1 !2araи.g"■'Aмиp naniKap Алимкул тapиxи. Алимкул жaнгнoмacи. Hanrpra тaйёpлaди: Р.T.Шaмcуддинoв. II.PaBinaHoB. T.,1998: Xaбибуллo, Руcтaмбeк Шaмcутдинoв. «Ёлкин». Tapиxий poмaн. Т., «IHapK.», 2001.
Shu paytga qadar ikki yo'nalishda mustaqil harakat qilib kel-gan chor armiyasining ikki qo'shini Chimkent shahrida tutashadi. Istilo qilingan yerlar hisobiga 1865-yilda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston
viloyati tashkil etiladi; uning tepasiga general Chernyayev qo'yiladi.
2. TOSHKENTNING MUDOFAA QII INISHI
General Chernyayev o'zining butun vujudi va nigohini Tosh-kent shahrini egallashga qaratadi
1. Holbuki podsho Aleksandr II bu shaharni olishni man qiluvchi qat'iy buyruq bergan edi. Cher-nyayev 1864-yil 27-sentabrda yo'lga chiqadi. Bu davrda Toshkent mudofaasi umumxalq harakatiga aylangandi. Shahar mudofaasi uchun Toshkent garnizonida 30 ming himoyachi, 48 mis va 15 ta cho'yan to'p bor edi. Toshkent shahar aholisi ona yurtni himoya qilish uchun bir tanu bir jon bo'lib battol dushman bilan tengsiz jangda olishadi.
1 Mazkur mavzuni yanada bilish uchun qarang: O'zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. 69-91-betlar.
Tarixchi Muhammad Solihning «Tarixi jadidi Toshkand» asarida yozishicha Toshkent shahar aholisi battol dushmanga qarshi qahramonlik mo'jizalarini ko'rsatgan. U shunday hikoya qiladi: «Shahar g'ariblari, fuqarolari va qariyalari ibodatu namozdan ko'ra qo'llaridan kelguncha yordam berish afzalroq, savob deb, askarlarga suv, oziq-ovqat tashib turdilar. O'sha zamonda Toshkent qalin va baland devor bilan o'ralgan bo'lib, 12 ta darvozasi bor edi. Devor ustidan ikki otliq kishi bemalol yurishi mumkin edi. Chor qo'shinlari shahar yaqinidan turib to'plardan o'qqa tutadilar. O'z navbatida javob o'qlari ham otiladi. Bosqinchilarning bir guruhi shahar devori atrofida qazilgan zovurga tushib oladi. Himoyachilarning uyushgan hujumiga chor askarlari dosh bera olmaydi. Dushman 72 kishini yo'qotadi va bu holni ko'rgan general Chernyayev Chimkentga qaytishga majbur bo'ladi. 1865-yilning 28-aprelida Chernya-yev Chirchiq yonidagi Niyozbek qal'asini jang bilan ishg'ol etadi. Toshkentlik bir xoinning maslahatiga ko'ra Chernyayev Kaykovus arig'i to'g'onini buzib, uni Chirchiq daryosiga burib yuboradi. Natijada toshkentliklar suvsiz qolib, og'ir ahvolga tushadilar. Shunga qaramay, aholi mudofaani mustahkamlashga kuch-g'ayratini ayamaydi. Ko'p o'tmay Qo'qondan lashkarboshi Alimqul qo'shini bilan madad bergani keladi. Bu toshkentliklar ruhini ko'tarib yuboradi. Ular qo'qonliklarni zo'r xursandchilik bilan qarshi oladilar. Muhammad Solih ma'lumotiga ko'ra, «Toshkent amaldorlari, sardorlari, ulamo, shayxlar, g'ariblar, gadolar, erkak-ayollar aralash ularning istiqboliga chiqib, shod-xurram kutib oladilar». Dushman bilan jang Solor arig'i (hozirgi «Turkiston» saroyi yonidagi arig') atrofida davom ettiriladi. Xul-las shahar himoyachilari dushmanni chekinishga majbur qiladilar. Bu g'alaba shahar ahli tomonidan shod-u xurramlik bilan karnay-surnay sadolari ostida qarshi olinadi. Shahar xalqi Muhammad Solihning yozishicha: «Yetti yoshdan
