvf ostidа qolishi mumkinligi qаyd etilаdi. Rus elchilаrining kelganligi ha-qidagi xаbаrni sаvdogаrlаr orqаli eshitgаn Yunusxo'jа maxsus odаmdаn xat jo'nаtib rus sаvdo kаrvonini o'tkаzib yuborish-ni so'raydi. Аmmo elchilаrgа ruxsаt berilmаydi, uter Orenburg orqаli qаytib ketаdilаr.
Sibir generаl-gubernаtori Shtardmand 1796-yildа ikkinchi таЛа Toshkentgа rus elchilаri D.Telyatnikov vа А.S.Beznosi-kovni jo'nаtаdi. Ulаr O'rtа Juz qozoq yerlаri bo'ylаb 27^vgust-dа Toshkentgа yetib keladilаr. Elchilаr Toshkentdа yaxshi kutib olinаdilаr. Biroq uter 1797-yilning 1-iyunidа Yunusxo'jаning Multejon Oxun vа mingboshi Аshirmаt Botir singаri elchilаri bilаn birgа o'z vаtаnlаrigа qаytаdilаr. Rus elchilаri Toshkent аtrofidаgi tog'lаrdа oltin topа olmаgаnlаri, lekin temir jinslаri borligini, texnikаning yo'qligi tufаyli ulаrni ishgа solinmаgаnligini qаyd etаdilаr.
Toshkentlik elchilаr Omskkа kelgach, Shtаrdmаndgа Petrogrаdgа borish, shaxsan rus imperatori bilаn uchrаshа-jаklаrini mа'lum qilаdilаr. Shtаrdmаnd rus hukumatidаn bungа ruxsаt olgach Yunusxo'jа elchilаri Omsk Yekаterinburg, Perm, Qozon, Moskvа orqаli Peterburggа borishadi vа Toshkent ho-kimining nomаsini imperаtorgа tаqdim etаdilаr. Mаktubdа Yunusxo'jа rus elchilаri Toshkentdа o'z vаzifаlаrini bаjаrgаni vа o'zining jаvob elchilаrini yuborgаnligini та'кип qilаdi. Yunusxo'jа rus imperаtoridаn tog' konteri bo'yishа bilimdon mutaxassislar yuborishni iltimos qiladi. Toshkentlik elchilar Yunusxo'ja topshirig'iga binoan rus hukumati vakillari bilan savdo-sotiq masalalari va siyosiy sohaga oid ba'zi bir muammolar to'g'risida ham muzokaralar olib borganlar.
Tarixiy yozma manbalarning xabar berishicha Yunus-xo'janinig iltimosiga muvofiq Rossiya hukumati M.Pospyelov va T.Burnashev singari tog' konlari injenerlarini Toshkentga yuborgan va ular bu yerda bir qator qidiruv ishlarini olib borganlar, ammo oltin yoki boshqa qimmatbaho jinslar topa olmaganlar.
Toshkent hokimi Yunusxo'ja nima sababdan ushbu masalada Rossiya hukumatiga yordam so'rab murojaat qiladi?, degan qonuniy savol tug'iladi. Tog' konlarini ishga solish harakati Yunusxo'ja boshliq mustaqil Toshkent davlatining Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligining' ya'ni ikki o't orasiga tushib qolganligi bilan izohlanadi. Toshkent masalasida Qo'qon va Buxoro o'zaro raqobatlashayotgan edi. Buni yaxshi tushungan Yunusxo'ja o'z qo'shinini qurol-yarog' bilan ta'minlash va mustahkamlashni asosiy vazifa deb biladi. Buning uchun metallga bo'lgan ehtiyojni sezgan Toshkent hokimi o'z tog'-kon sanoatini yo'lga qo'yishni rejalagan edi. Ammo bu reja amalga oshmadi. Masalaning salbiy tomoni shundaki, Toshkent hokimi janubdagi o'ziga yon qo'shni va qardosh davlatlar Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi xavfidan shubhalandi-yu, shimoldagi yanada dahshatliroq ajdar komiga yem bo'lish havfiga yetarli darajada baho bera olmadi. Natijada elchi-muhandis qiyofasida Toshkentga tashrif buyurgan ayg'oqchilar Toshkent va uning atrof-joylari to'g'risida g'oyatda zarur ma'lumotlarni qo'lga kiritdilar. Bu ma'lumotlar o'lkamiz taqdiri uchun g'oyatda achinarli oqibatlar keltirgani ma'lum.
Yunusxo'janing tashqi siyosatida Qo'qo'n xonligi alo-hida o'rin egallaydi. XVIII asrning 80-yillarida Qo'qon xoni Norbo'tabiy o'z davlati hududlarini kengaytira borib, Xo'jand, O'ratepa va Jizzaxni o'ziga qaratish uchun urush harakatlarini olib boradi. Albatta Toshkent Qo'qonga qarshi kuchlar tomonida bo'ladi. Natijada 1794-yilda Qo'qon xoni Norbo'tabiy Toshkentni bosib olish niyatida urush harakatlarini boshlab yuboradi. Biroq Chirchiq daryosi bo'yidagi jangda Yunusxo'ja qo'shinlari unga qaqshatqich zarba beradilar. Sirdaryoning o'ng qirg'og'idagi yerlar Toshkentga qo'shib olinadi. 1799-yilda Qo'qon qo'shinlari Toshkentga yana hujum uyushtiradi va Chirchiq daryosidan o'tadi. Qorasuv arig'i bo'yida har ikkala tomon o'rtasida qattiq jang bo'ladi. Bu jangda Yunusxo'ja yana o'z raqibini mag'lubiyatga uchratadi va Qo'qon lashkarboshisi Xonxojani, 70 nafar nufuzli harbiylar va askarlarni asir qilib oladi.
Yunusxo'ja Qo'qon xonligi ustidan ikki marta g'alaba qozonganligiga mahliyo bo'lib, endi uning o'zi harbiy tashabbus ko'rsatib Qo'qonga qarshi yurish qilishga zo'r tayyorgarlikni boshlab yuboradi.
Bu paytda Qo'qon taxtiga Norbo'tabiyning o'g'li Olimxon kelgan edi. U O'ratepa, Jizzax va Xo'jandni Buxoro amirligidan tortib olib xonlikning hududlarini ancha kengaytirgan edi. Shu boisdan mahalliy ulamolar Yunusxo'jaga Qo'qonga qarshi harakat qilmaslikni maslahat berdilar. Ammo Yunusxo'jaga bu maslahat kor qilmaydi. U 1800-yilda 7-8 ming kishilik qo'shin bilan yo'lga chiqadi va Qo'qonga yaqin bo'lgan «Pungon» degan joyga ke-ladi. Bundan xabar topgan Qo'qon xoni Olimxon Yunusxo'jaga nopisandlik bildirib «o'zidan past kishi bilan teng kelish»ni or bi-lib unga qarshi («G'urum») «Haramsaroy» mavzeyining hokimi So'fi Alixo'ja Mirasad boshchiligida qo'shin jo'natadi. Bu jangda Yunusxo'ja askarlari talofotga uchrab yengiladi. Qo'qonliklar Yunusxo'ja kuchlarini quvlab Toshkent davlat hududiga qarashli «Kryauchi» qal'asini egallaydilar. Shundan so'ng Qurama mav-zeyi Qo'qon xonligi qo'li ostiga o'tadi.
Yunusxo'ja biroz vaqt o'tgach dardga chalinib vafot etadi. Uning o'rniga Sultonxo'ja taxtga o'tiradi. Yunusxo'ja vafotidan xabar topgan Olimxon ukasi Umarxon boshchiligida Toshkentga qo'shin jo'natadi. Toshkent va uning atrofidagi yerlar 1805-yilda Qo'qon xonligi tomonidan bosib olinadi. 1809-yilga qadar Chim-kent, Sayram, Turkiston hududlari ham harbiy kuch vositasi bilan Qo'qon xonligiga qo'shib olinadi. Olimxonning markazlashgan davlatni barpo etish yo'lidagi qattiqqo'l siyosati ba'zi bir bek va biylarning noroziliklariga sabab bo'ladi. Ular xonga qarshi fitna uyushtiradilar. Olimxon o'ldi deb mish-mish tarqatishdi va ukasi Umarxonni Qo'qon xoni deb e'lon qilishadi. Olimxon bundan xabar topib Qo'qonga shoshiladi. Ammo yo'lda otib o'ldiriladi.
Toshkentning qo'lga kiritilishi Qo'qon xonligining kuch-qudratini va salohiyatini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Chunki u mintaqaning eng yirik shahari edi. Undan boshlab taxt egalariga odatdagidek «biy» emas, balki «xon» unvoni beriladigan bo'ladi. Ayrim mahalliy manbalarga ko'ra, Olimxon nihoyatda qattiqqo'l va shafqatsiz kishi hisoblangan. «Bu Olimxonning laqabi, - deyiladi manbada, - Zolimxon edi. U o'z amakisi Hojibekni qatl qilib ko'p zulmlar chiqargan ediki, buni g'azabindan va zulmindan Zolimxon ismi mashhur edi..».1
Umarxon xonlik qilgan davr (1810-1822) da Qo'qon xonli-gi hududlari yanada kengaytiriladi.Turkiston shahri va qozoq dashtlarining kattagina qismini egallab oldi. Toshkent, Buxoro va Xivadan Orenburgga boradigan karvon yo'llari tutashgan joyda Oqmachit (hozirgi Qizil O'rda), Cho'loq va So'zak qal'alari quri-ladi. Umarxon 1817-yilda O'ratepani egallaydi. 1818-yili u «Amir al-muslimin» unvonini oladi.
Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida bir qator ijobiy va foydali ishlar amalga oshiriladi. Davlat ishlari tartibga solinadi. Qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va savdo bir qadar rivojlanadi. Umarxon fan, maorif va madaniyatga katta e'tibor beradi. Uning o'zi shoirlik qobiliyatiga ega edi. Shul bois xon-likning saroyida ijod ahlining yetuk namoyondalari makon topgan edilar. Xalq maorifi ham ancha taraqqiy etadi. Bir qancha madrasa va maktablar, shu jumladan, qiz bolalar uchun alohida maktablar ochiladi.
Bunday oliyjanob ishlarni amalga oshirishda Umarxonning umr yo'ldoshi, o'z davrining oqila va dono mutafakkiri, ijod-kor shoira Komila - Mohlaroyimning ta'siri va xizmati beqi-yos kattadir. U o'zbek adabiyotida Nodira taxallusi bilan nom chiqargan.
Umuman, Umarxon hukmdorligi vaqti qo'qonliklarning eng kuchaygan davri bo'ldi. Bunday hol uning o'g'li Madalixon davrida ham ko'zga tashlanadi.
Qo'qon-Buxoro munosabatlari. Umarxon vafot etgach, taxtga uning 12 yashar o'g'li Muhammad Alixon (Madali) (1822-1842) o'tiradi. Muhammad Alixon davrida dahshatli bosqinchilik
Ибрат. «apFoHa TapMxM». Mepoc. Т., «KaManaic», 1991 йил, 287-6eT.
urushlari davom etadi. 1834-yilda Qo'qon askarlari Qorategin, Ko'lob va Darvozni egallaydilar. 1826-1829-yillarda Qashg'arga qarshi bir necha bor yurishlar uyushtiriladi. Qo'qon - Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning dushmanlari, ya'ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko'tarib chiqishga botina olmay, yordam so'rab Buxo-ro amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Ular Muhammad Alixonni o'z o'gay onasiga uylangan, kofir deb e'lon qiladilar. 1840-yilda Qo'qon bilan Buxoro o'rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag'lubiyati bilan yakunlanadi. Qo'qon xoni o'zini Buxoro amiriga tobe deb tan olishga, Xo'jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo'ladi. U ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842-yili taxtdan voz kechadi. 1842-yil amir Nasrulloxon yana Qo'qon ustiga lashkar tortib keladi. U shaharni egallab yondiradi, xalqni talaydi. Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «Mehrobdan chayon» romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo'qon xonligiga vahshiylarcha yu-rish qilib, shahar va qishloqlarni yondirib, xonavayron qilgani va ming-minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to'kkanligini juda ko'plab dalillar asosida va badiiy bo'yoqlarda yoritadi. (Nasrullo xon o'rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so'ydiradi. Har ikkala tomondan ko'plab odam qiriladi. Shular qatorida Muhammad Alining onasi, mashhur o'zbek shoirasi Mohlaroyim (Nodirabegim), uning eng yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o'ldiriladi. Nasrulloxon Qo'qon xonligini Buxoro amirligiga qo'shib olinganligini e'lon qi-ladi. Qo'qonga Ibrohim dodxohni noiblikka v a boshqa shaharlarga o'ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib keta-di. Ammo oradan uch oy o'tgach 1842-yilning yozida Qo'qonda Ibrohim dodxohga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag'darib tashlanadi. Qo'zg'olonda asosiy rol o'ynagan qipchoqlar Qo'qon xonligida yetakchi mavqeyiga chiqib oladilar. Norbo'tabiyning ukasi Sherali (1842-1844) xon qilib ko'tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo'jandga qochib ketadi. Xonlikning taxtiga Sherali o'tirgan bo'lsa-da, lekin amalda barcha davlat ishlarini Mingboshi etib tayinlangan qipchoq qabilalarining boshlig'i Musulmonqul olib borardi. Qo'shin ham uning ixtiyorida edi. Chunki qo'shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng mas'uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasrulloxon o'z mavqeyini tiklash maqsadida 1842-yilda Qo'qonga yana qo'shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to'g'risida xabar yetib kelgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo'ladi. Xo'jand va Toshkent yana Qo'qon xonligiga o'tadi. Qo'qon xonligi o'zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga muvaffaq bo'ladi.
Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlar muhim lavozimlarni egallab olib o'zbek, qirg'iz, tojiklar ustidan o'z hukmronligini o'tkazmoqchi bo'ladilar. Shu sabab xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutulish yo'lini izlay boshlaydi. Bundan xabardor bo'lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini maxfiy yig'inga chaqirib, Sheralixon o'rniga yangi xon qo'yishni taklif etadi. Shu bilan bir qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qar-shi bo'lganlarni ham yo'q qilishni rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi.
Soliqlar haddan tashqari oshib ketishidan norozi bo'lgan o'shliklar qo'zg'olon ko'taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo'lgan Musulmonqul Qo'qondagi mavjud qo'shin bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostirmoqchi bo'ladi. Uning yo'qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib marhum Qo'qon xoni Olimxon-ning o'g'li Murodxonni Qo'qonga olib kelib taxtga o'tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o'tirgandan so'ng qipchoqlarga qar-shi bo'lganlar shubhasiz Murodxonni qo'llab-quvvatlashlari lo-zim edi. Musulmonqul esa qo'shinlar bilan kelib Qo'qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi.
Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo'qon qo'shinlari bilan qo'zg'olonni bostirgani O'shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldi-bek esa Samarqandga jo'naydi. Ammo, Musulmonqulning reja-sini bilmagan Shahrixon hokimi o'zining qo'shinlari bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O'shga kelib yana ko'plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo'qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tu-shunib Murodxonni o'zi taxtga o'tkazdiradi va uni ko'pchilik oldida tabriklaydi. Ko'plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun sаlomgа keladi. Murodxonning buyrug'i biten kechаsi Sheralixon o'ldirilаdi. So'ngrа Musulmonqul o'z ^ozar^^ qolgаnligi haqida fаrmon chiqаrilib O'shgа yuborilаdi. Musulmonqul «31^311^1^^ bilаn fаrmonni qаbul qitedi vа Qo'qon tomongа qаrаb sаlom berаdi. Qo'shinlаri bilаn Nаmаngаngа kelib o'zining 12 yashar qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorgа nikoh qilib beradi. So'ngra Qo'qongа kelib Murodxonni vа ungа sаlom bergаni kelganlаrni ЯШайШаг sifаtidа qаtl etаdi. Shunday qilib Musulmonqul Sheralixondan vа o'zining req^^rming ko'pchiligidаn qutulаdi. Yosh Xudoyorni Qo'qon xoni deb e'lon qi^i. Xon yosh bo'lgаnligi tufаyli xonlikni boshqarishni Musulmonqul o'z qo'ligа otedi. Xonlikdа qipchoqlаr hukmronlik dаvri bosh^^d^
Qipchoqlаrgа, аyniqsа, Musulmonqulgа nisbаtаn norozilik kuchma borаdi. Vаziyatni yumshatish uchun qipchoqlаrning boshliqlаri Musulmonqulni mingboshilik lаvozimidаn bo'shatа-dilаr.
Shu dаvrdа Rossiya qo'shinlаri Qo'qon xonligining shimolidа joylashgan Oqmаchit qаl'аsini bosib olgаn editer. Musulmonqul rus qo'mondonining rаsmiy vаkili V.V.Velyaminov-Zernov bilаn mаxfiy rаvishdа uchrаshаdi. Musulmonqulning rаqiblаri bundаn xabardor bo'lib, u йШа uyushtirishgа tаyyorgаrlik ko'rishdа gumonsirаlib, ulg'аyib qolgаn Xudoyorxon biten kelishilgаn holdа 1853-yili qipchoqlаr qirg'inini uyushtirishаdi. Nаtijаdа 20 ming qipchoq qirib yuborilаdi, Musulmonqul dorgа osilаdi.
Аnа shu dаvrdаn e'tiborаn Xudoyorxon o'zi mustаqil dаvlаtni boshqarа boshlаdi. Uning dаvridа zulm-zo'rаvonlik kuchаyadi. Xudoyorxon Qo'qon taxtigа orаliq tаnаffus biten uch mаrtа o'tiradi. Birinchi таЛа 1845-yildаn 1858-yilgachа bo'lib, 1853-yilgаchа taxtni аsosаn Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esа uning qo'lidа qo'g'irchoq edi. Biroq Xudoyorxon ham Qo'qon taxtidа uzoq qote olmаdi. Xalq ommаsining noroziligidаn foydаlаngаn Xudoyorxonning аkаsi Mаllаxon ukаsigа qarshi is-yon te^radi vа 1858-yildа Qo'qon taxtini egаllаydi. Xudoyorxon Buxorogа qochib ketadi. Mаllаxonni qipchoqlаr, qirg'izlаr qo'llаb-quvvаtlаdilаr vа yanа hokimiyat tepasigа keladilаr. Mallaxon o'z hukmronligi dаvridа (1858-1862) Qorateginni o'zigа tobe qilib oladi. Bu dаvrdа Buxoro аmiri Qo'qon xonligining Xo'jandgacha bo'lgan hududlarini egallab olgan edi. Endi u Qo'qondagi ichki o'zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo'lga kiritish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligida qo'shin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og'ir ekanligini tushunib Marg'ilon hokimi Qanoatshoh rahbarligida Qorateginga qo'shin jo'natadi. Qorategin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon tor-mor qilinadi.
1 Набиев Р.Н. «Из истории KoccaHncKoro xaHCTBa». Т., «
стр.
1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo'shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so'ng rus qo'shinlari To'qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni talaydilar. Mallaxon yana qo'shin to'plab hi-moya choralarini ko'rishga majbur bo'ladi. Bo'lgan voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dod-xoh va yo'lda unga qo'shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo'qon qo'shinlari yo'lga chiqdilar. Ular Olmaota, To'qmoq va Ashtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo'shinlarining harakatini to'xtatishlari kerak edi. Qo'qon qo'shinlari rus askarlarini o'rab oldilar. Shu paytda qo'shinga qo'mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o'rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekina-di. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal'asini egallaydi. U Olmaota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko'chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O'zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.1 Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o'rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo'ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg'a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo'shildik degan.
