• Tizimlar tasnifi.
  • Axborot tizimlari




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/96
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272801
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
    Bog'liq
    Axborot tizimlari

    Tizimlar tasnifi.
    Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-
    biriga o‘xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga 
    oshiriladi.
    Tasniflash 

    bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya’ni, 
    kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, 
    boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va 
    hokazo bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib 
    chiqishi bo‘yicha tasniflash qiziqtiradi.
    Sun‘iy tizimlar 

    bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. 
    Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz 
    yuzaga kelgan tizimlar. 
    Aralash tizimlar tabiiy va sun‘iy tizimlarni o‘z ichiga oladi.
    Ergonomik tizimlar 

    bu “mashina 

    inson 

    operator” majmui. 
    Biotexnik tizimlar 

    tirik organizmlar va texnik qurilmalar 
    kiradigan tizimlardir. 
    Tashkiliy tizimlar 

    bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar 
    jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi. 
    Tashkiliy tizim 

    boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, 
    maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag‘batlantirish 
    qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi 
    va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar 
    yig‘indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan 
    foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini 
    boshqarish uchun mo‘ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat 
    hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o‘ziga 
    xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. 
    Tizimda boshqaruv obyekti - bu muayyan moddiy zaxiralarga ega 
    va aniq 
    mahsulotni olishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish 
    operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sex, ishlab 
    chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. 
    Boshqaruv obyektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog‘idagi 
    turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo‘ysindirilgan. 


    125 
    Boshqaruv organi obyektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan 
    foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. 
    Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan 
    bo‘lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga 
    ega. Dastlabki o‘ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elementi 
    murakkab, faol tizim bo‘lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi 
    jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modellarini 
    tuzish juda murakkab, ba’zan esa iloji yo‘q. Ayni paytda inson tashkiliy 
    tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi. Tashkiliy 
    tizimlarning ikkinchi o‘ziga xosligi 

    ko‘p maqsadli ishlash 
    xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman 
    olganda ham uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga 
    ko‘ra ko‘plab miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar 
    bilan belgilanadi. 
    Samaradorlikni baholashning ko‘pqirraligi ko‘pgina o‘zaro 
    bog‘liq jihatlar bo‘yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib 
    keladi. Bunda tizimning boshqa elementlari bilan moddiy va axborot 
    jihatdan o‘zaro ta’sirini tashkil etish talab etiladi. 
    Uchinchi o‘ziga xoslik - tashkiliy tizimlarning uzluksiz 
    rivojlanishini o‘z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo‘lishi, bu 
    ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o‘zgarishlar bilan 
    bog‘liq holda qondirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat. 
    Oqibatda, obyektlar tarmoqlari doimiy o‘zgaradi, uning elementlari 
    o‘rtasida yanga aloqalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ham alohida 
    obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o‘zgaradi. 
    Axborot tizimi deb ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, qayta 
    ishlash va uzatishning qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari, 
    metodlari va personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. 
    Demak, axborot tizimi deb qo‘yilgan maqsadga erishish uchun 
    axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan 
    foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
    jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari 
    hamda personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi. 
    Dastlabki axborot tizimlari (AT) o‘tgan asrning 50-yillarida 
    yaratilgan. 60- yillarda yaratilgan ATlaridan olingan ma’lumotlar turli 
    darajadagi davriy hisobotlarni yaratishda qo‘llanila boshladi. 70 - 80-
    yillarda ATlar boshqaruv nazoratining vositasi sifatida ishlatila 



    Download 3,4 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish