5. ASHTARXONIYLAR (JONIYLAR) SULOLASI
Ashtarxoniylar, Joniylar - 1601-1756-yillarda Buxoro xonli-gini boshqargan sulola. Jo'jixon naslidan bo'lgan ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi asli Astraxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukmronlik qilganlar. Astraxanni Ivan Grozniy 1556-yili bosib olgach ashtarxoniylar Yormuhammad boshchiligida Buxoroga Iskandar Sulton saroyiga kelib o'rnashadilar. Yormuhammad-ning o'g'li Jonibek Sultonga Iskandarning qizi, Abdullaxon II singlisi Zuhrabegim nikohlab beriladi. Undan Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammadlar dunyoga keladi. Shu zayilda Shayboniylarga qarindoshlik rishtalari bog'lanadi. Na-tijada 1601-yili Shayboniylarning so'nggi vakili Pirmuhammad vafot etgach Shayboniylardan taxt vorisi chiqmaganda Buxoroda yashab turgan Jonibek sultonni xon qilib ko'tarishga qaror qiladilar. Lekin Jonibek sulton bu taklifdan bosh tortadi. Taxtga Jonibekning katta o'g'li Din Muhammadni ko'taradilar. Ammo u Buxoroga kelayotganda Obivarda jangda halok bo'ladi. Shunda uning ukasi Boqi Muhammadxon, voris deb e'lon qilinadi. Qabul qilingan an'anaga ko'ra Vali Muhammad Balxga noib etib yuborildi. Ana shu tariqa 1601-yildan boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo'liga o'tadi. Bu yana Joni-bek sulolasi «Joniylar» sulolasi deb ham yuritiladi.
Ashtarxoniylar sulolasi 1756-yilgacha hukmronlik davrini o'tadi. Sulola sakkizta xondan iborat bo'lgan: 1. Boqi Muhammad (1601-1605), 2. Uning ukasi Vali Muhammadxon (1605-1611), 3. Imomqulixon (1611-1642), 4. Uning ukasi Nodir Muhammadxon (1642-1645), 5. Uning o'g'li Abdulaziz -
xon (1645-1681), 6. Uning ukasi Subxonqulixon (1681-1702),
7. Uning o'g'li Ubaydullaxon (1702-1711), 8. Uning ukasi Abul-fayzxon (1711-1747). Ulardan faqat uchtasi umrini taxtda tu gatdi, xolos. Uchtasi (Vali Muhammad, Ubaydulla, Abulfayzxonlar) saroy to'ntarishlari oqibatida fojiali o'ldirilganlar. Ikkitasi esa taxtdan ag'darib tashlangandan so'ng o'z hayotini quvg'unlikda o'tkazgan. Bularning hammasiga asosiy sabab, shuki, ashtarxon o'zbek sulolalari davrida hokimiyat, toj-taxt uchun kurash hat-to ota-bola va aka-ukalar, qarindosh-urug'lar o'rtasida misli ko'rilmagan darajada kuchaygan edi.
Buxoro xonligida tinchlik osoyishtalik bo'lmaydi. Amirlar va beklar o'zboshimchaligi avjiga minadi, markaziy hokimiyatdagi mansabdorlar o'rtasidagi o'zaro fitna, nizolar, ur-yiqitlar mam-lakat tinka madorini quritadi.
1605-yilda Boqi Muhammad vafotidan so'ng' Buxoro xon-ligi taxtiga uning ukasi, Balx hokimi Vali Muhammad o'tiradi (1605-1611). Oradan ko'p vaqt o'tmasdan Vali Muhammadga qarshi Buxoroda fitna uyushtirildi. Bu fitnadan xabar topgan Vali Muhammad o'zining ikkita o'g'li bilan Eronga-Shoh Abbos huzuriga qochib ketadi. Fitnachilar Buxoro taxtini Imomqulixon (1611-1642) ga topshirmoqchi bo'ldilar. Eron shohi Abbosxon Buxoro ustidan o'z hukmronligini o'rnatish uchun Vali Muhammadni qo'llab-quvvatladi va unga katta qo'shin bilan yordam berdi. Bu hol buxoroliklarni katta tashvishga soladi. Le-kin o'zaro jangda o'zbeklar Eron qo'sinlarini tor-mor keltiradilar va Vali Muhammadni asir olib o'ldirdilar. Eron qo'sinlariga qar-shi kurashda Imomqulixonga qozoqlar yordam berdi.
Ashtarxoniy o'zbek sulolalari orasida so'zsiz nisbatan nu-fuzli va obro'lisi Imomqulixon bo'ldi. Uning davrida Buxoro xonligi kuchli davlatga aylandi. 1613-yilda Imomqulixon Tosh-kentni qozoq xonligidan qaytarib oldi va bu yerga o'zining o'g'li Iskandarni noib etib tayinladi. Lekin Iskandar toskentliklarga jabr-zulm o'tkazadi, soliqlarni ko'paytiradi, zulmni kuchaytiradi. G'azablangan Toshkent aholisi qo'zg'olon ko'tardi, sahzoda Iskandarni o'ldiradi. Imomqulixon bu voqeadan xabar topib Toshkent shahrini bir oy qamal qiladi. Toshkentliklar shaharni qahramonlarcha himoya qilsalarda, Imomqulixon katta kuch bilan qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ladi. U shahid ket-gan o'g'li uchun toshkentliklardan qattiq o'ch oladi. Buxoro xoni otimning uzangisigacha qon chiqmaguncha aholini qirishni davom ettiraman, deb qasam ichadi. Toshkent aholisini qirg'in qilishdan horib charchagan Imomqulixon qo'shini boshliqlarining o'zlari ham, hech bir gunohsiz odamlarni bunday qirg'in qilishni to'xtatishni xondan iltimos qiladilar. Ammo xon ichgan qasamimni buza olmayman, deb javob beradi. Shundan so'ng Toshkentdan qonunshunoslar o'lganlarning qonlari oqizgan chuqurlikdagi hovuzchalarga suvlarni to'ldirib bu hovuzdan Imomqulixonga otda kechib o'tishni taklif qiladilar. Bu bilan xon ichgan qasamni ado etdi va aholini qirg'in qilishni to'xtatish to'g'risida buyruq berdi.
Imomqulixon o'z davlat hokimiyatini mustahkamlash maq-sadida ko'chmanchi qoraqalpoqlar, qolmiqlar va oyrotlarga qarshi ham muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Qoratov yonidagi jangda Imomqulixon qoraqalpoqlarga hal qiluvchi zarbani bergan. Albatta bunday muvaffaqiyatli urushlar Imomqulixonning obro'-e'tiborini oshiradi. Biroq mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikni va xonlikning ich-ichidan yemirilib borishini u to'xtatib qola olmadi. Uning davrida yirik zodagonlar viloyatlarda o'zlarini xondan mustaqil hisoblar va qo'shni viloyatlarga urush ham e'lon qilar edilar. Ana shunday bahodir hukmdorlardan biri bo'lgan Yalangto'sh bir necha yillar davomida Samarqandni boshqardi. Uning mingdan ortiq quli bo'lgan, juda katta boyliklar egasi edi. Yalangto'sh bahodir davrida ikki mahobatli bino - Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan. Registon maydoni ham hozirgi qiyofasiga uning davrida kelgan edi. Badahshon hukm-dori Mahmudbiy Qatag'on ham kuchli ta'sirga ega bo'lgan zodagonlardan hisoblangan. Bu jarayon xususan Imomqulixon vafotidan so'ng kuchli tus oldi. Imomqulixon hajga ketadi.
Imomqulixondan keyin uning ukasi Nodir Muhammad (1642-1645) Buxoro taxtiga o'tirdi. U haddan tashqari dimog'dor va tamagir xon bo'lgan. Nodir Muhammad Movarounnahr hududlarini o'zining 12 o'g'li o'rtasida taqsimlab berdi. Bu bilan u mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikning yanada halokatli tus olishiga sababchi bo'ldi. Nodir Muhammad davrida xalqqa nisbatan jabr-zulm mislsiz darajada kuchaydi. Bu hol xalqning noroziligiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan qozoqlar No-dir Muhammad xonligining uchinchi yilida Movarounnahrga hujum qilib Xo'jandgacha yetib keldilar. Nodir Muhammad Xo'janddan qozoqlarni haydab chiqarish maqsadida u yerga ukasi Abdulaziz boshchiligida katta qo'shin yuboradi. Xo'jandga qo'shin tortib ketayotganda Abdulaziz o'z otasiga qarshi fitna uyushtirdi-Abdulaziz Buxoro xoni deb e'lon qilindi. Abdulaziz saltanatni otasi Nodir Muhammaddan tortib olgan. Bu mudhish voqeadan xabar topgan Nodir Muhammad shoshilinch ravishda Balxga jo'nab ketdi. Abdulaziz hech qanday to'siqlarsiz va qarshiliklarsiz Buxoroga kirib keldi. Zodagonlar Abdulazizning xonligini batamom qonunlashtirdilar. Nodir o'z ukasidan xon-likni qaytarib olish uchun Hind shah zodasi boburiy Shoh Jahon (1623-1659)ga yordam so'rab murojaat qiladi. Shoh Jahon Bu-xoro yerlarini o'z davlati tarkibiga qo'shib olish niyati bilan o'zining ikkita to'ng'ich o'g'li Murodbahsh, Avrangzeb bosh-chiligida u yerga kuchli qo'shin yubordi. Nodir Muhammad Hind qo'shinlari Buxoro xonligi hududiga bosqinchilik maqsadlari bilan ketayotganligini taso difan bilib qolgach g'arb tomonga qochadi. Hind qo'shinlari uning orqasidan quvib borib uni tor-mor qilganlar. Nodir Muhammad Eronda - Shoh Abbos II huzurida o'ziga panoh topgan.
Hindiston shahzodalari Balxni, undagi xon xazinalarini bosib oldilar. Ular o'zlarini istilochilardek tutdilar, ikki yil mobaynida xalqni talab Balxda xo'jayinchilik qiladilar. Balx aholisi butun oilalari bilan zulm-kulfat, talovlardan qochib Movarounnahrga keta boshladilar. Abdulaziz hindlarga qarshi kurashga chiqdi. Shoh Jahon o'z qo'shinlarini chaqirib olishga majbur bo'ladi. Xarobazorga aylantirilgan Balxni Erondan qaytib kelgan Nodir Muhammad o'z qo'liga oldi.
Nodirxonning yana Balx taxtiga o'tirishi uning o'g'illarini tahlika ostiga solib qo'ydi va ular birlashishga majbur bo'ldilar. Abdulaziz xon otasi zamonida dushmanlik munosabatida bo'lgan ukasi Subxonqulini Balxga noib etib tayinladi. Balxning yuqori martabali kishilari Subxonquliga shahar darvozalarini ochib berdilar (1651). Nodir Muhammad esa noiloj haj qilish bahonasida Makkaga jo'nadi va yo'lda vafot etdi. Oradan uzoq vaqt o'tmasdan aka-uka o'rtasida yana dushmanlik boshlandi. Abdulazizxon Balxni ukasidan tortib olish maqsadida u yerga katta qo'shin yubordi. Shahar qamal qilindi. Qirq kun qamal davomida shahar xarobaga aylantirildi. Oqibatda aka-uka yarash bitimi tuzdi. Abdulazizxon o'z ukasi Subxonqulini o'zining vorisi, hamda Balxning noibi deb tan olib orqaga qaytgan.
1655-yildа Movаrounnаhrgа x^li^r hujum uyushtirdilаr vа mаmlаkаtni xarob quadi^r. Ulаr Qorаko'lni egаllаb Kаrmаnаgаchа boradilаr. Judа ko'p аsirlаr vа qo'lgа tushgan boyliklаrni olib o'z yurtlаrigа qаytadilаr. Bu hujumlаrni Xiva xoni Аbulg'ozi Bahodirxon Xiva xonligini doimiy tаhlikаgа tu-tib tu^n vа muttаsil uning tinchligini buzib kelgan xonlаrdаn o'ch olish mаqsаdidа uyushtirgаn edi. 1657-yildа аnа shunday hujumlаrning biridа Аbulg'ozixonning o'zi kаttа xаvf ostidа qoldi. Kаrmаnаdаn kаttа o'lja bilan kelayotganda Buxoro xoni Abdulazizxon Abulg'ozixonga kutilmаgаn hujum qi^i. Fаqаt Аbulg'ozixonning o'g'li Аnushаxonning o'z vаqtidа yetib kel-ganligi otаsini аsirlikdаn sаqlаb qoladi. Lekin bu mаg'lubiyatgа qаramаsdаn xivaliklаr tinim bermаsdаn Buxorogа qarshi hu-jumni dаvom ettirаveradilаr. 1658-yildа Vаrdаnzi xarob qili-nadi. 1662-yildа Аbulg'ozixon qo'shinlаri B^oK^dm yetib keldilаr. Xivaliklаr Buxoroning Nomozgoh dаrvozаsi oldigа ke-lib yetgаnlаridа Abdulazizxon bilаn Аbulg'ozixon o'rtаsidа sulh bitimi imzolаnаdi.
Аbulg'ozi Bahodirxon vаfoti (1563) dаn so'ng uning o'g'li
Anusha ham Buxoro hududlаrigа qarshi yurishni dаvom etti-
rаdi. shunday hujumlаrdаn biridа Anusha Buxorodаgi
Jo'yborgаchа (Jo'ybor xo'jаlаri yashaydigаn joy) yetib borgаn vа u yerni tаlаgаn, bu pаytdа Аbdulаziz Kаrmаnаdа bo'lgаn vа tezdа Buxorogа yordаm berish uchun bu yergа yetib kelgan. U Buxoro xalqining shаhar himoyasigа sаfаrbаr etа oldi vа xivaliklаr chekinishgа mаjbur bo'ldi^r. Xivaliklаr bilаn olib borilgаn uzoq ппкИаШ urushlаr Movаrounnаhrning umumiy iq-tisodiy inqirozigа sаbаb bo'ldi vа Ashtarxoniylаr dаvlаti ichidаgi ziddiyatlаrni yanаdа kuchаytirdi. Sаlomаtligi og'irlаshgаn vа keksаyib qolgаn Аbdulаziz mаmlаkаt mudofаasini tа'minlаy olmаdi. U hokimiyatdаn ukаsi Subxonqulixon foydаsigа voz ke-chib Mаkkаi Mаdinаgа ketishni ixtiyor qiladi vа o'shа yerda bu dunyoni tаrk etdi.
Subxonqulixon dаvri (1681-1702)dа Buxoro biten Xiva o'rtаsidаgi urush yangi kuch biten dаvom ettirildi. shunday urushlаrning biridа Xiva xoni Anushaxon Kаrmаnа hamdа Vаrdаnzi аtroflаrini egаllаb, Sаmаrqаndni ham qo'^ oldi. Sаmаrqаnd zodаgonlаri Anushaxon nomini xutbagа qo'shib no-
2 - Vatan tarixi, 2.
moz o'qish va uning nomi bilan pul zarb qilishga rozi bo'ldilar. Bu ishlardan norozi bo'lib g'azablangan Buxoro zodagonlarining ko'pchiligi o'z qabilalari turgan joylarga ketdilar. Subxonquli-xon qatag'on qabilasidan bo'lgan Badaxshon hokimi Mahmud-biy otaliq yordamida xivaliklarni Samarqanddan quvib chiqardi va shahar aholisidan qattiq o'ch oldi. Anushaxon Samarqandga bostirib kirishga yo'l qo'ygan va uni o'zining xoni qilib ko'targan samarqandliklarni qirib tashlashga buyruq berdi. So'ng bu buy-ruq aholi boshiga g'oyatda og'ir va katta tovon solig'i bilan almashtirildi hamda nihoyatda shafqatsizlik bilan bu tovon un-dirildi.
Subxonqulixon davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun Balxda hokimiyat talashib tinimsiz kurash olib borayotgan o'z o'g'illariga ham qarshi keskin choralar ko'rishga majbur bo'ldi. Balx noibi Subxonqulixonning o'g'li Siddiq Muhammad o'z otasiga qarshi qo'zg'olon ko'tarmoqchi emish, degan gap tarqaladi. Bunga javoban 1681-yilda Subxonqulixon Balxga qo'shin tortdi. Nobakor o'g'il Siddiq Muhammad otasi yuborgan qo'shinni miltiq va kamonlardan o'q uzib qarshi oldi. Lekin gu-nohini kechirish to'g'risida otasidan xat olgach shahardan chiqib otasining huzuriga bordi. Ota-bola ko'rishgach birlashib Balxga bordilar. Shahar ichiga kirganlaridan so'ng Subxonqulixon o'g'li Siddiq Muhammadni zanjirband qilib qamab qo'yishga buyruq berdi, isyon ko'tarishda unga yordam bergan shaxslar so'roq qi-linib qiynab o'ldirildi. Siddiq Muhammad ham qamoqda halok
bo'ldi.
Xiva xoni Anushaxon Subxonqulixonning Buxoroda yo'qligi dan foydalanib, yana Buxoroga bostirib keladi va uni vayron qiladi. U juda katta o'ljalar bilan Xivaga qaytadi. Ana shu voqeadan sal o'tmasdan Xivada Anushaxonga qarshi fitna uyushtiriladi. Uning yaqin odamlari 1686-yilda Anushaxonning ko'zini o'yib ko'r qiladilar. Bu dahshatli voqeada Buxoroning ham qo'li bo'lsa ajab emas, deb taxmin qiladilar. Anushaxon o'rniga Xiva taxtiga uning o'g'li Ernak xon bo'ldi. Bu davrda Subxon-qulixon Xivadan biror-bir xavf yo'qligiga ishonch hosil qiladi va Boloi Murg'ob (Hozirgi Kushkaning shimoli sharqida) qal'asini egalladi. Lekin bundan foydalangan Ereng Subxonqulixonning yerlariga bostirib kirdi va Buxoroni qamal qila boshladi. O'zining barcha qo'shinlarini Xurosonga safarbar qilgan Subxonquli-xon Badahshon hokimi Mahmudbiyga yordam so'rab murojaat qiladi. Otaliq Mahmudbiy xivaliklarni chekinishga majbur etdi. Xivaga kelgandan so'ng Ernak o'ldirildi. Subxonqulixonga uning nomi xutbaga qo'shib o'qitilayotganligi va uning nomi bilan pul zarb qilinayotganligi to'g'risida xabar yuboriladi. Xivaliklarning iltimoslariga binoan Xorazmni idora qilish uchun Subxonquli-xon o'z noibini yuboradi. Ana shu tariqa Xorazm yana Buxoro tarkibiga qo'shib olinadi.
Buxoro xoni Subxonqulixonga qilgan xizmatlari uchun otaliq Mahmudbiy Badahshon va Balxning noibi etib tayinlanadi. Sub-xonqulixon hukmronlik qilgan so'nggi yillar mamlakat uchun umumiy og'ir vayronaliklar va tartibsizliklar keltirdi. Urug'lar, qabilalar o'rtasida tinimsiz urushlar, tartibsizliklar avj oldi. Ashtarxoniylar hukmronligi Buxorodan nariga o'tmaydi. Ana shunday ur-yiqit, beboshlik va tartibsizliklar avjiga chiqqan bir davrda 1702-yilda Subxonqulixon vafot etdi. Buxoro taxtiga Subxonqulixonning o'g'li
Ubaydullaxon (1702-1711) o'tiradi. Bu davrda toj-u taxt uchun kurash o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Bu davrda Balx, Termiz, Shahrisabz hokimlari mus-taqil bo'lib olishga harakat qiladi. Ubaydullaxon ularga qarshi harbiy yurishlar qilishga majbur bo'ladi. Samarqand va Hisor-da bosh ko'targan qabilalarga qarshi qo'shin yuboradi. O'zaro beto'xtov urushlar, harbiy yurishlardan keyin xazina bo'shab iq-tisodiy ahvol og'irlashadi. 1708-yillarda o'tkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati to'rt marotaba tushib ketadi (mis chaqa-lar 36 gr dan 9 gr ga tushiriladi). Islohotdan zarar ko'rgan aholi g'alayon ko'taradi, biroq qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostiriladi. Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy ahvolning yomonlashishi ich-ki ziddiyatlarni kuchaytirib yuboradi.1711-yil 16-martda uyush-tirilgan saroy fitnasi oqibatida Ubaydullaxon ham o'ldiriladi. Bu fitnani 40 kishidan iborat saroy guruhi amalga oshiradi. Ubay-dullaxon bor-yo'g'i 30-yil yashab, 9-yil hukmronlik qiladi. U o'z hukmdorligini tug'ishgan og'asi Abdullaning boshini tanasidan judo qilishdan boshlagan edi. Negaki Ubaydullaxon og'asining taxtga da'vogar bo'lib chiqishidan qo'rqardi.
Taxtga Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon (17111747) o'tiradi. Ashtarxoniylar sulolasidan bo'lgan so'nggi xon
Abulfayzxon tez orada amirlar va zodagonlar qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoladi.
Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo'liga o'tib qoladi. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711-yilda Balh, 1723-yilda S amarqand viloyati Buxoro xonligidan ajralib chiqadi. 1720-yilda Toshkent viloyatini qalmoqlar bosib oladi. Bu ahvolni kuzatib borgan Xiva xoni Sherg'ozixon ham Buxoro xonligiga da'vogar bo'ladi, ammo uning harakatlari samarasiz yakunlanadi. 1723-yilda qalmoqlar qozoq dashtlariga bostirib kirib qozoqlarni Movarounnahrga qochishga majbur qilgan. Qozoqlar chorva mollari bilan Zarafshon vodiysiga kirib bog' va ekinzorlarni payhon qilganlar. Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tanglik kuchaygandan kuchayadi, oxir oqibatda xonlik tanazzulga yuz tutadi. Movarounnahr parchalanib uchta xonlikka-Buxoro, Qo'qon va Xiva xonliklariga bo'linib ketadi
Xullas, 1601-1756-yillar davomida Ashtarxoniylar sulolasi davrida hukm surgan siyosiy, ijtimoiy tarqoqlik xonlar, sultonlar, shahzodalar o'rtasida avjiga chiqqan o'zaro toju taxt uchun kurashlar, talonchilik urushlari o'sha d avr avlod-ajdodlarimizning dunyo taraqqiyoti sivilizatsiyasidan birmuncha orqada qolib ketishiga bosh sabab bo'ldi.
6. SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVLATIDA SIYOSIY TUZUM, IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLAR
Shayboniylar hukmronligi yillarida eng oliy davlat idorasi dargoh hisoblangan. Uning tepasida oliy hukmdor-xon turgan. Oliy hukmronlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug' namoyondaga o'tgan. Keyinchalik bu an'ana sulola ichi-dan oilaviy taxt vorisligiga o'tgan. Abdullaxon II davriga ke-lib, masalan, hokimiyat Iskandarxondan o'g'li Abdullaxonga, Abdullaxondan esa o'g'li Abdulmo'minga o'tgan. Ammo shayboniylar sulolasidagi davomiylik so'nggi paytga qadar ana shu tartibda shakllana olmagan. Abdullaxon II davrida Balx vilo-yati hokimligini valiahdga topshirish an'anasi shakllanib borgan. Biroq Shayboniylar faoliyatiga chek qo'yilishi bilan bu an'ana rivojlanmay qolgan. Bu an'ana ashtarxoniylar davrida yana tiklangan.
Dargohdagi xondan keyingi davlat mansabi sardor, boshliq, yetakchi deb hisoblangan va u xonning eng ishonchli va yaqin kishilaridan biri bo'lgan. Qabul marosimlarida u xonning chap tomonidan joy olgan va davlatning ichki va tashqi siyosati, har-biy masalalarda xonning birinchi maslahatchisi deb qaralib, xon farmon va yorliqlarida uning nomi birinchi bo'lib qayd etilgan. Masalan: 1570-yili Buxoroda hokimiyatni tiklash jarayonida, buxoroliklar bilan muzokaraga xon o'z sardorini yuborgan. Bundan tashqari harbiy yurishni uyushtirish, dushman harbiy qudratini o'rganish, elchilik vazifalarini bajarish vazifalarini ham sardor olib borgan.
Davlat tasarrufiga tegishli mansablardan yana biri-otaliqdir. U otasining o'rnini bosmoq mazmunini anglatadi. Ushbu xiz-mat hokimiyatning joylardagi viloyat-mulklardagi siyosatini belgilashda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Zero, oliy hukm-dor mamlakat qismlarini viloyatlarni sulola namoyondalari-shahzodalariga taqsimlab bergan. Balog'at yoshiga yetmagan shahzodalar, to ulg'ayib mustaqil faoliyat ko'rsatgunlariga qadar, otaliqlar hokimiyatni boshqarganlar. Ular butun bir vilo-yat taqdirini hal etib kelganlar.
Xonning chiqargan hukmini yorliq va boshqa rasmiy hujjatlarini o'z egalariga yetkazishga parvonachi javobgar bo'lgan.
Dargohga tushgan arzlarni qabul qilib, javobni berish, mamlakatdagi tartiblarga amal qilinishini nazorat qilish dodxoh zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek u elchilarni qabul qilish, elchi-lik yumushlarini tashkil etish va hatto shaxsan elchi sifatida bosh-qa mamlakatlarga borib kelish tadbirlarini bajargan. Ko'kaldosh, ya'ni ko'ngildosh mansabi dargohdagi muhim lavozimlardan biri hisoblangan. Bu lavozimga xon va sulolaning eng yaqin kishila-ridan qo'yilgan. Oddiy qilib aytganda, mamlakatda xon olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari kabi ishlarni nazorat qilib borish ko'kaldoshning vazifasi bo'lgan. Masalan: Abdullaxon II va Abdulmo'min o'rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishda Qulbobo ko'kaldosh asosiy o'rin tutgan. U xonga Abdulmo'min harakatlari va maqsadlarini oldindan bilib, to'g'ri ma'lumot bergan. Shuning uchun
Abdulmo'min taxtga chiqqandan so'ng' Qulbobo ko'kaldoshdan qutulish uchun uni qatl ettirgan.
Xon bilan shahzodalar o'rtasidagi aloqalarni, sulola ichki munosabatlariga oid tadbirlarni yo'lga qo'yishni xon yasovuli olib borgan. U shahzodalarni xon tomonidan qabul qilish, arzlar, iltimoslarini yetkazish kabi ishlarni bajargan.
Dargohdagi tartib-intizom, keldi-ketdi, xavfsizlik ishlari eshik boshi zimmasida bo'lgan chap eshik og'osi, o'ng eshik og'osi. Ular urush paytlarida xonning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarganlar.
Umuman olganda, o'sha zamonlarga xos ravishda davlat xizmatchilari urush paytlarida o'zlarining vazifalariga qo'shimcha qilib, harbiy faoliyat bilan ham shug'ullanganlar.
Dargoh bilan bog'liq boshqa bir qancha xizmatlar ham bo'lgan. Bulardan asosiysi shayxulislom lavozimi bo'lib, uning davlat jamiyat va mafkuraviy hayotdagi o'rni yuksak darajada bo'lgan. Masalan, Abdullaxon II ni taxt uchun kurashda qo'llab-quvvatlagan Xoja Islom bo'lganligini eslashning o'zi kifoyadir.
Din peshvolari nafaqat ijtimoiy hayotda, balki iqtisodiy munosabatlarda ham o'z mavqeyilarini yo'qotmaganlar. Shuning uchun ham vaqf mulklari bilan shug'ullanuvi maxsus xizmatlar jo-riy etilgan bo'lib, ularni mamlakat miqyosida bosh sadr, joylarda esa sadrlar boshqarganlar.
XVI asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida Shaybo-niylar va Ashtarxoniylar xususiy mulkchilikka asoslangan yer egaligi munosabatlari bosqichida edilar. Ayrim qabilalar tepasida voris zodagonlar-Chingizxon xonadonidan bo'lgan sultonlar turardi. O'z navbatida qabilalar, urug'lar va avlodlarga bo'lingan edi. Ular sultonlar bilan birga qabilalarning yetakchisi beklar va biylar tomonidan boshqariladi. Ulardan eng qudratlilari xon etib saylanardi. Xonning o'z lashkari bo'lib qabilalarning yigitlari bilan birga uning qurolli kuchlarini tashkil etgan.
Shayboniylar O'rta Osiyo hududlarini egallagach g'olib ko'chmanchilarning asosiy ommasi Toshkent yaqinida, Za-rafshon vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo voha-larida joylashdilar. Ko'chmanchilarning anchagina qismi Amudaryoning chap qirg'og'iga, hozirgi Afg'onistonning shimo-liy hududlariga ko'chadilar. Yer-suvlar qaytadan taqsim qilinadi.