yetmish yoshgacha erkak-xotin, yoshu qari xizmat kamarini bellariga bog'lab pishgan taomlarni boshlariga ko'tarib, qatiq, sut, sharbat, issiq nonlar, shirin mevalarni savatlarga solib, askarlar turgan joylarga olib kelib iltijo, tavallo va dildorlik qilib, ko'zlaridan hasrat yoshlari oqib, ko'z yoshlari suvi bilan askarlarning yuzlaridan chang-g'uborni yuvib, artib, ko'zguday tozalab, ovqatlarni yeb bitirishlarini iltijo qiladilar». G'alabadan ruhlangan Alimqul boshchiligidagi vatan himoyachilari Sho'rtepada joylashgan dushman kuchlariga qarshi hujum uyushtiradilar. Jangda lash-karboshi Alimqul qattiq jarohatlandi va ko'p o'tmay halok bo'ladi. Bu hol albatta jangchilarimizning ruhiy holatiga salbiy ta'sir qiladi. Buning ustiga qirq ikki kun davomida suvsizlik va tashnalikda tish-tirnog'igacha qurollangan dushmanga qarshi olib borilgan mudofaa jangi Toshkent shahri aholisining tinka-madorini quritadi. Ustiga ustak Chernyayev shaharga hujumni janubdan - Temur darvozasi yoqdan boshlab Buxoro va Xorazm-dan keladigan yordam yo'lini kesib tashladi. Shaharga chetdan yordam umuman bo'lmadi. Alimqul vafotidan so'ng Chernya-yev Toshkent shahrining jangsiz taslim bo'lishini kutadi. Ammo shahar aholisi kurashni davom ettiradi. Toshkent shahriga Buxoro amirligidan yordam kuchlari kelayotganligini eshitgan Chernya-yev 9-mayda hal qiluvchi hujumga o'tadi va faqat 14-iyundagina qattiq janglardan so'ng shaharga yorib kiradi. Nihoyat, 1865-yil 17-iyunda qarshilik ko'rsatishning foydasizligini hisobga olgach shahar himoyachilari shaharni topshirish uchun muzokaralarni boshlaydi. Chunki Chernyayev Shayxontohur, Beshyog'och va boshqa aholi gavjum yashaydigan joylarga to'plarni o'rnatib, agar darhol sulh tuzilmasa shaharni to'plardan o'q uzib kultepaga aylantiraman, deb dag'dag'a qiladi. Chernyayev shaharning Hakim Xo'ja qozikalon, Abulqosim eshon, domullo Solihbek oxun singari nufuzli kishilari bilan sulh muzokaralarini boshlaydi.
Sulh аhdnomаsigа ko'ra, shаhar xalqining o'z dinidа qolis-hi, barcha ishlаr «shаriаt» аsosidа olib borilishi, hovli, bog' vа mаydonlаr аvvаlgidek o'z egаlаri qo'lidа qolishligi ^'^аи^ь Аhdnomаgа shаharning har to'rt; Shаyxontohur, Beshyog'och, Sebzor vа Ko'kchа mаvzelаrining muhrlаri bosilаdi.
Toshkent shahrining Chernyayev tomonidаn bosib olinishi Peterburgdа zo'r mаmnuniyat bilаn kutib olingаn bo'lsаdа, huku-matning аyrim odаmlаri button norozi bo'lib, tahlikаgа tushgаn editer. Chunki Toshkentning bosib olinishi munosаbаti bilаn xalqаro mаtbuotdа kаttа shov-shuvlаr ko'tаrilmoqdа edi. Chernyayev bu holni oldini olish uchun vа o'zining bosqinchilikdаn iborаt vаhshiyonа harаkаtlаrini oqlаsh mаqsаdidа аyyorlik yo'ligа o'tib maxsus xаt tаyyorlаttiradi. Toshkent shahri аЬэ^ nomidаn tаyyorlаtilgаn bu xatdа go'yo shаhar generаl Chernyayevgа «o'z ixtiyori» bilаn tаslim bo'lgаnligigа аsosiy urg'u berilgan edi: «Necha zаmonlаr vа yillаrdаn beri Turkistondа Fаrg'onа xonlаri hukmronlik qilib fuqаrolаrgа ko'p jаbr-zulm o'tkаzgаn. Ulаr zаkot xirojlаrini shаriаt qoidalari аsosidа olmаsdаn ortiqcha o^n^r vа hech qаshon тайт]]^ qilmаgаnlаr, qаdimgi
urf-odаt tаomildаn voz kechib, ko'p уШаг mаnsаb uchun kаttа kishilаrni o'ldirib, fitnа vа ig'vogаrlаr so'zigа аmаl qilgаnlаr. O'rtаdа no-haq qonlаr to'kilib, uter shаriаtgа vа ulаmolаr so'zlаrigа qilishdаn bosh tortadilаr. Fаrg'onа vа Turkiston zаminidа ko'p vаqtlаr vа ko'pinchа qipchoq, qozoq vа qirg'iz аvboshlаri vа beboshlаri hukmronlik qilib keM^r. Shuning uchun fuqаro vа mаmlаkаt tinchligi uchun ixtiyorimiz vа rаg'bаtimiz bilаn rus аskаrlаrini olib kelib Ыа^а shаharni topshirdik».