Mallaxon ham Qo'qon taxtida uzoq qola olmadi. U 1862-yilda uyushtirilgan saroy to'ntarishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo'ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o'g'li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o'tiradi. Bu hodisa Qo'qon xonligida va uning tashqarisida zid-diyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo'ladi. Toshkent hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo'qon xonligi-ning dushmanlaridan biri, Sangzor qal'asini egallab turgan so-biq O'ratepa hokimi Abdulg'afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom, Zomin, O'ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez orada amir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo'jandni, so'ngra Qo'qonni egallaydi va 1862-1863-yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg'ona vodiysi-ning sharqiy hududlarida o'zining to'la hukmronligini o'rnata olmaydi. Mullo Alimqul boshchiligida qipchoqlar 1863-yilda Xudoyorxon va amir Muzaffar qo'shinlarini Qo'qonni qoldirib Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863-yil iyuldan 1865-yil iyulgacha taxt vorisligini Mallaxonning o'g'li Sulton Saidxon su-radi. Bu davrda hokimiyatni amalda Mulla Alimqul boshqaradi. Buning natijasida Qo'qon xonligida qipchoqlarning ta'sir kuchi tag'in ham ortadi. Yuqori martabali lavozimlardan o'zbeklar chetlashtirilib, ularning o'rniga qipchoq va qirg'izlar qo'yiladi.
1865-yilda Toshkent uchun Rossiya qo'shinlari bilan bo'lgan jangda Mulla Alimqul qahramonlarcha halok bo'ladi. Sarkardasiz qolgan Qo'qon qo'shini chekinishga majbur bo'ladi, bir qismi esa Toshkent shahriga kirib berkinadi. Rus qo'shinlari qattiq janglardan so'ng Toshkentni bosib olishga erishadi. Amir Muzaffar yordamida Xudoyorxon uchinchi marta hokimiyat tepasiga keladi va u 1865-1875-yillarda, to ruslar Qo'qon xonligi-ni batamom bosib olgunga qadar hukmronlik qiladi.
Shunday qilib «Tarixi jahonnomai» muallifining yozganlariga ko'ra, Qo'qon xonligida so'nggi 27 yil mobaynida bo'lgan voqealar amirlar, xonlar, sultonlar, beklar va hokimlar o'rtasidagi o'zaro mantiqsiz urushlar va kurashlar xalqni xonavayron qiladi, xon-likning inqiroz va uzlat uzra yuz tutishiga sabab bo'ldi. Bundan dushmanlar, Rossiya bosqinchilari foydalandilar va Qo'qon xonligini o'z mustamlakalariga aylantirib, xalq ommasi boshi uzra istibdod va zulmni kuchaytiradilar.
Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «O'tkan kunlar» romanida Qo'qon xonligining so'nggi yillaridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarini badiiy ravishda quyidagicha tasvirlaydi:» -Maqsadlari juda ochiq!» - deydi hoji. Bittasi mingboshi bo'l-moqchi, ikkinchisi Normuhammadning o'rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o'ziga qaram qilmoqchi... Itti -foqni nima ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyati yo'lida, bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar va biz bo'lsak o'z qo'limiz bilan kelgusimizni rus qo'liga qoldirgan bo'larmiz».1
5. XVI ASR - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR 2
«Qoraqalpog'iston ASSR tarixi ocherklari» («Ocherki Isto-rii Karakalpakskoy ASSR», Izd-vo «Nauka» Uzbekskoy SSR, Toshkent, 1964) kitobida berilgan ma'lumotlarga qaraganda qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo'lganligi haqidagi yozma manbalar XVI asrning oxirlariga to'g'ri keladi (125-bet). 1598-yilda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan Sig'noq shah-ridagi Ziyovuddin maqbarasiga berilgan darxon yorlig'ida qoraqalpoqlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlar bitilgan. Unda yozilishisha qoraqalpoqlar Sirdaryo yaqinida Sig'noq shahri va uning atrofidagi hududlarda yashaganlar, yarim o'troq holda hayot kechirib kelganlar. Bu manbada qoraqalpoqlar qozoqlar bilan birga «aymoqlar»ga kiritiladi.
1 Абдулла Крдирий. YTKaH кушир. Т., 1974. 301-6eT.
2 Mazkur masala bo'yicha ko'pdan-ko'p ma'lumotlar «История Y36e-KMcraHa». Tom III. (XVI - терь^я rronobmia XIX BeKa. Т., «aH», 1993, стр. 291-316) nomli kitobida berilgan.
Qoraqalpoqlar tarixi bo'yicha ilmiy ish olib borgan ko'pgina olimlarning fikrlariga ko'ra qoraqalpoqlarning avlod-ajdodlari Orol dengizi atroflarida yashaganlar va ular shu yerda xalq sifatida shakllanganlar. Ular O'rta Osiyoning turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlarining tarkibiy qismiga kiradilar. Grek-yunon mualliflarining ma'lumotlariga ko'ra qoraqalpoqlarning eng qadimgi avlod-ajdodlari massagetlar hamda pecheneglardan oldin o'tgan appasioqlar bo'lgan deb taxmin qilinadi va ular botqoqlik yerlarda va orollarda yashaganlar. Keyinchalik ular og'uzlar va pecheneglar bilan yaqin aloqada bo'lganlar.