Shayboniylаr dаvlаti dаstlаb mulklаrgа tаqsimlаngаn. Buxoro, Sаmаrqаnd, Toshkent, Balx, Hisor vа boshqalаr shunday mulklаr hisoblаngаn. Mаhalliy vа ko'chmаnchi zodаgonlаr bu mulk egаlаrigа xizmat qilgаnlаr. Yengilgаn zodаgonlаrning yer-mulklаri vа boyliklаrini musodаrа qUo^n, qarshilik ko'rsаtgаnlаr shafqatsiz surаtdа jаzogа mahkum etilgаn. Jumlаdаn, Xo'jа АЫюгш^ Shayboniylаr bosqinigа qarshilik ko'rsаtishni uyushtirishgа uringаn o'g'li, yolg'iz merosxo'ri Muhammаd Yaxyo qаtl etiladi. Uning butun mol-mulki vа dunyosi musodаrа qilindi vа shayboniylаrning ko'pdаn ko'p qarindosh-urug'lаrigа, katta yer egalariga, shayboniylаrgа yaqin vа ulаrni qo'lteb-quvvаtlаydigаn гЫюшу^г vаkillаrigа tаqsimlаb beriladi.
Bundаy tаdbirlаr nаtijаsidа hukmdor vа boy аmаldorlаrning yangi tаrkibi vujudgа keldi. Bu yirik zаmindor xo'jаyinlаr orаsidа га^шукт^ vаkillаri bo'lmish Jo'ybor shayxlаri o^terming qudrаti vа nufuzi bilаn аjrаlib turаr edilаr. Ulаrning boyliklаri shu qаdаr ko'p bo'lgаnki, uni fаqаt Xo'jа Аhror boyliklаri bilаnginа qiyoslаsh mumkin bo'lgаn. Аmmo mаzkur shayx^ o'zlаrining siyosiy tа'sir doirаsi vа nufuzi jihatdаn Xo'jа Аhrordаn ham us-tun bo'lgаnlаr. Tarixchi Xofiz Tаnishning yozishicha Jo'ybor shayxlаridаn biri Xo^ Sа'd Buxoro xoni Abdullaxonning murabbiysi vа maslahatchisi sifаtidа siyosiy voqealаrdа kаttа nufuzgа egа bo'^nki, u barcha siyosiy voqealаrdа shaxsan ish-tirok etgаn. Xo'jа Islom Abdullaxonning hokimiyat tepasigа kelishigа yordаm bergаn, shu bois xon uning ijobаtisiz birortа ham muhim ishni boshlаmаgan.
Bu hol shuni ko'rsаtadiki, musulmon dini mаfkurаsi yer egаligi tizimi hukmronligigа bаtаmom singib ketdi. Xullas, o'zbek qаbilаlаri hukmronligi dаvridа ham ijtimoiy tuzumdа o'zgаrish bo'^ni yo'q, temuriylаr dаvridа qаndаy Ы)Ъа, shundayligichа qoldi. Ya'ni, mulkkа egаlik qilishning mаzmuni o'zgаrmаdi, fаqаt u bir qo'ldаn ikkinchi qo'lgа o'tdi, xolos, yer mulki аvvаlgi аsrlаrdаgidek dаvlаt mulki, xususiy mulk vа vаqf mulkligicha qolа berdi. Yer щшШапш^ ko'pchiligi dаvlаtgа qa-rashli yerter edi. Dehqonlаr dаvlаt yerlаridаn foydаlаngаnliklаri uchun olingаn hosilning mа'lum bir qismini xiroj (yer re^^si) tаrzidа to'lаrdilаr. Dаvlаt yerlаrining kаttа bir qismi o'zbek qabilalariga «yurtlar», harbiy va fuqaro shaxslarga «suyurg'ol» yoki «tanho» sifatida in'om qilib taqsimlab berilgan. Yer in'om qilish natijasida davlat tomonidan bevosita nazorat qilinadigan dehqon aholisining qo'lidagi yer maydoni shu qadar kamayib ketdiki, natijada g'aznaga tushadigan xiroj va boshqa soliqlar tushumi tobora kamayib ketadi.
Shimoliy hududlardan O'rta Osiyo yerlariga kelib o'rnashgan etnik jihatdan turk-mo'g'ul qabilalarining avlodi bo'lgan Dashti Qipchoq o'zbek qabilalari taraqqiyotda bu mintaqadagi mahalliy xalqlardan nisbatan ancha orqada bo'lganlar. Ular azaldan bu yerda yashab kelayotgan turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlar bilan yaqinlashib, o'troq yashash tarziga o'ta boshlaganlar, dehqon-chilik qilganlar, polizchilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanganlar, kosibchilik va hunarmandchilik madaniyatini egallaganlar. Dashti Qipchoq kelgan xalq mahalliy aholidan o'troq madaniy hayot kechirish sirlarini o'rganganlar va ana shu jarayonda bir-lashib, qo'shilib-qorishib ketganlar. Bu shundan dalolat beradiki, Dashti Qipchoq cho'llaridan ko'chib kelganlar asrlar davomida O'rta Osiyoda qadim-qadimdan yashab kelgan turkiy tilda so'zlashuvchi xalq tarkibiga kiradi.
Prezidentimiz I. A.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri-ning bergan savollariga javoblarida istiqlolimizga tashqaridan, ichkaridan mafkuraviy tahdid solayotgan vositalardan biri tariximizni soxtalashtirish, buzish ekaniga alohida e'tibor ber-di. Hozirgi kundagi mafkuraviy tahdidlardan biri - «bu o'zbek millatining tarixini soxtalashtirish, turli xil g'ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o'tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo'lmoqda. Xorijdagi ba'zibir siyosiy arboblar va olimlarning da'volariga ko'ra, alohida o'zbek degan millat yo'q emish, balki umumiy turkiy xalq bor emish. Shu-ning uchun o'zbek, qozoq, qirgiz, turkman, tatar, boshqird, uyg'ur va hokazo tushunchalarga barham berish kerak emish».'
1 Каримов И. Биз юлажагимизни уз кулимиз билан курмoкдaмиз. 7-жилд. Т., «Узбeкиcтoн», 1999. 301-6eT.
Bunday qarashlarga Islom Karimov ilgari ham javob be-rib,
har bir xalq kabi, o'zbek xalqining ham tarixi betakrorligini ko'p marta ta'kidlagan. Muxbirning savoliga javob berarkan, yo'lboshchimiz shunday deydi:
«Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo'lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko'hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo'lgan zamonlardan buyon o'z hayoti, o'z madaniyati, o'z tarixi bilan yashab keladi. O'zbek millati O'zbekxon nomidan tarqagan emas, balki O'zbekxon o'zbek millati nomini o'ziga nom qilib olgan bo'lsa, ajab emas».1
Ayni vaqtda yo'lboshchimiz o'zbeklarning qadim tarixiy ildizlari turkiy xalqlar bilan bir ekani, bu birlik til, din, urf-odat, qadriyatlari va madaniyatida namoyon bo'lganini e'tirof etib, turkiy xalqlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz, deb ta'kidlaydi. «Lekin, - deb aytdi I.Karimov, -biz o'zimizni hamisha mustaqil millat - o'zbek xalqi sifatida his etib kelganmiz va bu bilan faxrlanamiz. Bunga tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Butun dunyo jamiyati bizning buyuk tariximiz va madaniyatimizni e'tirof etib, bugungi kunda bizni shu nom bilan taniydi va hurmat qiladi».2
XVII asr oxiri va XVIII asrda ko'chmanchi o'zbek qabilalarining ommaviy ravishda o'troqlashish jarayoni so-dir bo'lgan deyish mumkin. Buni shu davrlarga kelib hozirgi O'zbekistonning butun hududida o'zbek qabilalarining nomi bilan yuritilgan ko'pdan ko'p qishloqlar maydonga kelganli-gi (Qo'ng'irot,3 Mang'it, Mesit, Qatag'on, Nayman,4 Qiyot va boshqalar)dan bilsa ham bo'ladi.
Shayboniylar hokimiyatni mustahkamlab olgach, mam-lakatning ichki hayotini tartibga solishga harakat qiladilar. Soliqlar va zulm, zo'rlikning og'irligidan xo'jaliklar yer-suvlarini tashlab ketadilar. Shayboniylar davlatida soliqlar, o'lponlar va majburiyatlarning murakkab bir tizimi tarkib topgan. Asosiy so-liq «xiroj» bo'lib, u sug'oriladigan yerlardan olinadigan daromad-ning 30-40 foizini tashkil qilardi. Davlat devoni qo'shin va xon xonadoni sarflari va ularni saqlash uchun «ixrojat» nomi bilan soliq olinardi. Bog'lar, polizlar, bedazolarga ham soliq solinar edi.
1 O'sha joyda.
2 O'sha joyda.
3 Asaka tumanida shu nomdagi qishloq bor.
4 Andijon tumanida shu nomdagi qishloq bor.
Soliq va o'lponlardan tashqari dehqonlar majburiy ishlab be-rish majburiyatlarini ham bajarishlari kerak bo'lardi. Eng og'ir yuk «yasoq» edi. U kanallar, qal'a zovurlar qazishni, yo'llar qurishni, o'tin, somon, xashak yig'ishni va boshqalarni ko'zda tutardi. Jumladan, Vaxsh daryosidan kanal qazish uchun Hisor, Qabodiyon va boshqa joylarning hokimlari 10 ming nafardan mardikor berishlari talab etilgan. Bu ishlar 6 yil davom etib, viloyatlar har yili ma'lum miqdorda mardikorlikka odam berib turganlar. Dehqonlar bulardan tashqari yana juda ko'plab ishlab berish majburiyatlarini ham bajarar edilar.
Mamlakatda tez-tez bo'lib turadigan urushlar xalq omma-sining ahvolini yana ham og'irlashtirardi. Urush bahonasi bilan qonuniy va noqonuniy, doimoiy va muvaqqat soliqlar soni ko'payaverardi. Bunday og'ir qismatdan qutulishning birdan bir yo'li deb dehqonlar o'z yashash joylari, makonlaridan ommaviy qochishni tushunar edilar.
Qishloq xo'jaligida dehqonlar mehnati bilan birga qullar mehnatidan ham foydalanilgan. Bu hol ham Shayboniylar va Ashtarxoniylar davriga xos jarayondir. Qullar qismati g'oyatda og'ir va ayanchli edi. Mehnatkash xalq zo'rlik siyosatiga qars-hi ommaviy chiqishlar, g'alayon va qo'zg'olonlar bilan javob berardilar. XVI asr boshlarida Samarqand, Buxoro, Qorako'l va boshqa joylarda aholining qo'zg'olonlar qilganligi yozma manbalarda ko'rsatilgan.
Saltanatning shu hududlarida XVI asr boshlariga kelganda shaharlar hayoti deyarli izdan chiqqan edi, desa bo'ladi. Ipak yo'lining inqirozga uchraganligi O'rta Osiyoning nafaqat savdo aloqalari va munosabatlariga, balki o'lkaning butun maishiy ijtimoiy , iqtisodiy-madaniy va istiqboldagi siyosiy taraq qi yotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shahar aholisi batamom qash -shoq larcha turmush kechirishga mahkum etilgan edi.
XVI asrning dastlabki o'n yilliklaridan e'tiboran shaharlar-ning izdan chiqqan xo'jalik hayoti sekin-astalik bilan tiklana boshladi. 1512-yilda o'lkaga tashrif buyurgan Xuroson shoiri va adabiyotshunosi Vosifiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Shayboniylar zamonida Buxoro, Samarqand va Toshkent ser-hosil vohalar hisoblanib, hunarmandchilik savdo va madaniyat yuksalgan.
Abdullaxon davrida Buxoroda «Chorsu» bozori qurilgan. Bozor ko'chalarining bir-biri bilan kesishib o'tgan joyida gumbazli binolar bo'lgan. Bu binolarda telpakfurushlar (toqi-telfakfurushon), zargarlar (toqi-zargaron), sarrof-sudxo'rlar (toqi-sarrofon) va boshqalar joylashganlar. 1587-yilda Abdullaxon musofirxona barpo ettirgan. Juda ko'p karvonsaroylar barpo etilgan. Xo'ja Sa'dga qarashli Gavkushon karvon saroyi (1570) va Lisak masjidiga yaqin joydagi saroy (1560) shular jumlasidandir. Bu me'morchilik obidalari hozirqacha saqlanib qolgan va xorijlik sayyohlarning e'tiborini tortmoqda.
Shayboniylar davrida ishlab chiqariladigan hunarmandchilik va kosibchilik mahsulotlariga, qog'oz, shoy, qurol-aslahalarga hatto chet mamlakatlarda ham talab va ehtiyoj katta edi. «Mir Ibrohimiy», «Sultoniy» kabi a'lo sifat Samarqand qog'ozlarining dovrug'i uzoq-uzoqlarga ketgandi. Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida temir bilan bir qatorda rudadan cho'yan quyish rivojlandi. Sovun ishlab chiqarish, misgarlik tosh va yog'och o'ymakorligi, to'qimachilik rivoj topdi. Xullas bu davrda hunarmandchilikning turli shakllari mavjud edi. Bu hol mamlakatda nafaqat ichki savdoning' balki xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buxoro va Xivaning elchilari, O'rta Osiyo savdogarlarini qo'shni mamlakatlar: Hindiston, Eron, Mo'g'uliston, Qozoqlar, Sibir dashtlari, no'g'aylar yurtlariga, hatto Moskvagacha boshlab borganlar. Bunga javoban Buxoro xonligiga ham turli xorijiy mamlakatlardan elchilar kelganlar. Bu davrda Xitoy bilan o'zaro bordi-keldi aloqalari keng yo'lga qo'yilgan. Xitoydan ko'proq ipak gazlamalari, chinni idishlar, dori-darmonlar, choy keltirilgan.
Shayboniylar sulolasining so'nggi yillarida xususiy yer egaligining rivojlanishi va juda ko'p yerlarning o'zbek zodagonlari qo'lida to'planishi bu zodagonlar ahamiyatini shu qadar oshirdi-ki, xon hokimiyati XVII asr boshlaridan e'tiboran o'zining avvalgi katta salmog'ini yo'qota bordi. Ayniqsa, Abdullaxon vafotidan so'ng mamlakatda shunday bir ayanchli ahvol yuzaga keldiki, amirlar, sultonlar, shahzoda, boy va otaliqlar amalda Buxoro xonligini chok-chokidan parchalab, o'nlab, yuzlab bo'laklarga bo'lib oldilar. Ularning har biri Markaziy hokimiyatdan deyarli butunlay mustaqil edilar.
1601-yildan boshlab hokimyat tepasiga Ashtarxoniylar keldilar. Yangi sulolaga Shayboniylardan og'ir meros nasib etadi. Amir Temur vafotidan keyin 200-yil o'tib, Movarounnahr hududi siyosiy tarqoqlik o'zaro qirg'inbarot urushlar natijasida xalq xo'jaligi va ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib inqiroz sari yo'l tutgan edi. Ashtarxoniylar siyosiy tarqoqlikni va o'zaro qirg'inbarot urushlarni to'xtata olmaydilar. XVII asr boshlariga kelib o'zbek urug' va qabilalari soni 92 ta edi. Ularning har biri o'ziga xon, o'ziga bek - davlat ichida davlat edi, o'z ta'sir doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Mang'itlar-Buxoroda, qo'ng'irotlar-Xorazmda, minglar-Farg'onada, kenagaslar-Shah -ri sabzda, Afg'onistonning shimoli, Amudaryoning ikkala sohilida - qatag'onlar hukmronlik mavqeyini egallaydilar. Xon-larga q aysi qabila urug'ning ta'siri kuchli bo'lsa, yuqori mansab va lavozimlarni o'sha qabilaga ulashar edi. Mang'itlar vakillari eng yuqori amaldor lavozimi bo'lgan otaliq lavozimini, do'rmonlar parvonachi va Qarshi hokimi lavozimini, qatag'onlar Buxoro oliy yasovuli lavozimini egalladilar. Ana shu tariqa xalq va davlat boy-ligini talon-taroj qiluvchi mamlakatni xarob qiluvchi ulkan bosh-qaruv apparati va amaldorlarning katta bir guruhi tarkib topdi. Bularni faqat boylik va shaxsiy manfaat qiziqtirardi. Mamlakat, millat va xalq taqdiri, istiqboli ular uchun begona edi.
1 Мирмухаммад Амин Бухорий. Убайдуллашзма, пер. с персид. с прим. A. Семенова. Т., «Фан», 1957, 158-6eT.
Ashtarxoniylar davrida soliqlarning qirqdan ortiq turi joriy qilingan. Bu hol ommaning qashshoqlanishiga olib keldi. Ubay-dullaxon hukmronligi davrida pul tizimi inqirozga uchradi va xalqni talash avjiga mindi. Bitta kumush tangadan to'rtta tanga zarb ettirila boshlangan, bunday tangalarning qudrati to'rt barovar pasayib ketgan. Soliqlar amalda to'rt barobar oshirilgan. Bularning oqibatida mamlakat xalq xo'jaligi batamom inqirozga yuz tutdi, ochlik-yalang'ochlik oddiy bir narsa bo'lib qoldi: «Od-diy xalq va kambag'allar, deyiladi «Ubaydullanoma»da-mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo'ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar».1 Chorasiz qolgan xalq ommasi Ubaydullaxon zulmiga qarshi Buxoroda, Kesh, Urgut va Termizda qo'zg'olonlar ko'tardilar. Bu qo'zg'olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ashtarxoniylar xalq ommasi ustidan o'z hukmronliklarini o'tkazishda ruho-niylar ning qo'llab-quvvatlashi va madadiga tayanganlar. Hukmdor zodagonlar bilan diniy mahkamalar o'rtasida to'la ham-korlik vujudga kelgan. Har bir hukmdor taxtga o'tirishdan oldin muqaddas joylarga, avliyo-anbiyolar qabrlariga borib qurbonliklar, nazr-niyozlar qilib, kechalari bilan uxlamasdan qur'on oyatlaridan o'qitib chiqqanlar va ularning arvohlaridan hukmronlikka fatvolar so'raganlar.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davriga kelib, Buxo-ro O'rta Osiyoda islom dinining tayanch markazi sifatida mav-qeyini saqlab qolgan. Bu yerga islom dinining bilimdonlari, mullalar, shayxlar, mudarrislar har tarafdan kelar edilar. «Ubaydullanoma»da bu haqda quyidagilarni o'qiymiz. «Go'zal Buxoro shahrida va uning atroflarida ilohiyotchilar, olimlar, taqvodor va avliyo kishilar shu qadar ko'p ediki, ularning sanog'iga yetib bo'lmasdi».1 Ular so'fiylik ta'limotini bilishda va karomatda go'yo o'z ilohiy qudratlarini namoyish qilar edilar. Bu davrda Xo'ja Ahror-naqshbandiylar g'oyasining tarafdori so'fi Dehqonga teng keladigan va u bilan bahslasha oladigan ulamo yo'q edi. Manbalarda ko'rsatilishicha, uning yer-mulklari va boyliklari juda ko'p va cheksiz bo'lgan.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlari ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo'ybor shayxlarining o'rni va nufuzi juda k atta bo'lgan.2 Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqeyilariga ko'ra, Jo'ybor xojalari o'zlarini ota tomonidan Muhammad payg'ambar S.A.V. avlodlari, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo'ji avlodlari deb bilganlar.
1 O'sha joyda.
2 Bu haqda qarang: Bo'riboy Ahmedov. Buxoro xonligining XV-XVII asr-lardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo'ybor hojilarining tutgan o'rni haqida, -Tarixdan saboqlar. Т., 1994, 24-37-betlar.
Ashtarxoniylar davlatining eng ojiz va kuchsiz tomoni shunda ediki, ularda muntazam qo'shin bo'lmagan. Xon qo'shini asosan qabilalar lashkarlaridan tashkil topardi. Ular oddiy qurollar: qilich, nayza, kamon hamda uchli nayzalar bilan qurollangan edilar. O't o'chuvchi qurollar kamdan-kam bo'lgan. Qo'shinda xizmat qiluvchi sipohlarga maosh berilmasdi, ularga bosib olingan yurtlar aholisini talash huquqi berilardi. Albatta oddiy va qadimiy qurollarga tayanuvchi, tartib intizomi bo'lmagan qo'shin bilan uzoqqa borib bo'lmasdi.
7. SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT
Shayboniylаr vа Ashtarxoniylаr sulolаlаri hukmronligi dаvridа Movarounnahrdа fаn vа mаdаniyat rivoj topdi. Shayboniyxon hayotligi chog'idа yozilgаn turli mаnbаlаrdа, shu qаtordа Muhammаd Solihning chig'аtoy-turkiy tilidаgi «Shaybo-niynomа», Fаzullox bin Ro'zbexonning forschа «Mehmonnomаyi Buxoro», Binoiyning forschа «Shayboniynomа», Sаyid Hаsаn Xojаning forscha «Muzаkkiri аhbob» аsаrlаridа Shayboniyxon dаvridа fаn vа m аdаniyat rivojlаngаnligi, Shayboniyxon esа fаn vа mаdаniyatgа homiylik qilgаni, o'zi ham o'qimishli, o'tkir, bаdiiy vа ijodiy did egаsi bo'lgаnligi ^'^ай^ь Shayboniylаrning de-yarli barchasi o'qimishli shaxslаr bo'lgаn. Shayboniyxon, Ubay-dullaxon, Rustаm Sulton, Abdulazizxon, Juvonmаrd Sulton kаbilаr turkiy vа forsiy she'r bitgаnlаr. Shayboniyxon Buxoro vа Sаmаrqаndni temuriylаrdаn so'ng fаn, mаdаniyat vа sаn'аt mаrkаzlаri sifаtidа rivojlаntirdi. Hirot vа boshqa joylаrdаgi olimlаr, sаn'аtkorlаr, аdib-shoirlаr Buxoro, Sаmаrqаndgа olib keltirildilаr. Shayboniyxon аsosаn urushlаr bilаn o'tgаn 59 yillik umri dаvomidа yuqori sаviyali bаdiiy аsаrlаr yozib, meros qilib qoldirgаn. Аmmo uning ijod du^o^^n o'z onа zаmin Turkis-ton tuprog'idаn uzoq-uzoq yurtlаrgа sochilib ketgan. Shayboniyxon tomonidаn 1508^Ыа chig'аtoy turkiy tilidа yozilgаn. «Bаxr ul-xudo» («Hаqiqiy yo'lning dengizi») diniy qаsidаsining yagonа qo'lyozmа nusxаsi Londondаgi «British Muzeyi» kutubxonаsidа sаqlаnаdi.
1 Янги Туркисгон. McTaH6yn, 1927, 1-coh, 21-25-6eTnap.
Shayboniyxonning yago^ she'rlаr to'plаmi bo'lgаn «De-von»i esа Turkiyaning Istаnbul shahridagi To'pqopi Sаroyi kutubxonаsidа sаqlаnаdi. Bu аsаr haqidagi birinchi mа'lumotni tarixchi olim Zаki Vаlidiy To'g'on 1927^Ыа «Yangi Turkiston» jurnаlining 1-sonidа bosi^n «Shayboniyxonning she'rlаri»
1 mаqolаsidа bergаn. M^llifiing bergаn mа'lumotlаrigа qаrа-gаndа Shayboniyxon Shohbаxt, Shаyboq, Shаybek. Sheboniy, Shohibek noml аri (taxallus)dа ijod qi^n devoni 191 vаrаqdаn iborаt.
Shayboniyxon Sakkokiy, Atoiy, Navoiy an'anasidagi klassik chig'atoy-turkiy she'riyatini davom ettirdi. Uning ijodiyotiga xos bo'lgan xususiyat shundaki, Shayboniyxon o'z asarlarida ona di-yori Turkistonga mehr-muhabbatni jo'shib kuyladi. Turkistonning Buxoro, Samarqand, Urganch, Yassi (Turkiston) kabi shaharlari nomlarini o'z she'rlarida biror kimsa Shayboniyxonchalik ko'p ishlatgan emas. Buni biz shoirning quyidagi satrlarida yaqqol ko'ramiz:
Jcmnciti mavo degan bog'i Samarqand emish, Kavsari a'lo degan obi Samarqand emish. Har nechokim o'tsalar Xuld'l tog'i toshini, O'xshar anga dunyoda tog'i Samarqand emish. Jilvai huru qusur har nechokim qilsalar, Nargisi mastonalari bori Samarqand emish. Bilki ato qiladiHaq har yonda Jo'ybor, To'rt orig'i har taraf ori Samarqand emish. Har taraf bargzor bog'lari erdi behisht. Necha desam vasfini koni Samarqand emish, Suyidur obi hayot, yeli turur jonfizo. Nuch dori izlasang qori Samarqand emish, O'la yozib Balxda badyilidan istab. Tegma Shayboniyga sen, shohi Samarqand emish.
Shayboniyxon Samarqandni o'z asarlarida jannat makon deb kuylasa, Buxoroni Ka'ba saviyasida ulug'lab:
Bir xayolim bor ko'ngulkimpir vafiy aylayin, Ul Buxoro shahrida Ka bo tavofin aylayin.
Shayboniyxon boshqa yurtlar, shaharlarda yurgan kezlarda ham Samarqand, Buxoro, Turkistonni sog'inadi. Karmon, Shod-mon, Qoqlik Darg'on kabi qadimiy ariqlarning zilol suvlarini qo'msaydi. U Movarounnahrdek go'zal yurtni bizga Xudoning o'zi qimmatbaho sovg'a sifatida had'ya qilgan deb aytgan.
1 Xuld - sakkiz jannatdan birining nomi.
Shayboniyxonning fanga, ma'rifat va madaniyatga bo'lgan ijobiy qarashlari albatta uning vorislariga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shu boisdan ham Shayboniylardan bo'lgan Ubaydul-laxon, Abdulatif, Abdulaziz va Abdullaxonlar ilm-ma'rifat va madaniyatga xayrixoh hukmdorlar sifatida o'tganlar. Ubaydulla-xon - Shayboniyxonning jiyani, Buxoro hokimi Mahmud Sulton-ning o'g'lidir. U 1533-1539-yillarda Buxoro hukmdori bo'lgan. Ubaydullaxon jasur va dovyurak lashkarboshi, qattiqqo'l hukm-dor va ijodkor adabiyotshunos edi. U Shayboniyxondan so'ng kuchli va tartibli davlatga asos soldi, olti marta Xurosonga lash-kar tortib bordi, Eron qo'shinlariga bir necha bor qaqshatqich zarbalar berdi. Xorazmni o'ziga bo'ysundiradi.
Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton «Ubaydi», «Ubaydullo», «Qul Ubaydiy» taxalluslarida she'rlar ijod qilgan. U fors, arab tillarini yaxshi bilgan, bu tillarda ham she'rlar yozgan. Ubaydul-laxon «G'ayratnoma», «Shafqatnoma», «Kitob us-salot» kabi masnaviy yo'lida pandnoma-risolalar bitgan. U o'z asarlarida Yassaviy dunyoqarashi g'oyalarini asosiy yo'nalish qilib olgan. Ubaydiyning o'zbek, fors va arab tilidagi she'rlaridan iborat uch devoni bir muqova ishiga joylashtirilgan. Bu uch tildagi devonning yagona qo'lyozma nusxasi 1583-ylda Mir Husayn al Husayniy tomonidan ko'chirilgan bo'lib, kitob «Kulliyot» deb atalgan. Bu qimmatli qo'lyozma asar O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharq-shunoslik institutining qo'lyozmalar fondida saqlanadi.
Shoirning boy adabiy merosi hali maxsus o'rganilmagan. Ubaydiy o'zining o'zbek tilidagi g'azal va ruboiylari, qit'a va tuyuqlari bilan hech shubhasiz, she'riyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. U o'zining g'azaliyotida an'anaviy mavzular-ishq-muhabbat, vafodorlik va do'stlik ayol go'zalligi va ochiq sadoqati kabilarni tarannum etadi. Shoir she'rlaridagi ifodaning o'ziga xosligi yuksak axloqiy fazilat va go'zal nafis dunyoviylik-ning o'zaro uyg'unligidir. O'zbek she'riyatida ishqiy she'rlar ko'p bo'lsada Ubaydiy satrlari ularning birortasiga o'xshamaydi.
Shoir Ubaydiy ijodi hali ochilmagan qo'riq. Bu boy xazinani chuqur va atroflicha o'rganib, uni xalqimizning ma'naviy boyligiga olib kirish mamlakatimiz adabiyotchilarining vatanparvarlik burchidir.
Shayboniylar sulolasi hukmdorlari orasida Abdullaxon alohi-da ajralib turadi. U kuchli va markazlashgan feodal davlat barpo etdi, fan va madaniyatning rivojlanishiga homiylik qiladi. Buxo-ro poeziyasi antologiyasining muallifi Hasan Hirosiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida fan va adabiyot bilan 250 dan ortiq namoyondalar shug'ullangan.
Ashtarxoniylardan bo'lgan Subxonqulixon saroyida 1692-yilda Muhammad Bodi as-Samarqandiy tomonidan Buxoro poezi-yasining antologiyasi tuzilgan. Bu antologiyada o'sha d avr adabiy arboblaridan 150 tasi to'g'risida tarjimayi hol ma'lumotlari beril-gan. Subxonqulixonning o'zi ham ilm-ma'rifatli hukmdor edi. U ko'proq tibbiyotga qiziqardi. Subxonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona (dori-sh-shifo) qurdirdi. Unda bemorlar davolanar va tibbiyot fani o'rganilar edi. Subxonqulixon yaxshigina shoir ham bo'lgan. «Nishoniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan. Subxonqu-lixon kattagina shaxsiy kutubxonaga ega bo'lgan va unda juda ko'plab noyob kitoblar saqlangan. O'zbekiston Respublikasi FAning Sharqshunoslik institutida uning kutubxonasida mavjud bo'lgan noyob kitoblardan ba'zi birlari va Subxonqulixonning shaxsan o'z qalamiga mansub manba'lar, yoki uning haqida yozilgan asarlar saqlanadi.
Ma'rifatparvar xonlar saroyida to'plangan olimlar, shoir va yozuvchilar ilm-fanning turli yo'nalishlari bo'yicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shdilar.
XV asr oxiri va XVIII asrlar davomida tarix ilmi bobida juda katta monumental asarlar yaratiladi. Muhammad Haydar yoki Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy», Ma'sud ibn Usmon Ko'histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Muhammad Solih-ning «Tavorihi guzida Nusratnoma», Kamoliddin Binoiy-ning «Shayboniynoma», Fazlullox ibn Ro'zbexonning «Meh-monnamayi Buxoro», Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharofnomayi Shohiy» yoki «Abdullanoma», Mirmuhammad Amin Buxoriy-ning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tari-xi Muqimxoniy» asari va boshqalar shular jumlasidandir.
Aniq va tabiiy fanlar taraqqiyoti ruhoniylar va din pesh -vo lari tomonidan ma'lum darajada cheklab qo'yilgan edi va bu fanlar bo'yicha qilingan ilmiy kashfiyotlar xudoga, olloh iroda-siga shak keltiradi deb hisoblangan. Mana shunday bir sharoitda Mutribiy dunyo xaritasini chizgan. Bu xarita Amin Ahmad Roziyning 1693-yilda tuzgan «Xaft iqlim» («Yetti iqlim») deb nomlаngаn Jug'rofiy-biologiyagа oid lug'аtigа ilovа qilingаn. 1541-yildа Muhammаd Husаyn ibn а! Mironi аs-Sаmаrqаndiy tibbiyot vа formаkologiyagа oid ilmiy аsаr yozib, шк1а dori-vor o'simliklаri, dori tayyorlash vа uni saqlash sirlаrini bаtаf-sil ko'rsаtib bergаn. U ko'z tаbibi shoh Аli ibn Sulаymon Nаvro'z Ahmadxon huzuridа ishlаgаn. «Tаbiblik dаsturulаmаli» riso-lаsini yozgаn.
Bu dаvrdа musiqа ilmi, hattotlik miniаtyurа sаn'аti sohasida ham bir qаtor yangiliklаr yarаtildi. Jumlаdаn XVI аsrdа Buxoro-da yashab o'tgаn Najmiddin Kаvkаbiy (1531-yilda vafot etgan) musiqа ilmigа oid «Risolai musiki» bir аsаr yozadi. Musiqa haqi-dagi «Zamzama-yi vaxdad» nomli asar Boqiyayi Namniy qalami-ga mansub edi. U har xil janrdagi 12 maqom tizimining mashhur bilimdoni bo'lgan.
Sulton АН Mаshhаdiy, Mir АН Xiraviy, Mahmud ibn Is'hoq аsh Chiqobiy vа boshqalаr husnixаt bobidа tengsiz vа mohir bo'lgаnlаr. 1586-1587-yillаrdа Dаrvish Muhammаd ibn Do'stmuhammаd Buxoriy «Xattolik sаn'аti» nаzаriyasigа oid аsаr yozgаn.
Shu dаvrdа «Fаthnomа», «Tarixi Аbulxаyrxoniy», «Shayboniynomа» vа Аlisher Nаvoiyning аsаrlаrigа yuqori bаdiiy did vа bo'yoqlаrdа miniаtyurаlаr vа surаtlаr solingаn. Rаssomchilik sohasida Jаloliddin Yusuf, sаroy rаssomi Keldi Muhammаd vа boshqalаr bаrаkаli ijod qilgаnlаr.
Shayboniylаr vа Ashtarxoniylаr dаvlаtlаri turkiy vа fors-tojik xalqlаrining qurаmа ittifoqidаn tashkil topgаn edi. Shu boisdаn turmushdа ham, аdаbiyotdа ham o'zbek vа tojik tillаri keng qo'ltenib kelingаn. Bu hududlarda yashovchi xalqter ikki tildа bemаlol o^ro muloqotdа bo'lgаnlаr, qudа-аndаchilik qilgаnlаr. Аn'аnаgа ko'rа esа fаndа, аdаbiyotdа vа mаktаbdа tojik vа аrаb til^rming nufuzi sаqlаnаr, idorа ishlаridа tojik tilini qo'llаnish dаvom etаrdi. Temuriylаr dаvridаn e'tiborаn tojik tili biten bir qаtordа o'z аsаrlаrini turk-o'zbek иН!а yozаdigаn olimlаr, shoir vа yozuvchilаr ko'pаyaverdi.
XV аsrning oxiri XVIII аsrlаrdа Movаrounnаhr o'zining bаdiiy ijod bobidаgi tarixiy аn'аnаlаrini dаvom ettirdi. Bu dаvrdа bаdiiy ijodning turli jаnr vа yo'nаlishlаridа ijod qi^n ko'plаb shoir vа yozuvchilаr yetishib chiqdilаr. Ulаr o'z ijod durdonalari bilan jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shdilar.
Binoiy, (asli ismi
Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz )
(1453-Hirot, 1512-Qarshi) Xurosonlik mashhur shoir, musiqashunos va tarixchidir. Uning hayoti temuriylar toj-u taxt uchun hayot-mamot kurashi olib borgan g'oyatda og'ir va murakkab bir davrda kechadi. Shu bois u nihoyatda qarama-qarshi hayot yo'lini bosib o'tadi. 1458-yilning kuzida Abu Said Hirot yonida Jahonshohni tor-mor keltirib ikki o'rtada bitim tuzilgach Xuro-son Abu Said ixtiyorida qoladi, G'arbiy Eronda esa Jahonshoh hukmdor bo'ladi. Jahonshoh Hirotdan juda ko'p ulamo, Shuaro va hunarmandlarni, shular qatorida 6 yashar Kamoliddinning otasini ham binokor usta bo'lganligidan o'zi bilan birga olib ketadi. Kamoliddin Eronda uch yil yashab yana Hirotga qaytib kelgan. Taxminan 1487-yilgacha u Hirotda adabiyot, she'riyat ilmi, musiqa va tarix fanlarini chuqur o'rganib, zamonasining yetuk shoiri va olimi bo'lib yetishadi. 1487-yilda Kamoliddin Tabrizga kelib, Iroqi Ajam va Ozarbayjon hokimi Sulton Ya'qub (1479-1490) saroyida 1491-yilgacha xizmat qiladi. Shu yili u yana Hirotga qaytgan, biroq tezda Samarqandga ketadi (1495). Alisher Navoiy Binoiyga, uning ijodi va qobiliyatiga katta baho bergan. Lekin uning bir joyda qo'nim turaolmasligi, mijozidagi ba'zi bir salbiy xudbinlik va mutakabbirlik xususiyatlarini Navoiy e'tibordan chetda qoldirmaydi
1.
Bu davrda Movarounnahrda siyosiy vaziyat g'oyat murakkab bo'lib, ichki o'zaro nizo va fitnalar oqibatida mirzolar o'rtasida to'qnashuvlar to'xtovsiz bo'lib turardi. 1496-yilda Binoiy Xoja Muhammad Yahyo topshirig'iga binoan shoir va tarixchi olim Muhammad Solih bilan birga Bobur Mirzo huzuriga boradi va u bilan Sulton Ali Mirzo o'rtasida Boysunqor Mirzoga qarshi ittifoq tuzishda alohida xizmat ko'rsatadi. Binoiy Samarqand Bobur qo'lida bo'lgan vaqtda (1497, noyabr - 1498, mart) Bo-bur, keyinchalik esa Sulton Ali Mirzo huzurida xizmatda bo'ladi. Samarqand va Movarounnahr uzil-kesil Muhammad Shaybo-niyxon qo'liga o'tgach esa, 1500-1510-yillar davomida uning xizmatida bo'ladi. Hirot va Xuroson Ismoil Safaviy qo'shinlari
Qarang: Aлишер HaBomi. Мaжoлиc ун нафюис. Т., «Фан», 1966. 193-6eT.
tomonidan egallangach, Binoiy yana Movarounnahrga qaytadi. U 1512- yilda Eron safaviylarining Qarshi shahrida o'tkazgan ommaviy qir g'ini paytida o'ldiriladi.
Binoiyning «Shayboniynoma» asari XVI asrning boshlarida yozilgan va XV asrning o'rtalaridan to 1506-yilgacha bo'lgan Mo-varounnahr va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni o'z ichiga oladi. Bu asarda Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502-1524) harbiy yurishlari, XVI asr boshlarida Shayboniylar davlati bilan Eron o'rtasidagi siyosiy munosabatlar yoritilgan.
Binoiy 4282 misradan iborat shye'riy devon qoldiradi. 1498-yilda Samarqandda bitilgan va temuriylardan Sulton Ali Mirzoga bag'ishlangan 876 baytlik «Majmu' al-g'aroyib» qasidasi va Iroqda istiqomat qilgan yillari yozilgan «Behruz va Bahrom» masnaviysi ham Binoiy ijodida alohida o'rin tutadi. U «Behruz va Bahrom»da zamonasining mudhish va ayanchli tomonlarini keskin tanqid qiladi, bir qator axloqiy-tarbiyaviy g'oyalarni ilgari suradi. Binoiyning «Futuxoti xoniy», «Hikoyati safari Binoiy» va uchta she'rlar devoni katta ilmiy ahamiyatga ega.
Muhammad Solih (1455, Xorazm-1535 Buxoro), o'zbek shoi-ri, tarixchi, davlat arbobidir. Uning otasi Nur Saidbek Xorazmda hokim bo'lgan. Bobosi Amir Shoh Malik Xorazmda Temur saltanatining tayanchlaridan bo'lib, Mirzo Ulug'bekka vosiy edi. Boshlang'ich ma'lumotni Xorazmda olgan Muhammad Solih Hirotda Jomiy qo'lida tahsil ko'rdi. U dastlab 1490-yilgacha Xurosonda Husayn Boyqaro, keyinchalik Buxoro va Samarqandda temuriylar, 1499-yildan e'tiboran esa Shayboniy-xon saroyida xizmatda bo'lgan. Shayboniyxon unga «amir ul-umaro», «malik ush-shuaro» unvonlarini berdi. Shayboniyxon-ning harbiy yurishlarida birga bo'ldi. Shayboniyxon 1500-yilda Buxoroni egallaganda hokimlikka Muhammad Solihni qo'yadi. U ayni zamonda Chorjo'y va Niso viloyatlarining hokimi bo'lgan. Muhammad Solih 1507-1510-yillarda Hirotda yashadi, olimlar, ijodkor, shoir-yozuvchilar va san'atkorlar bilan bevosita muloqotda bo'ldi. Muhammad Solihning devoni bizgacha yetib kelmagan, ammo uning Solih taxallusi bilan yozgan g'azallari, she'rlari, bayoz va tazkiralari uchrab turadi. Uning ijodiga Navoiy, Bobur, Nisoriy kabi shoir va adabiyotshunoslar ijobiy baho berganlar.
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari o'zbek tilida nazm bilan yozilgan doston bo'lib, o'zining badiiy saviyasining yuksakligi va tilining sodda-xalqchilligi bilan ahamiyatlidir. Dostonning asl nusxasi topilgan emas. Ammo shoirning hayot-lik chog'ida 1510-yilda Qosim tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi.
Zayniddin Mahmud Vosifiy (1485, Hirot-1551-1556-Toshkent)
1512-yilgacha Hirotda yashagan, so'ng O'rta Osiyoga qo-chib kelgan va 30-yillarga qadar Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa yerlardagi Shayboniy hukmdorlarining saroylarida saroy shoiri sifatida ijod qilgan. U «Badoe'ul-vaqoye» («Nodir voqealar») nomli qiziqarli esdaliklar muallifidir. Vosifiyning esdaliklari kichik-kichik qiziq hikoya va latifalar to'plamidan iborat. Kitobda Xuroson, Movarounnahr, Turkiston va Erondagi 1532 yilgacha bo'lgan davrdagi ilmiy, adabiy, tarixiy va madaniy hayot aks ettirilgan. Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, shuningdek, Qosim Ali Qonuniy, Chaqar, Chanchiy, Ustod Hasan Udiy Hofiz Basir, Ustod Shayxi Noyi kabi musiqashunoslar, ayrim davlat arboblari haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Kitob O'rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqida muhim manba hisoblanadi. Undan V.V.Bartold, Yakubovskiy, Bertels, Ayniy va boshqa ilmiy tadqiqotchilar o'z davrida foydalanganlar.
Uning asarlari orasida o'z davrining tarixiy shaxslari qatorida Alisher Navoiyning hayotidan ba'zi lavhalar ham kel-tirilgan. Saroy shoiri sifatida Vosifiy hukmdorlar, amaldor to'ralar va savdogarlarga atab madhiyalar, qasidalar yozgan, ularning buyurtmalari asosida she'rlar ijod qilgan, farmonlar va yorliqlarning matnlarini tuzgan, maktublar, qurilayotgan masjidlar va maqbaralar uchun yozuvlar, qabr toshlari ustiga yoziladigan yodgorlik xatlari, turli-tuman asarlarga so'zboshlar tuzish va boshqa shuning singari ishlar bilan shug'ullangan.
Mushfiqiy (1525-1588). Abdullaxon saroyida xizmat qilgan shoir. U Buxoroda kambag'al oilada tavallud topgan. 1564-yilga qadar Buxoroda yashagan. 1568-1572-yillarda Samarqand hokimi Sulton Said saroyida, 1572-1573-yillarda Hindistonda Akbarshoh saroyida kitobdorlik qilgan. 1678-yildan Abdulla-xon saroyida ishlay boshlagan. Abdullaxon unga «Malik ushshuaro» unvonini bergan. Mushfiqiy boy ijodiy qalb egasi. Shoir-ning satira, g'azal va qasidalari «Devoni mutoibot», «Devoni g'azaliyot», «Devoni qasoid», «101 tugun» («Sadu yak buvad») kabilarda to'plangan.
Shoir Mushfiqiy o'z asarlarida go'zallik va muhabbat haqida «Eram bog'i», shuningdek «Soqiynoma» va «Jahonnoma» kabi poetik asarlarini yaratgan. Bu satirik she'rlarida yuqori tabaqa vakillarining xudbinlik, riyokorlik xasisliklarini ayovsiz fosh qiladi, ijtimoiy tengsizlikni qoralaydi («Zulmdan shikoyat» va boshqalarda ). Mushfiqiy asarlari xalq orasida katta e'tibor topdi va keng tarqaldi, uning o'zi ham Mulla Mushfiqiy nomi bilan to-jik xalq latifalari qahramoniga aylangan.