Bu xat mаzmuni o'qib eshittirilgаch, hammа hаyron bo'lib turgаn bir pаytdа Solihbek oxun so'z olib buntey degan: «Bizlаr voqea vа ^disa^mi bekitmаsdаn mа'lum qilаmizki, Toshkentdаn Oq masjidgаchа vа bu yerdаn G'uljаgаchа bo'lgаn shаhar vа qаl'аlаr - Tosh^rt^ qаrаr edi. Bu joy^m rus аskаrlаri urush vа talash biten qo'llаrigа kirgizdilаr. Urush to'sаtdаn muhlаtsiz vа so'zsiz olib boriladi. Toshkent shahri zu^^ oyning yarmidаn boshlаb, sаfаr oyining o'n ikkinchisigаchа, ya'ni qirq ikki kun dаvomidа suvsiz, ovqаtsiz qoldiriladi. Mullа Аlimqul lashkarbo-shi shаhid bo'lgаndаn keyin sаrdorsiz qoladi. Buxoro, Xorazm vа fаrg'onаliklаr yordаm bermаydilаr. Toshkent fi^rosi vаtаnlаri va din uchun qattiq turib, urush-talashni davom ettirib, seshanba kuni yarim kecha o'tgandan keyin saharga yaqin rus askarlari xiyobon darvozasi va qal'aning devori ustidan kiradi. Shundan keyin yana kirishib payshanba kunigacha ikki kecha-kun -duz urushib turadilar. Bu o'rtada ko'p imoratlar, do'konlar va uy-joylarga o't tushib, och-tashna, suvsiz, yakkama-yakka urush bo'lib, oxirida yarash sulhi tuzildi».
Solihbek oxun domlaning bu haq va adolatli so'zlaridan general Chernyayev g'azabga keladi. U kimda-kim ushbu so'z-larga qo'shilsa, bir tomon o'tsin deb buyruq beradi. Shaharning nufuzli kattalaridan yetti kishi: Halimboy, Berdiboy, Azimboy, Fozilboyvachcha, mulla Muzaffarxo'ja va mulla Fayzullalar So-lihbek oxun domla qatoridan joy oladilar. Ular shu zahotiyoq hibsga olinib qamoqqa solindilar va keyinchalik Sibirga sur-gun qilinadilar. Bundan qo'rqib qolgan shaharning boshqa nu-fuzli a'yonlari Chernyayev ahdnomasiga sotqinlarcha imzo chekishdan boshqa ilojni topa olmadilar. Chernyayev qalbaki ahdnomani Abusaid va Xodixo'ja ismli savdogarlar qo'liga tutqazib Peterburgga eltib oq podsho hazratlariga topshirish-ni buyuradi. Rossiya hukumati o'zining Turkistondagi bosqin-chilik urushlarini oqlash va xaspo'shlash uchun qalbaki hujjatni ko'paytirib o'z elchilari orqali dunyo mamlakatlariga tarqatdi va xalqaro matbuotda ko'tarilgan shov-shuvlarni shu yo'l bilan oldini olmoqchi bo'ladi.
Jumladan, Turkiyadagi rus elchixonasi qalbaki ahdnomani Istanbuldagi ko'chalarga, bozorlarga, do'konlarga, umuman aholi gavjum to'planadigan joylarga yo-pishtirib chiqqan.
3. BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI OLIB BORILGAN JANGLAR1
1 Bu haqda qarang: y^eK^croHmiHr янги тapиxи. Биpинчи китоб. 92-138-бeтлap.
6 - Vatan tarixi, 2.