P.P.Ivanovning tarixchi Abulg'ozi Bayhaqiy bergan ma'lumotlarni tahlil qilib chiqargan xulosalariga ko'ra «qalpoq» degan etnik tushuncha XI asrdayoq Xorazmga chegaradosh tumanlarda bo'lgan.
Pecheneglar qabilalari X-XI asrlarda bo'linib ketadi: bir qismi (turkiy guruh) Orol bo'yida qoldi, bir qismi esa g'arbga Janubiy Rus yerlari tomon surilib borad. Ular Dnepr daryosining irmog'i - Ros daryosi bo'ylarida joylashadilar.
Rus yilnomalarida «Chorno'y klobuki» («qora kuloq», «qora qalpoq») nomi bilan ataluvchi bu xalqning ruscha etnik ma'nosi «qora qalpoq» so'ziga to'g'ri keladi. XIX asrning bi-rinchi yarmidagi mashhur sharqshunos olim Dosson «Mo'g'ullar tarixi» kitobida bunday yozadi: «Ular (mo'g'ullar) ruslar va qoraqalpoqlar mamlakatini bosib oldilar». Ularga janubiy rus chegara hududlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Bu etnik guruh Kiyev Rusiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
Orolbo'yi atroflarida qolgan pecheneglarni XII asrda Irtish daryosi atroflaridan kelgan qipchoq qabilalari zabt etganlar. Ana shu tariqa ular qipchoqlar tarkibiga kirib aralash-quralash bo'lib ketganlar, ularning tillarini qabul qilganlar. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish etnegenizi XV asrda no'g'oylar ittifoqi tarkibida tugallangan. Ularning bir qismi no'g'aylar bilan birga yoyiq (O'rol) va Volga daryolari havzasida yashab kun kechir-ganlar. Buni tarixiy manbalar, xalq og'zaki ijodi durdo nalari va qoraqalpoqlar madaniyatidagi ba'zi bir elementlar isbotlaydi. Hatto qoraqalpoq tilining no'g'aylar va qozoqlar tiliga yaqinligi ham fikrimizga yorqin dalil-asos bo'la oladi.
Biz yuqoriroqda qoraqalpoqlarning yarim ko'chmanchi ha-yot kechirganliklarini ta'kidlagan edik. Ular ana shu turmush tarzidan kelib chiqqan holda chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan ham mashg'ul bo'lganlar. XVI asrda va XVII asrning boshlarida qoraqalpoqlar Buxoro xonligi tarkibiga kirgan Sirdaryoning quyi oqimlarini, taxminan, Turkiston bilan hozirgi Marka qishlog'i va Qoratov o'rtalaridagi yerlarni egallab olganlar. Shu bois ular xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaganlar. Jumladan, yozma manbalarda qayd etilishicha 1611-yilda Buxoro xoni Imomqulixon o'z askarlari bilan Sirdaryo, Turkiston shahri va Qoratov tog'lari etaklarigacha kirib borgan va Buxoroga qarshi bosh ko'targan qozoqlar, qoraqalpoqlar va qalmiqlarni bostirgan, ko'p mol va o'ljalar hamda asirlar olib qaytgan.
Qoraqalpoqlar XVI-XVII asrlarda Xorazm xonligi bilan ham o'zaro aloqada bo'lganlar, savdo-sotiq qilganlar. Tarixchi Abulg'ozi Bahodirxonning ma'lumotlariga ko'ra Xorazm taxti uchun kurashda akasi Asfandiyor (1627-1643)dan yengilgan Ha-bash Sulton Sirdaryo bo'ylari - qoraqalpoqlar huzuriga borgan. Qoraqalpoqlar bilan mang'it o'zbeklari yaqin qo'shni va aloqada bo'lganlar. Mang'itlar Habash Sultonni Xiva xoniga ushlab berganlar va u qatl etilgan.
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida Sirdaryo bo'ylarida yashagan qoraqalpoqlar qozoq xonlariga bo'ysunganlar. Bu davrda qoraqalpoqlar boshqa hududlarda ham yashaganligi manbalardan ma'lum. Jumladan, XVII asrning 70-yillarida qoraqalpoqlar boshqirdlar qo'zg'olonida qatnashganlar va ular bilan yaqin do'stlik aloqasida bo'lganlar. Ayni zamonda boshqirdlar ham qoraqalpoqlar yerlariga ko'chib kelib birga yashaganlar. Qoraqalpoqlar ko'p hollarda qozoqlar, boshqirdlar bilan birgalikda Sibir yerlariga hujumlar uyushtirib borganlar.
Qoraqalpoqlar XVIII asrda Rossiya bilan ma'lum darajada aloqada bo'lganlar. 1720-yillarda Jungarlar bosqini xavfi bilan qozoqlarning Kichik juz xoni Abulxayr Rossiyaga fuqarolik so'rab murojaat qiladi. 1731-yilda qozoqlarning Kichik juz hududlari Rossiya tomonidan egallangandan so'ng Kichik juzga qaram bo'lgan quyi qoraqalpoqlar ham chor ma'murlari hukmronligiga o'tib ketadi. Bu voqea 1743-yilda rus podshosi Yelizaveta Petrovna hukmronligi davrida bo'ladi.
Rossiya hukmronligini qаbul qi^n qorаqаlpoqlаr soliqlаrni endi Аbulxаyrxongа to'lаmаydigаn bo'ldilаr. Nаtijаdа o'rtаdа dushmanlik kuchаydi. Аbulxаyr kutilmаgаndа qorаqаlpoqlаr yashaydigаn qishloq vа ovullаrgа hujum qilib u^rning chor-va mollаri vа boyliklаrini olib ketа boshlаdi. Qorаqаlpoqlаr Jаnubiy g'аrb tomongа - Xiva xonligi d^gam^n tomon boshpаnа izlаshgа mаjbur bo'ldilаr. 1750-yillаrdа Sirdаryo hаvzаlаri аtrofidа hammаsi bo'lib 6 minggа yaqin oilа qolgаn edi. Qorаqаlpoqlаrning yangi o'rnаshgаn mаkoni Yangidаryo hаvzаsi deb аtаlib XVIII аsr vа XIX аsrning boshlаridа bu hudud qorаqаlpoqlаr mulki hisoblаngаn.
Qorаqаlpoqlаr yangi o'zlаshtirilgаn joydа tez ko'nikib-o'troqlаshib oldilаr. Dehqonchilik mаdаniyatini yo'lgа qo'ydilаr, irrigаtsiya vа meliorаtsiya ishlаrini olib border, qo'rg'on vа qаl'аlаr qurdirdilаr.
Qorаqаlpoqlаr bilаn Xiva xonligi o'rtаsidа ham doimiy surаtdа ziddiyat kuch^y^ bordi, bir necha mаrtа qo'shinlаr to'qnаshuvi yuz berdi. Fаqаt 1811^Ыа Xiva xonligi Muhammаd Rahimxon dаvridа qorаqаlpoqlаr ustidаn uzil-kesil o'z hukmronligini o'rnаtadi.
Xiva xonligi hukmronligi dаvridа ham mehnаtsevаr qorаqаlpoq xalqi xo^lik vа ijtimoiy foydаli mehnаt bilаn shug'ullаnаdi, doimiy surаtdа boyter, zodаgonlаrning qаttiq zulmi vа ekspluаtаtsiyasi ostidа yashadi. Zulm vа аdolаtsizlikkа qarshi kurashdi.
Аholining аsosiy ishlаb chiqаrish tаrmog'i dehqonchilik bo'lsа-dа chorvachilik sohаsi ham агюИ ehtiyoji uchun g'oyatdа zаrur soha bo'lgаn.
Qorаqаlpoqlаrning xo'jаlik hayotidа bаliq ovlаsh kаttа o'rin tu^n. Chunki ko'plаb bаliq iste'mol qilish qorаqаlpoqlаrdа qаdim-qаdimdаn muhim rusum hisoblаngаn.
Hunarmаndchilik kаm tаrаqqiy etgаn. Hatto XIX аsrning ikkinchi yarmidа ham bu yerdа fаqаt oilа ehtiyoji uchun zаrur bo'lgаn buyumlаr ishlаb chiqаrilgаn, xolos. Аrzimаgаn bа'zi bir tovаrlаrginа bozorgа olib chiqilgаn. Hunarmаndchilik buyumlаridаn аlаchа, gilаm, аrаvа, qаyiq, pаxtа ipidаn аshyolаr vа bosh^^r ishlаb chiqаrilgаn.
Qoraqalpoqlar diyorining markazi Chimboy XIX asr o'rtalarida katta savdo va madaniyat markaziga aylangan edi. Shahar jug'rofiy jihatdan juda qulay joyda joylashgan bo'lib, u quruqlik yo'llari va Amudaryo orqali Xiva xonligi, Rossiya mulklari bilan aloqa bog'lashga imkon berar edi.
Qoraqalpoqlarda patriarxal-urug'chilik qoldiqlari kuchli edi. Bu ijtimoiy-xo'jalik, davlat ishlarida o'z ta'sir kuchini ko'rsatadi. Ijtimoiy hayotda tengsizlik kuchaydi, o'zaro ziddiyatlar va kurashlar avj oladi. Masalan, 1871-1872-yilgi ma'lumotlarga qaraganda, 15 ming tanobga qadar yerga egalik qilgan mulkdor -lar bilan bir qatorda, 1-2 tanobdan oshmagan yerli oddiy oilalar ham bor edi. Bunday adolatsiz holni chorva xo'jaliklarida ham ko'rish mumkin edi. Umuman chorva moliga ega bo'lmagan oilalar bilan bir qatorda ba'zi boylar 1000 boshgacha shoh-li qoramollar va 1500 ga qadar qo'ylarga egalik qilganlar. Boy xo'jayinlar va hokimlar Xiva xonlarining katta ishonchiga ega bo'lib, oddiy xalq oldida ularning aytgani aytgan, degani degan edi.