Sayido Nasafiy (1637-1710) «Ubaydullanoma» muallifining iborasi bilan aytganda «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb nom chiqargan shoir va yozuvchidir. U tojik adabiyoti va tojik adabiy tilining rivojlanishida o'ziga xos o'rni bo'lgan mutafakkirdir.
Sayido Qarshi (Nasaf) shahrida tavallud topgan va shu yerda boshlang'ich ta'lim olib, Buxoro madrasalarida o'qishni davom ettirgan. U hunarmand-to'quvchi bo'lgan, og'ir iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida, «Ubaydullanoma»da ta'kidlanganidek «amirlar uyini va xon saroylarini ziyorat qilishga intilmagan, o'ziga nasib qilgan bir burda nonga qanoat qilib» yashagan. Shunga qaramasdan u badiiy ijod uchun vaqt va imkoniyat topa olgan. O'zi yashagan og'ir va qiyin bir sharoitda mehnatkash xalq bilan birga bo'ldi, uning dardiga hamdardlik qiladi, xalqning jabr-jafolariga sherik bo'ldi. O'z ijodida demokratik xalqparvarlik ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surdi. Sayido o'zaro siyosiy qirg'inbarot urushlarni qattiq qoraladi, mamlakatni xarobaga aylantirganlarni ayovsiz tanqid qiladi.
Sayido Nasafiy juda ko'plab lirik she'rlar va g'azallar ham yozgan. Ularda shoir so'fizm, naqshbandiylik g'oyalari va dunyoqarashini ilgari suradi. Sayido bu xususdagi qasida va masnaviylari, ashtarxoniy xonlar yurishlarining she'rda ifodalangan tarixiy asarlari, muxammaslari, masallarida mamlakat va xalq hayoti haqida g'oyat qimmatli fikr va xulosalar beradi.
Turdi-Farog'iy (XVII asrning birinchi yarmi - taxminan 1701-yil) XVII asr o'zbek adabiyotidagi ilg'or oqimning yorqin vakili, xalq manfaatlari ifodachisi adabiy taxallusi Farog'iy (erkin tabiatli kishi) . U Buxoro, Xo'jand va Jizzaxda yashab ijod qiladi. Turdi-ning hayoti va ijodiy yo'li haqida ma'lumotlar nihoyatda k am. Asli o'zbeklarning yuz qabilasidan bo'lib, boshqa qabila boshliqlari qatori Turdi ham o'z qabilasi nomidan otaliq lavozimida bir-muncha vaqt Subxonqulixon saroyida xizmat qiladi. U Subxon-qulixon hukmronligi davri (1691-1701)dagi adolatsizliklar, xalqqa o'tkazilgan jabr-zulmlarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Xon saroyidagi yuqori mansab egalarining laganbardorliklari, poraxo'rlik axloqiy buzuqliklarning guvohi bo'ladi. Xalqning esa zulm, eksplutatsiya va soliqlar dastidan qaddi bukildi, hatto «barot» solig'ining yetti-yilligi bir yilda undirib olinar edi. Mehnatkash omma 1681-1686-yillar mobaynida Subxonqulixon siyosatiga qarshi bir necha bor qo'zg'olon ko'taradi. Shoir Turdi ham qo'zg'olonchilarga qo'shiladi. Buxoroda ko'tarilgan bu qo'zg'olonga yuz qabilasidan Fozilbiy, qatag'on qabilasidan Temurbiy, yobu qabilasidan Tamg'abiylar boshchilik qiladilar. Ikki o'rtada shiddatli jang bo'ladi. Qo'zg'olonchilar Fathobod, Xazora qal'asi, so'ng Karmanaga chekinadilar. Temurbiy Subxonqulixonga sotilib qo'zg'olonga xiyonat qiladi. Fozilbiy va Tamg'abiylar shoir Tur-di bilan birga O'rtatepa va Xo'jand hokimi Rahimbiyga yordam so'rab boradilar. Turdi Rahimbiyga b ag'ishlab she'r yozadi va uni Subxonqulixonni ag'darib tashlashga chaqiradi. Lekin Rahimbiy xonga qarshi kurashga jur'at eta olmaydi.
Qo'zg'olonchilar Samarqand yaqinida Konigil degan joyda xon qo'shinlaridan yengiladilar. Turdi Rahimbiy va uning o'g'li Oqbo'tabiydan yordam olish ilinjida Xo'jandda qoladi. Rahimbiyga atab madhiyalar yozadi. Ammo bu harakatlardan natija chiqmagach Turdi Jizzaxda o'rnashadi va taxminan 1701-yilda shu yerda vafot etadi. Turdi vafotining so'nggi kunlarida yozgan she'rlarida o'z qayg'u alamlarini zorlanib ifodalaydi:
Kuyar til shammayi gar holatimdan aylasam tahrir1, Giribon chok o'lur, etsa qalam dardi dilim tahrir.
Shoir bevafo zamonasidan shikoyat qiladi:
Tahrir - bayon qilish.
Charxi dun' qiladi manga jabru jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechu tob.2
Hajvchi, tanqidchi, demokratik g'oyalar kuychisi Turdidan bir devon-she'rlar to'plami bizgacha yetib kelgan. Unda 432 misradan iborat 17 ta she'r bor, ulardan 2 tasi tojik tilidadir. Bu asarlar oddiy, sodda v a r avon tilda yozilgan. Shoir Turdidan uning yuz, ming urug' qabila boshliqlari bo'lgan oq suyak qarindosh-urug' aqrabolari yuz o'giradilar, ammo xalq uni hurmat qilar edi. Bu shoirning qalbini ko'taradi.
Shoir xalq ommasining davr nohaqliklariga, xonning adolatsiz siyosatiga qarshi noroziligini, alamli fikr va hayajonli kechinmalarini san'atkorona dadillik bilan qalamga oladi.
Turdi xonni insof, diyonatga chaqirdi, uning atrofini o'rab olgan xushomatgo'y, laganbardor, nomunosib odamlardan ogoh bo'lishga da'vat etdi. U xalqni talagan, mamlakatni xonavayron qilgan, adolatsiz va zolim xon haqida g'azablanib yozadi va uni ag'darib tashlashga chaqiradi. Turdi yurt va mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik qirg'inbarot urushlarni la'natlaydi, urug' va qabilalarni birlashishga, hamkorlikka, urug' oqsoqollarini, beklarni «bir yaqodin bosh chiqarish» ga chorlaydi. Bu jihatdan shoirning «Tor ko'ngilluk beklar» she'ri ibratlidir:
Tor ko'ngilluk beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikkiborio'zbekyurtidur, tenglikqiling. Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang, Qirqu yuz, ming son bo'lib, bir jon oyinlik qiling. Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurliq bir tirizlik bir yaqo, yenglik qiling.
Albatta Turdi o'z zamondoshlariga nisbatan bir qadam olg'a ketdi. Ammo jamiyat va hayotdagi barcha yaramas nuqson va illatlarni shoir «yomon», «adolatsiz» podshoning ongidan izladi. Bu uning nuqsoni emas, balki shoir Turdi yashagan va ijod qilgan davrning fojiasi edi.
Charxi dun - tuban falak. Pechu tob - to'lg'anish.
Bedil (taxallusi; asli ismi
Mirzo Abdulqodir, 1644-1721)1.
Shrarq xalqlаrining buyuk shoiri, fаylаsufi, mutаfаkkiri vа o'z
dаvrining «Mirzo Mаlik ush-shuаrosi»dir. U hаrbiy xizmatchi
oilаsidа tаvаllud topgаn. Otа-bobosi shahrisаbzlik o'zbek bаrlos
urug'lаridаn bo'lgаn. Bir yoshdа otаdаn yetim qolgаn, onаsi
qo'lidа tаrbiyalаnаdi. Besh yarim yoshidа mаktаbgа borаdi.
Yoshlikdаn qobiliyat egаsi bo'^n Bedil аrаb, fors, urdu tili vа
аdаbiyotini o'rgаnаdi, turli fаnlаrgа qiziqаdi. Qo'qonlik tarix-
chi Hаkimxon Hoji Muhammаdning «Muntаxаb ut-tаvorix»
kitobidа yozilishichа Bedilning mаdrаsаdаn ko'ngli soviydi,
shu bois u o'z bilimini oshiradi. Bu ishdа ungа аmаkisi
Mirzа Qаlаndаr vа tog^si Mirzа Zаriflаr yaqindаn yordаm bernd^^ Bedil so'fizm fаlsаfаsini, hind vа urdu tillаrini, yunon (аyniqsа Arastu) fаlsаfаsini chuqur vа аtroflichа o'rgаnаdi, keng mushohаdа etаdi. O'n yoshdаn bаdiiy ijod bilаn shug'ullаnа boshlаydi. Otаsining o'limigа bаg'ishlаb mаrsiya vа ruboiylаr to'qiydi. Bedil g'oyatdа murаkkаb sotsiаl-iqtisodiy tarixiy jаrаyondа yashadi vа ijod qiladi. Undаn boy ilmiy-fаlsаfiy vа bаdiiy meros qolgаn. 130 mingdаn ortiq she'riy sаtr, 50 bost^ tаboq nаsriy аsаrlаri mаvjud. U 1721-yildа Dehlidа 77 yoshidа vаfot etdi. Bedil аsаrlаrining аsosiy qismi uning kulliyotigа kirgаn. Bu Ш^ащ 1882-yildа Bombаydа 16 kitobdаn iborаt bosmаdаn chiqdi. Bedil khob^rming litogrаfiya bosmаsidаn tashqari O'rta Osiyo dаvlаtlаri shаhar vа qishloqlаridа, Toshkent, Sаmаrqаnd, Buxoro, Fаrg'onа, Xiva, Xo^nd, Dushаnbe, O'sh shаharlаridа qo'lyozmа ш^акн ham uchrаydi. «Tilismi Hаyrаt» (1669) -7500 misrаdаn iborаt. Mаsnаviy tаrzidа yozilgаn bu аsаrdа in-sonning jismoniy vujudi vа ruhiyati haqida so'z boradi. Bedil inson ruhini ilohiy olаmdаn kelgan poIs^I^ o'xshatib, uning jismoniy vujudini tuproq, shаmol, olov vа suvdаn tаrkib topgаn mаmlаkаt qiyofаsidа tаsvirlаydi.
1 Муминов И. MMp3o Бeдил. Т., 1974; Y36eKMcroH Миллий Энциклопедия-си. «Уз6eкиcroн миллий энциклопедияси». Давлат илмий нашриёти. TomKeHT, 2001, 1-жилд, 676-677-6eraap.
«Muhiti а'zаm» (1681) 9 ming misrаdаn iborаt mаsnаviy аsаridа Bedil tаsаvvuf ahli hayotigа oid hikoyalаrni, shuning-dek mаy, jom, nаy, tаnbur vа boshqa musiqa аsboblаrining ta'rifi tavsifiga bag'ishlangan fikr-mulohazalar, go'zal istiora va tashbehlar vositasida ifodalaydi.
Bedilning g'azallari, ruboiylari, qasidalari, qit'a va tarixiy qit'alar hamda tarkibband va tarjibandlarni qo'shib hisoblaganda 75 ming lirik va chuqur falsafiy misralarni tashkil etadi.
Bedil «Chor unsur» («To'rt unsur») kitobini 1703-yilda yozgan. Bu kitob nasrda yozilgan. Unda shoir o'zining bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik chog'lari haqida biografik ma'lumot beradi. Asarning so'nggi ikki bobida to'rt unsur - havo, suv, yer va olov to'g'risida so'z boradi.
«Irfon» («Bilim», 1721) asari doston va hikoyalardan tarkib topgan. 10 ming satrdan tarkib topgan bu kitobda adabiyot, tabiat, falsafa, masalalari haqida fikr yuritiladi. Undagi mashhur dostonlardan biri «Komde va Mudan» bo'lib, bu dostonida Bedil raqqosa qiz Komde bilan iste'dodli cholg'uchi Mudanning sev-gisini tasvirlaydi. Zolim podsho Komde va Mudanning boshiga ko'p kulfat va fojialar soladi. Uzoq judolik va alam-iztirobdan keyin Komde bilan Mudan murod-maqsadlariga yetadilar. Bedil bir o'rinda:
Himmut катаг1т bog'tugcm hamon, Chumoli увщасИ sherni begumon,
degandek,Komde bilan Mudan o'zini sher bilgan shiddatli shohni yengadilar. Sof sevgi, muhabbat zulmdan ustun chiqadi. Doston-ning bosh qahramoni Mudan mag'rur ovoz bilan:
Ulug' erur gаrchi shoh^r dargohi
Шпйап yuksаk gаdolаrning qulohi, degan edi.
Mirzo Bedilning mashhur asarlaridan yana biri «Nukot» dir. Unda ulug' mutaffakir yaxshi fazilatli kishilarni ezozlaydi, badfe'l, yomon kishilarni satira o'ti bilan tanqid qiladi. Muallif odamlarni ezgulikka, ahillikka, birlikka, hamjihatlilikka va hamdardlikka chorlaydi. U insonning kamoloti uchun kurashadi. Inson qaysi irq, qaysi din va q aysi xalqqa m ansub bo'lishidan qat'i nazar, insondir. Bas, shunday ekan, farq-tafovutlariga qaramay odamlar insoniy burch va xislatlari bilan birlashmoqlari lozim.
Mehnat kasb-kor, insoniy burch va xislatning asoslaridan biridir. Bedil ishyoqmas, tekinxo'r kishilarni qattiq qoralaydi, ulardan nafratlanadi. U o'z asarlarida inson shaxsini ulug'laydi, inson erkini hamma narsadan ustun qo'ydi, aqidaparastlik, jaholat va zulmatga qarshi kurashadi. Bedilning asarlari boy falsafiy g'oya va mazmunlar bilan sug'orilgan. Shul bois uni «Abulma'oniy» -«Ma'nolar otasi» deb ataganlar.
Mirzo Abdulqodir Bedilning ilg'or ijtimoiy-siyosiy g'oya va qarashlar bilan sug'orilgan falsafiy asarlari avlodlar qalbidan mustahkam o'rin oladi va bu asarlar bugungi kunda ham in-son uchun, insoning baxtli istiqboli uchun kurashda xizmat qilmoqda.