1866-yil yanvar oyining oxirida Chernyayev Jizzaxga yurish boshlaydi. Ammo 8-9 ming kishilik shahar himoyachilarining ko'rsatgan qarshiligi tufayli u orqaga chekinishga majbur bo'ladi. 1866-yil mart oyida Chernyayev Peterburgga chaqirib olina-di, uning o'rniga general Romanovskiy yuboriladi. Toshkentga yordam uchun yuborilgan Buxoro amirining 100 ming kishilik qo'shini bilan general Romanovskiy qo'mondonligidagi chor Ros-siyasi qo'shinlari o'rtasida 8-mayda Erjarda bo'lgan jangda rus qo'shinlari g'alaba qozonadi. 24-mayda rus askarlari Xo'jandda ham g'alabaga erishadilar. Avgust oyida Romanovskiy Tosh-kent, Xo'jand va Chirchiqorti o'lkasini Rossiyaga qo'shib olish to'g'risida ko'rsatma beradi. Buxoro amiri bilan muzokaralarda kelisha olmagach, Romanovskiy 2-oktabrda Buxoro amirligiga qarashli O'ratepa qal'asini, 18-oktabrda esa Jizzaxni bosib oladi. Jizzax uchun jang g'oyatda dahshatli bo'lgan. Tarixchi olim Hamid Ziyoyevning yozishicha bu jang davomida «...to'kilgan odam qoni bamisoli ariq suviga o'xshab oqqan». Romanovskiy 1866-yil 19-oktabrda Harbiy vazirga yozgan telegrammasida Buxoro amirining Sirdaryo vodiysidagi so'nggi tayanchi, besh kunlik qamaldan so'ng 18-oktabr soat 12 da zarb bilan egallandi. Himoyachilardan oz qismi qutulib qoladi, xolos. Ko'plari halok bo'ladi yoki asir olinadi. «26 bayroq, 53 qurol va juda ko'p boyliklar qo'lga tu-shiriladi. Bizning yo'qotishimiz, xudoning irodasi bilan 100 kishi-dan kamroq bo'ldi, shu jumladan to'rt ofitser yaralandi». General Romanovskiy Jizzax uchun bo'lgan jangda kamida 6 ming kishi o'ldirilganligi va 2 ming kishining asir olinganligini yozgan edi. Qizig'i shundaki, Buxoro amiri rus qo'shinlariga qarshi birgalikda jang qilishni Qo'qon xoni Xudoyorxonga taklif qilganda u turli vaj-karsonlarni bahona qilib bu ishga bosh qo'shmaydi. Amirlik qo'shinlari Xo'jand va Jizzaxda yengilgach, Xudoyorxon rus bos-qinchi generali Romanovskiyga tabrik telegrammasi yuboradi. Bu telegrammada biz quyidagi sharmandali jumlalarni o'qiymiz: «Oq podsho bilan do'stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Qo'qondan chiqmadim va o'z chegaralarimni saqlash uchun 35 ming qo'shinni to'plab Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so'ng Xo'jandda turgan amir o'z qo'shini va boshlig'ini olib shaharni mutlaqo bo'sh qoldirganligini eshitdim; bu haqdagi xabarni bilib o'z qo'shinim va artilleriyam bilan orqaga qaytdim va agar men Oq podsho bilan do'stlikni istamaganimda men qo'shinim bilan Shaytonmuzgardan qaytmasdanoq, Xo'jandga kirar edim va bu-ning oqibatida Buxoro amiri bilan kuchli raqib bo'lur edim. Al-loh yordamida Siz Xo'jandni
zabt etdingiz, buni eshitib, ilgarigi
do'stlikni mustahkamlash uchun Sizni g'alaba bilan tabriklayman».
1867-yil 14-iyunda chor hukumati
bosib olgan joylarda favqulodda Tur-
kiston general-gubernatorligi tuzi-
ladi. Injener-general K.P.Kaufman
bosh qilib tayinlangan bu guber-
nator likning markazi Toshkent
bo'lib uning tarkibiga Sirdaryo va
Yetti suv viloyatlari ham kirgan edi.
K.P.Kaufman podsho Aleksandr II
dan katta vakolatlar bitilgan «Oltin
yorliq» oladi. U mustaqil ravishda
urush e'lon qilish, sulh tuzish va
boshqa huquqlarga ega edi. Shu bois
Turkiston xalqi K.P.Kaufmanni
gp K
auf
man
«Yarim podsho» deb atagan.
Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman o'zi hukmron-lik qilayotgan hududlarda rus davlati mavqeyini mustahkamlash va Turkiston o'lkasidagi qonli fojialarni niqoblash maqsadida bir guruh mahalliy sotqin tabaqa vakillarini O'rta hukumat bilan ke-lishgan holda Peterburgga yuborishga qaror qiladi. Bu vakillar
asosan rus davlatiga sodiq, rus qo'shinlariga har tomonlama yordam bergan kishilardan tashkil topgan edi. Vakillar ro'yxatiga Shayx-ul-Islom Nosir mulla Isoq (Turkiston shahridan), Qozi Mirza Talashpan (Chimkentdan), oqsoqol Amin Suni Shayxov (Iqon qishlog'idan), Duglat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyootadan), qora qirg'iz qabilasining biyi Baytiq Kanap (Avliyootadan), Saidazimboy Muhammadboyev (Toshkentdan), Eshonxon Imomxonov (Toshkentdan), qozikalon Yusufxo'ja Abdullaxo'jayev (Xo'janddan), oqsoqol Abdug'affor Sarimso-qov (Jizzaxdan) va boshqalar kiritilgan edilar. 1867-yil mart oyida Peterburgga yetib kelgan Turkiston vakillarini eng oliy darajada izzat-ikrom bilan kutib olinadi. Ular tuzilgan rejaga asosan hukumat nozirliklarida, saltanat saroyida, Ermitajda, xalq kutubxonasida, muzeylarda, fanlar akademiyasida, zoologi-ya bog'ida, Petropavlovsk qal'asida, fabrika va zavodlarda, savdo birjasi, magazinlarda, teatr va sirkda, kasalxonalarda, saltanat