Qoraqalpoqlar jamoasida ruhoniylar katta hurmat va alo-hida o'ringa ega bo'lgan. Ular qozi-sudyalar sifatida katta mansablarni egallab olgan edilar. Ruhoniylar asosan katta yer va mulk egalaridan iborat bo'lardi. Ularning asosiy vazifasi Islom dini g'oyalari asosida xonlikning hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat edi.
Qoraqalpoq xalqi Xiva xonligi xazinasiga to'lanadigan zakot solig'idan tashqari yana juda ko'plab to'lovlar berishga majbur edi. Undan tashqari aholi ariqlarni, kanallarni tozalash va bosh-qa irrigatsiya qurilishiga tekin ishlab berishga safarbar qilinardi.
Majburiy harbiy xizmat ham Qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi oldidagi asosiy va bosh burchlaridan biri bo'lgan. Ma-bodo urush bo'lib qolgundek bo'lsa, qoraqalpoqlar 1000 tadan 2000 kishiga qadar navkarlar berishlari lozim edi. Bu askarlarni boqish va ta'minlash xalqning gardaniga tushgan og'ir yuk edi. XIX asrning o'rtalarida bu xarajat taxminan 100-140 ming tillo tangaga teng bo'lgan.
Og'ir, dahshatli zulm va ekspluatatsiya qoraqalpoq xalqining Xiva xonlariga qarshi bir necha bor qo'zg'olonlar ko'tarishlariga sabab bo'ldi. Ana shunday qo'zg'olonlardan biri 1827-1828-yilda
Oq Yoqish tumani atrofida ko'tarildi. Qo'zg'olonga Oydo'st-biy boshchilik qiladi. Xiva xoni Olloqulixon qo'zg'olonni bos-tirish uchun jazo otryadini yuboradi. Oydo'stbiy sotqinlik qilib qo'zg'olon ko'targan xalqni mol-mulki, bola-chaqa, oilasi bilan Qo'qon xonligiga olib ketmoqchi va u yerda obro' topmoqchi bo'ldi. Ammo xalq unga ergashmadi. Olloqulixon yuborgan qo'shin Oydo'stbiyga Chirchiq rovot degan joyda quvib yetdi va unga ergashgan kuchlarni shafqatsizlarcha bostiradi. Oydo'stning o'zi esa Xivaga keltirilib qatl etiladi. Qoraqalpoq xalqining bunga qaraganda ham kuchli qo'zg'oloni XIX asrning o'rtalarida Xiva xoni Muhammad Amin davri (1845-1855)da bo'ladi. Xonlik-ning qo'shni davlatlar bilan to'xtovsiz davom etgan urushlari xalq ommasini xonavayron qiladi va tinka-madorini qurita-di. Bunga javoban dastlab turkmanlar, so'ngra qoraqalpoqlar, o'zbeklar va qozoqlar bosh ko'taradilar. Qo'zg'olon butun Xiva xonligiga tarqaladi. Bu ommaviy qo'zg'olonning boshida qoraqalpoq biylaridan Alago'z laqabli Yornazar degan shaxs turardi. U tabiatan o'ylovsiz va haddan tashqari ichi qora shaxs bo'lib Xiva xonligiga qarshi bo'lgan biylarni o'z tomoniga og'dirib uyushtira oladi. Qo'zg'olonchilar Xiva xonligidan ajralib qozoqlar bilan qo'shilishga qaror qiladilar. Ammo xonga sodiq bo'lgan qoraqalpoqlarning oqsoqollari boshchiligidagi kuchlar Yornazarga qarshi kurashga otlanadilar. Ularga yasovulboshi Muhammad Niyoz boshchiligidagi o'zbek qo'shinlari ham kelib qo'shildilar. Yornazar Qozoqdaryo yonida o'zi qurgan qal'ada qarshilik ko'rsatishni davom ettiradi. Muhammad Niyoz qal'ani qamal qiladi. Qo'zg'olonchilarning o'zlari Muhammad Niyoz bilan til biriktirib Yornazarni otib o'ldiradilar. Qo'zg'olon qattiq-qo'llik bilan bostiriladi.Qo'zg'olonchilarning bir qismi Buxoro yerlari tomon, yana bir qismi esa Sirdaryo yo'nalishi bo'ylab ruslar himoyasiga o'zlarini uradilar.
1858-1859-yillarda ham Qo'ng'irotda katta qo'zg'olon ko'tariladi. Bu qo'zg'olon ham Xiva xonligi tomonidan shafqat-sizlik bilan bostiriladi.
Xullas xonlar, amir-u sultonlar va biylarning nodonlarcha va siyosiy ko'rlarcha davlat va xalqni boshqarishlari el va yurt boshiga bitmas-tuganmas vayronalik va kulfatlar keltiradi. Xalq hukmdorlarga qarshi, zulm va zo'ravonlikka qarshi otlanadi.
Hokimlar va to'ralarning o'z xalqiga nisbatan tutgan siyosati va qarama-qarshi turishi mamlakatni inqirozga olib keladi. Bundan Vatan dushmanlari ham foydalandilar.
|
| |