Mulla S ayid. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida faqatgina poetik iste'dodi va qobiliyati bilangina emas, balki o'zining yuksak ma'naviy, axloqiy va insoniy fazilatlari bilan ham nom qozongan juda ko'p ulug' zot shoirlar va yozuvchilar yashagan. Ana shun-day ulug' zotlar orasida «Buxoro shoirlari taxtidagi bek» degan ulug' nom egasi Mulla Sayiddir. Uning badiiy ijoddagi taxallu-si Muhammadiydir. Mulla Sayid Buxoro xalqining cheksiz hur-mati va mehr-muhabbatiga faqatgina shoir bo'lganligi, go'zal va sermazmun she'rlar yozganligi uchun erishgani yo'q. Balki eng avvalo bunday mehr-muhabbatga o'zining mustaqil va mag'rur fe'li, kamsuxan va kamtarona xarakteri va odobi tufayli erish-di. U saroy shoiri bo'lmadi, tamagirlik qilmadi, mansab, mol-dunyoga qiziqib o'z insoniy qaddini bukmadi, oyoqosti bo'lmadi, xon qo'lidan sadaqa kutmadi va umrining oxirigacha g'oz turib yashadi. «Ubaydullanoma» muallifining yozishicha Mulla Sayid shoir Nodir devonbegi masjidining bolaxonasidagi bir kichik hujrada yashab «amirlar xonadoni va xon saroyiga tashrifni xayoliga keltirmadi, o'z nasibasiga tushgan bir burda nonga qanoat qildi».
O'zining o'tkir aqli va so'zamolligi , keng qamrovli bilimi hamda nozik did tabiati tufayli «tug'ma Aflotun» nomini olgan samarqandlik mulla Fitrat she'rlari ham bebaho injuga nisbat berilgan. Mulla Fitrat ham mulla Sayid singari, o'zining insoniy qadr-qimmatini har qanday boyligu, arkonu davlatdan ustun qo'ygan, boylar, amaldorlar va xonlardan iltifot kutmagan.
Xalq og'zaki ijodi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar zamonida xalq og'zaki ijodi ham keng rivoj topadi. IX-X asrlarda yaratilgan «Alpomish» dostonining og'zaki epik an'analari bu davrda keng tarqaladi. «Alpomish» - vatanparvarlik, qahramonlik, sevgi va do'stlik, rostgo'ylik va to'g'rilik haqidagi dostondir. Undagi demokratik g'oyalar va oliyjanob insoniy
fazilat - ideallar Alpomish, Barchin, Qorajon va boshqa ijobiy qahramonlarning murakkab sarguzashtlari orqali ochila boradi.
Xalqqa, elga, yurtga, qabila-uruqqa nisbatan samimiy va cheksiz muhabbat, dushmanga nisbatan mislsiz g'azab va nafrat, mardlik va fidokorlik, oila baxti, samimiy sevgi, do'stlik va sadoqat, insof va adolat, osoyishtalik va farovonlik uchun ku-rash «Alpomish» dostonining yetakchi g'oyasidir. Bu g'oyaviy motivlar dostonning bosh qahramonlari Alpomish, Barchin va Qorajonlarning ijobiy sarguzashtlari va faoliyatlari orqali talqin etiladi. Haqiqiy insoniylikka qarama-qarshi o'laroq mu-nofiqlik, adolatsizlik, insofsizlik, qabihlik, shaxsiyatparastlik, ochko'zlik, ichi qoralik kabi barcha yomon illat va xislatlar dostondagi salbiy obrazlar: Boybo'ri, Ko'kaldosh, Suxayil kampir, Toychaxon va boshqalar timsolida ochib beriladi. Xul-las, «Alpomish» dostoni xalqimizning o'tmish tarixi, uning ezgu orzu-niyatlarini o'rganishda g'oyatda qimmatli manbadir. Unda ilgari surilgan vatanparvarlik, qahramonlik, do'stlik va birodarlik kabi g'oyalar milliy mustaqilligimizni yanada mustah-kamlash, milliy qadriyatlarni tiklash uchun kurash ketayotgan bugungi kunda yanada qimmatli va ahamiyatlidir. O'zbekiston Prezidentining maxsus farmoni asosida «Alpomish» dostoni-ning ming yillik tantanalarining nafaqat mamlakatimizda hatto ko'plab xorijiy mamlakatlarda ham keng nishonlanishi har biri-mizning qalblarimizda otashin g'urur va faxr tuyg'ularini kamol toptiradi.
Me'morchilik.Shayboniylar va Ashtarxoniylar me'morchilik ishlarida ham o'zlaridan qator yodgorliklar qoldirganlar. Bu ishda nafaqat sulola namoyandalari, balki o'sha davrning ko'zga ko'ringan yirik zodagonlari, hukmdorlari ham chetda qolmaganlar. Masalan, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya; Abu Sayid nomi bilan bog'liq madrasalar; Registondagi Yalangto'sh bahodir qurdirgan Tillakori va Sher-dor madrasalari, Buxoro shahar devorining ta'mirlanishi, Mir Arab, Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxonning onasiga atalgan) Fatxulla qushbegi, Muhammadxoja, Porso, Jo'ybor, Maroqand, Qulbobo, Ko'kaldosh madrasalari, Madrasi Kalon, xoja Zayniddin, Baland, Abdullaxon, Chor Bakr, Ko'kaldosh masjidlari, zargarlar, sarroflar, telpakfurushlar timlari, Abdul-laxon timi, Toshkentda Ko'kaldosh madrasasi, Qaffoli Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda (Yassi) Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda qal'a devorining ta'miri (uzunligi 14 km), Abdullaxon, Qulbobo ko'kaldosh madrasalari, Ko'kaldosh masjidi, bir qator masjidlar, chorbog'lar, hammomlar, bozorlar, turli shaharlarda qurilgan ko'plab karvonsaroylar va boshqa qator qurilish, ta'mirlash ishlari shular jumlasidandir.
8. JAHON SIVILIZATSIYASIDA BOBURIYLAR MEROSI
Ma'naviy madaniyatimizning ulug' vakillari orasida Za-hiriddin Muhammad Bobur va boburiylar o'ziga xos munosib o'ringa ega. Bobur Mirzo va boburiylar Afg'oniston, Hindiston,
Pokiston, Kashmir va Bangladesh tarixida alohida iz qoldirdilar. Bu avvalo boburiylar qoldirgan buyuk merosdir. Bu meros eng avvalo moddiy madaniyat boyliklari bo'lsa, ikkinchisi ma'naviy madaniyat durdonalaridir.
Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratuvchilik homiysi, fan va madaniyatning jonkuyar himoyachisi bo'lgan. Uning shiori insoniyatga yaxshilik qilish va ezgulikdan iborat bo'lgan. Buni biz Boburning quyidagi satrlari orqali ham yaqqol his etamiz:
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo'q, Kim, degaylar daxr aro qoldi falondin yaxshilik.
Bobur Mirzo Hindistonda juda qisqa muddatda u begona yurtning shart-sharoitini o'rganish, o'zining yangi saltanatini mustahkamlash kabi ishlarga katta kuch-matonat va vaqt sarf qilgan. Bobur bu ishlar bilan har qancha band bo'lmasin yaratuvchilik va qurilish ishlariga ham vaqt va imkoniyat topa olgan. «Boburnoma»da uning o'zi bu haqida shunday hikoya qiladi: «... Nechunkim «Zafarnoma»da Temurbekning «masjidi sangin» imoratini qilurda Mullo Choraf mundoq mubolag'a bila bitibdurkim, Ozarbayjon va Fors va Hindiston va yana o'zga mamolik sangtaroshlardin har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Agrada ushbu Agraning sangtaroshlaridin me-ning imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilurlar edi. Yana Agrada va Sekriyda va Baynoda va Do'lpurda va Gavaliyarda va Qo'yilda ming to'rt yuz to'qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi...»1.
Bobur imoratlar qurdirishdan tashqari karvon yo'llarini tik-lash, hovuz, quduq va ariqlar qazdirish ishlari bilan shug'ullangan, hammomlar qurdirgan. Hindistonda suv tegirmonini birinchi bo'lib qurdirgan ham Boburdir.
Bobur vafotidan so'ng avlodlari navbati bilan 1858-yilga qadar Hindistonni idora qilganlar. Ana shu yillar davrida Hindis-tonning turli shaharlarida barpo etilgan buyuk qurilish obidalari boburiylarning jahon madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi hisoblanadi. Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal'a ansambli, Jome masjid, Agradagi qal'a, Tojmahal, Fathpur Sek-riy shahri, Sekandaradagi Akbarshoh maqbarasi, Lohurdagi qal'a va boshqalar ana shular jumlasidandir. Oradan shuncha zamonlar o'tgan bo'lsada bu obidalar o'z mahobati-yu tarovatini yo'qotmagan holda hali-hanuz kishilarni maftun etib o'ziga lol qoldirib kelmoqda.
1 Зщириддин Мухаммад Бoбур. Bo6ypHoMa. ToniiceHT, «IHapK» HampMeT-MaT6aa aRqM^opnMR RoMiiaHMHCM Bom TaxpMpMHTM, 2002. 209-6eT.
Boburiy shahzodalarning Hindistonda turli davrlarda qur-dirgan arxitektura yodgorliklarining naqadar go'zalligi va mahobatiga birgina Toj Mahal maqbarasi yorqin misol bo'la oladi. Bu maqbarani Shoh Jahon (1627-1658) o'zining sevikli xotini Arjumand Bonu Begim (Mumtoz Mahal) xotirasi evaziga qurdirgan. Arjumand Bonu boburiylar saroyining bosh vaziri Asaf Xonning qizi, Nur Jahon (Jahongirshohning xotini)ning jiyani bo'lgan. Go'zallik va husn-latofatda, oqillik va fahm-u farosatda, tadbirkorlik va mehri-muhabbatda u shu qadar teng-siz ekanki, qaynotasi Jahongirshoh erkalab «Mumtoz mahal» ya'ni «Saroyning sarasi» deyar ekan. O'sha davrdagi saroy shoirlarining ta'rif va tafsificha uning «oy desa og'zi, kun desa ko'zi bor ekan», «husni jamolidan oy uyalib kun qizarar ekan», «jamolidan nur shunchalar taralar ekanki, u bilan to'qnashishdan qo'rqib yulduzlar ko'zdan g'oyib bo'lar ekan». Ana shunday go'zal parivash bilan Shoh Jahon 18 yil baxtiyor hayot kechirgan. Rivoyat qilishlaricha Mumtoz Mahal xonim vafoti oldidan Shoh Jahondan uch narsani iltijo qiladi: bolalarga birday munosabatda bo'lish, uylanmaslik va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo'q maqbara qurdirish. Shoh Jahon go'zal va sevikli malikasining vasiyatiga sodiq qoladi, farzandlariga mehrli va yaxshi ota bo'ladi va umrining oxirigacha uylanmaydi. Arjumand Bonu Begimni dastlab Burxonpurda, yarim yildan so'ng Agra yaqinida Jamna daryosi sohilidagi Akbarobodda va nihoyat uchinchi marta Toj Mahal maqbarasida dafn qiladilar. Shoh Jahonga xotinining o'limi shu qadar ta'sir qiladiki, u 8 kecha-kunduz o'z xonasiga kirib hech narsa yemasdan-ichmasdan motam tutadi, ko'ngliga hech narsa sig'maydi. Butun saltanat bir necha yilgacha aza tutadi, ko'ngilochar o'yin-kulgilar, ayshu ishratlar unitiladi.
Nihoyat Shoh Jahon sevikli rafiqasining so'nggi iltijosini bajarishga kirishadi. Turli o'lkalardan qurilish va me'morchilik san'atining eng nomi chiqqan yulduzlari-ustalarini to'playdi, maqbaraning bir necha loyiha nusxalari ishlanadi va tanlanadi oradan. Bir yil o'tgach Mumtoz Mahal vafotining bir yilli-gi munosabati bilan maqbaraga birinchi tosh qo'yiladi. Deh-lidagi Humoyun maqbarasi unga andoza bo'ladi, uslub jihatdan
o'xshashdir. Farqi shundaki, Humoyun maqbarasi bog'ning o'rtasida qurilgan bo'lsa, Toj Mahal maqbarasi bog'ning to'g'risida joylashgan. Bu ulkan va go'zallikda tengi yo'q arxitektura ansamblining qurilishi1632-yilda boshlanib1653-yildatugallangan. Inson aqli-zakovati va mohir qo'li bilan yaratilgan ushbu san'at mo'jizasi qurilishida har kuni 20 ming odam ishlagan ekan. Olim Ansoriddin Ibrohimov1 bergan ma'lumotlariga qaraganda, Toj Mahal shu darajada katta hajmdagi beqiyos qurilish bo'lgan ekanki, 22 yil davomida unga sarf qilingan xarajatlarning hisobi-ni chiqara olmaganlar va shu boisdan bu haqda turli ma'lumotlar tilga olinadi. Bu ulkan qurilishga sarf qilingan xarajatlar bir yerda 6 million rupiya deyilsa, boshqa joyda 60 million rupiya deb qayd etiladi. Yana boshqa manbalarda 5 million, ba'zilarida esa hatto tiyin-tiyingacha ko'rsatilib, 31 million 748 ming 28 rupiya, yoki 3 million 174 ming 802 funt sterling, deb ko'rsatiladi.
Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha Toj Mahal maqbarasi qurilish ashyolari turli mamlakatlardan: sarg'ish marmar O'rta Hindistondan, oq marmar Rajastxanning Markana degan joyidan, billur Xitoydan, yoqut-la'l Badahshondan, lojuvard Shri-Lankadan, yashil toshlar Panjobdan, aqiq Erondan, marjon va durlar Hind ummonidan va hokazolardan keltirilgan.
1 Aucopudduu M6po^uMos. Bo6ypMiinap MepocM, 60-6eT.
2 O'sha manba, 61-6eT.
3 O'sha manba, 61-6eT.
Mo'jizalar mo'jizasi bo'lgan Toj Mahaldek san'at durdonasini yaratgan loyihachi me'morlardan 40 ga yaqin ustaning nomlari yozma manbalarda tilga olinadi, hatto ularning oylik maoshlari ham keltiriladi. Jumladan, loyihachi me'mor Muhammad Iso Afandi-turkiyalik, maoshi 1000 rupiya, Sattorxon-xattot, tur-kiyalik maoshi 1000 rupiya va boshqalar. Bir kecha-kunduzda bir necha xil rangda toblanib turuvchi Toj Mahalni hindlar haqli suratda yetti mo'jizaning biri, deb mag'rurlanadilar. O'z vaqtida hatto Shoh Jahonning o'zi ham Toj Mahal go'zalligiga tan be-rib: «Yer yuzidagi odam bolasi buni bunyod etishga qodir emas, buning shakli-shamoyili osmondan tushirilgandir,2 deydi. Ingliz arbobi Edvard Lir esa ahli dunyo odamlarini ikkiga bo'ladi: «bi-rinchi Toj Mahalni qurganlar, ikkinchisi qurmaganlar».3
Yozmа m аnbаlаrning guvohlik berishichа, boburiylаr sulolаsi tomonidаn dаstlаb Аfg'onistondа, so'ngrа Hindiston, Pokiston vа Kаshmirdа bаrpo eitlgаn muhtаshаm vа ko'rkаm bog'lаrning ko'plаri ^ш^айш ham o'zining go'zаlligi bilаn insonlаrni mаftun etib kelmoqdа. Zahiriddin Muhammаd Bobur 1504-yildа Qobulni egallagach to 1509-у^а qаdаr bu yerdа o'rt^ bog' tash-kil qilgаn: shаharаro bog', Chorbog', Bog'i Jilovxonа, O'ra bog', Suvrаt bog', Bog'i Mohtob, Bog'i Ohuxonа, Odinаpur qаl'аsi yonidаgi Bog'i Vаfo vа yanа uchta bog' shulаr jumlаsidаndir. Bobur Mirzo Hindistondа bir nechа bog'ter bunyod etdi. Bulаr: Аgrаdаgi Orom bog'i, Behisht, Sekridаgi Bog'i Fаth, Dibаlpurdаgi Nilufаr bog'i, Bog'i Nаzаrgohlаrdir. Go'zаllik vа gullаr shаydosi bo'^n Zahiriddin Muhammаd Bobur o'zi bаrpo etgаn bog'lаrni dunyodаgi bor bo'^n ko'chat-mevаlаr vа gullаr bilаn bezаydi. «Boburnomа»dа fаqаt Dаshti shayx qu^ri etаgidа o'sаdigаn lolаning 33 xili nommа-nom tilgа olinаdi. Rivoyat qilishlаrichа Hindistongа аtirgulni ham birinchi bor Zahiriddin Muhammаd Bobur Mirzo kelth^n ekаn.
Go'zаl bog'lаr bаrpo etishdek аjoyib аn'аnаni Bobur Mir-zoning аvlodlаri ham dаvom ettirgаnlаr. Boburiyter sulolаsining eng buyuk vаkili bo'lmish Аkbаrshoh dаvri (1556-1605) dа yarаtilgаn bog'lаr haqida Аkbаrshohning dаvlаt maslahat-chisi аllomа Аbulfаzlning «Otini А^апу» аsаridа qimmаtli mа'lumotlаr berilgan. Jumlаdаn Аgrаdаn 23 mil mаsofаdа Аkbаrshoh Fаtxpur Sekridа yangi poytaxt bаrpo etib uning chor аtrofini go^l bog'lаrgа burkаydi. Kаshmirdа Srinаgаrdаgi Dаl ko'li bo'yidа «Nаsim bog'i»ni qurdirgаn. Аkbаr bаrpo etgаn bog'lаr orаsidа Аgrаdаgi Sekаndаrаdа Аkbаr mаqbа-rasi аtrofidаgi eng go'zаli vа mаhovаtlisidir. Bobur Mirzoning nevаrаsi Jahongir Mirzo (1605-1627) Hindiston tarixidа tаsviriy sаn'аt v а bog' yaratishning buyuk homiysi sifаtidа tilgа olinаdi. G^rbiy Pokistondаgi, Hаsаn Аbdul yaqinidаgi Vаh degan joydа, Аgrаdа qаynotаsi Etimodud dаvlаgа аtаb vа Lohurdа esа Dilku-sho deb аtаluvchi u yarаtgаn bog'lаr biri-biridаn go'zаl vа dir. Hindistonliklаr Jahongir Mirzoni eng ulug' bog' yarаtuvchi deb аtаgаnlаr. U yarаtgаn bаrchа bog'ter orаsidа Kаshmirdаgi Shаlimаr bog'i go^l mаskаnlаrning tengsizi bo'lgаn. Hindlаr bu bog'ni hаqli surаtdа «Sevgi mаskаni» deb аtаydilаr. Jahon-
3 - Vatan tarixi, 2.
gir barpo qilgan bog'lardan yana biri Nishot bog', ya'ni jannat bog'idir. Bu bog'ni Johongirshohning go'zal xotini Nur Jahon-ning akasi Asafxon bunyod ettirgan.
Anantnag tog'i yaqinida joylashgan Achhabal, Rovalpindi-dagi Hasan Abdal buloqlar yaqinidagi Vah bog'i va yana bosh-qa bir qancha bog'lar ham Jahongir nomi bilan bog'langan. Ja-hongir shoh vafot etganda (1627) Nur Jahon Lohurda erining vasiyati va hurmati evaziga Shohdara bog'ini barpo ettirib u yerda maqbara qurdiradi. Maqbara nihoyatda go'zal va betakrordir. Oq marmardan to'rtta minorasi uzoqdan odamlarning diqqatini o'ziga tortadi. Bog'dan to'rtta yo'l maqbara sari boradi. Bu yo'llarning uchtasi marmardan ishlangan panjaralar bilan to'sib qo'yilgan. Marmar qabr toshlar rangli bir tusda bezatilgan va uning bosh tomonida fors tilida quyidagi so'zlar bitilgan: «Ush-bu yer A'lo Hazratlari Nuriddin Jahongirshoh Podshohning nur to'la qabrlari, so'nggi manzilgohidir».
Bunday go'zal bog'lar Shoh Jahon (Toj Mahal haqida yuqo-rida hikoya qilindi) davrida ham barpo etilgan. Ayniqsa, 1634-yilda Xon Alimardon boshchiligida qurilgan Lohurdagi Shali -mar bog'i Shoh Jahonning eng nodir ijodiy mahsuli hisoblanadi. Bu bog'ni o'z vaqtida jannatning pog'onalari misolida ta'rifu-doston qilganlar. Bog'dagi ariq va hovuzni bezab turgan 450 ta favvora bog'ning husniga husn qo'shib turibdi. Mulla Abdulhamid Lohuriy «Podshohnoma» asarida guvohlik berishicha bog'ning ochilishi munosabati bilan bu yerda hozir bo'lgan ma'rifatli va dono shaxslar bunday go'zal va hashamatli mo'jizani ilgari Rum, Iroq va Movarounnahrda ham hech qachon ko'rmaganliklarini hayratlanib ta'kidlaganlar. Boburiylar faqat Lohurda 36 ta bog' yaratganlar. Boburiylardan qolgan ulkan darvozalar, ajoyib masjid va madrasalar shu kunga qadar o'z ko'rki, jamoli bilan har qanday kimsani ham maftun qiladi.
Bobur Mirzo va boburiylar sulolasidan faxrlansak arzigulik ma'naviy meros na'munalari ham qolgan. Zahiriddin Muhammad Boburning barcha yozgan asarlari bizgacha yetib kelmagan. Unga to'liq bo'lmagan she'riy devoni, Islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayin» nomli she'riy risolasi, «Vilodiya» deb atalgan tasavvufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilan mashhur bo'lgan alfavit jadvali va albatta, uning shoh asari «Boburnoma» ulug' shoir qoldirgan ma'naviy meros bo'lib avlod-ajdodlarimizning ma'naviy kamolotiga xizmat qilmoqda. Asarning asli nomi «Bo-buriya» bo'lgan. Uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Voqe-oti Boburiy» deb ham atadilar. Asar keyinchalik «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.
«Boburnoma» Zahiriddin Muhammad Boburning tarjimayi holini aks ettiruvchi asar desak yanglishmagan bo'lamiz. Unda salkam 36 yillik voqealar bayoni berilgan, lekin shundan yarmi-18 yillik voqealar turli sabablarga ko'ra «Boburnoma»dan o'rin olmagan. Ana shu uzilib qolgan Boburga aloqador voqealarni ingliz tarjimonlari quyidagi yozma manbalar asosida shartli ravishda tiklab chiqqanlar: «Tarixi salotini Afg'ona», «Tarixi Rashidiy», «Humoyunnoma», «Akbarnoma», «Taboqoti Akba-riy», «Tarixi Farishta», «Labbu Tavorix», «Tarixi Olamaroiy», «Tarixi Badayuniy», «Tarixi Sind» va boshqalar.1
«Boburnoma»ni qomusiy bir asar sifatida ta'riflansa ham hech mubolag'a bo'lmaydi. Zero unda tarix ilmi, jug'rofiyaga oid voqealar, tabiat sarchashmalari, aholining etnik tarkibi, badiiy shoirona lavhalarda o'z aks-sadosini topgan. Turkiy tilda Bobur-ning o'z qo'li bilan yozilgan bu kitobning dastlabki satrlari ulug' shoirning nasl-nasabi temuriylardan ekanligiga guvohlik beradi.
«Boburnoma»ni o'qigan har bir kishi asar muallifi nihoyatda sog'lom va chiniqqan bir yigit bo'lganligiga ishonch hosil qiladi. Chunki 17 yoshli Bobur qish kunida Bekobod yaqinidagi Xachtiyak degan qishloqda tunaydi (bu qishloq hozir ham bor). Sirdaryo yuzi o'shanda sovuqdan muzlagan edi. Bobur ertalab uyg'onganidan zarurat sezib, muzni teshib g'usul qilgan ekan.
1 O'sha manba, 6-6eT.
Yigirma uch yoshga kirgan Bobur kech kuzda Hirotda Qobulga qaytayotganda Afg'onistonning eng baland qorli dovonlaridan biri bo'lgan Qo'tali Zarringa qalin qor yog'ib yo'l bekilib qoladi. Qor uzangidan baland bo'ladi. Otlar yurolmay qolgandan keyin qor tepib, yo'l ochishga kirishadilar. Lekin baland tog' ustida havo siyrak, buning ustiga qor bo'ralab yog'ib ko'z ochirmaydi. Tik yo'l yuqori qarab ketgan, baquvvat yigitlar ham qor tepa-tepa holdan toyadilar. «Endi shu dovonda qor tagida o'ligimiz qoladi» degan vahima boshlanadi. Shunda Boburning o'zi oldinga o'tib, qor tepib, yo'l ochishga kirishadi. Odamlarni Qutay degan shamolpana joyga boshlab chiqishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqeada biz Boburning ham jismoniy, ham ma'naviy kuch-qudratini yaqqol ko'ramiz. Shunday og'ir vaziyatda u o'z shoirlik iste'dodidan madad oladi. Go'zal bir g'azalga matla', ya'ni kalit bo'lgan quyidagi ikki satrni Qo'tali Zarrinda qor ostida tunaganda topadi. Mana o'sha mashhur matla':
Chаrxning men ko'rmаgаn ]аЬт jаfosi qoldimu! Xаstа ko'nglim tortmаgаn dаrdu bаlosi qoldimu.
«Men umrim bo'yi yo'limda uchragan barcha daryolardan suzib o'tdim», - deb yozadi o'z kitobida Bobur. Demak, u Sirdaryo, Amudaryo, Qobilu Sind, Jamna va Ganga daryolari-ning hammasidan qulochkashlab suzib o'tgan. Bu faktlarga hech qanday shubhalanmasa ham bo'ladi. Chunki hind olimi V.Dattning yozishicha, Bobur Hindistonda yashagan davrida, ya'ni 44-45 yasharlik paytlarida Agra qo'rg'onining keng devori ustida ikki soqchi yigitni ikki qo'ltig'iga ko'tarib chopib o'tga-nini ko'pchilik ko'rgan ekan.
1 «Boburnoma»da nafaqat Far-g'ona va Movarounnahr, shu bilan birga Afg'oniston, Hindiston va Pokiston xalqlarining tarixi, etnografik xususiyatlari, tarkibi, mamlakatlarning jug'rofiy tuzilishi, ma'muriy bo'linishi, tabiati, iqlimi, tog'lari, suvlari, dashtlari, o'simliklar dunyosi va boshqalar haqida mohirona bir tarzda bayon etilgan.
«Boburnoma»ning ahamiyati to'g'risida turli davrda alloma-lar turlicha fikr bildirganlar. Biroq «Boburnoma»ni ingliz-chaga o'girgan F.Telbotning quyidagi so'zlari g'oyat diqqatga sazovordir: «Hozirgi Hindistonni o'rganmoqchi bo'lgan odam ishni, eng yaxshisi Bobur xotiralarini mutolaa qilishdan boshla-gani ma'qul.»2
Пиримцул K,oдирoв. Рухнинг xcacopaTM. «XanK сузи», 1991 йил. 1 cj^eBpan. Антриддин Ибрoхимoв. Bo6ypMffiiap MepocM, 5-6eT.
Angliyaning o'zida «Boburnoma»ning 9 marta chop etilgani bu asarga ingliz jamoatchiligi nechog'lik katta e'tibor berayotgan-ligini ko'rsatadi. 1990-yilda «Boburnoma»ning 460-yilligi dunyo uzra keng nishonlandi. Bu hol ulug' Vatandoshimiz, temuriylar sulolasining atoqli vakili Zahiriddin Muhammad Boburning ja-hon miqiyosida o'z o'rni va bahosi borligiga yana bir dalildir.
Zahiriddin Muhammad Bobur go'zal lirik g'azallar, falsafiy ruboiylar muallifidir. U o'z she'rlari, g'azallari va ruboiylarida hayotni, vatanni ulug'laydi, sof sevgi, vafoni kuylaydi, ilmni qadrlaydi, odamlarni axloq-odobga chorlaydi.Shoir:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O'rgangani ilm tolibi, ilm kerak, Men tolibi ilm tolibi ilm yo'q, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.
ruboiysida ilm-ma'rifatni qadrlagan kishi uni havas, ishtiyoq bilan albatta egallay olishini ifodalaydi. Yoshlarni ilm ahlidin o'rganishga da'vat etadi.
Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topg'usidir. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bo'lsa, jazo topg'usidir.
Bu ruboiyda shoir odamlarni hayotda yaxshilik qilishga da'vat etadi, yaxshilik qilgan kishi yaxshilik, yomonlik qilgan kishi yomonlik ko'rishini aytib ogohlantiradi. «Qilmish-qidirmish» deganlaridek har bir yaxshilik va yomonlikning ibtidosi insonning xulqi, odobi ekanligiga ishora etib, Bobur odamlarga yaxshilik qilishni nasihat qiladi. U o'zining:
Hulqingni rost etgil har sorigaki borsang Axsanta'der bori el gar yaxshi ot chiqarsang, Bori elga yaxshilik qilgilki mundin yaxshi yo'q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig'.
degan ruboiysida kishilarni yaxshi xulqli, axloq-odobli bo'lishga chaqiradi.
Axsanta - juda oz.
Xullas, Bobur va Boburiylar-xalqimizning ulug' va buyuk farzandlari milliy iftixorimiz va g'ururimizdir. Ular o'zlarining