• Axborotni himoya qilish tizimi
  • Axborotni himoya qilish tizimi




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/96
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272801
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
    Bog'liq
    Axborot tizimlari

    Axborotni himoya qilish tizimi 

    hujjat matnini pochta, telegraf, teletayp, faksimile va elektron 
    aloqa orqali himoyalanmagan kanallarga uzatishda kriptografiya 
    shartlari va usullarini aniqlash; 


    138 

    himoyalanmagan 
    telefon 
    va 
    radioaloqa 
    kanallarida 
    muzokaralarning kriptografik vositalaridan foydalanishni tartibga 
    solish;

    shaxsiy parollar yordamida ma’lumotlar bazalariga, fayllarga, 
    elektron hujjatlarga kirishni tartibga solish, buyruqlarni aniqlash va 
    boshqa usullar;

    Kodlarni, shifrlarni aniqlash yordamida ajratilgan maydonda 
    xodimlarga kirish qoidalari. 
    Kriptografik himoya komponentlari, kodlari, parollari va boshqa 
    atributlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi va 
    o‘zgartiriladi. Foydalanuvchilar tomonidan mulkiy shifrlash 
    tizimlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
    Zamonaviy kompyuterlashtirish sharoitida axborot xavfsizligi 
    axborotjarayonlari qimmatli ma’lumotlardan noqonuniy va tez-tez 
    jinoiy foydalanishni oldini olish uchun asosiy ahamiyatga ega. Axborot 
    xavfsizligini ta’minlash vazifalari maxfiy ma’lumotlar va hujjatlar 
    bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan qator muammolarni hal 
    qilishga qodir bo‘lgan axborotni muhofaza qilishning keng qamrovli 
    tizimi tomonidan amalga oshiriladi. 
    So‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalarida “kompyuter 
    jinoyatchiligi” tushunchasiga borgan sari ko‘proq duch kelayapmiz. 
    Chunki ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan yangi munosabatlar 
    yuzaga kelishi tabiiy holdir. Mazkur jinoyatga nisbatan e

    tiborning 
    ortishi bejiz emas. Zotan, bugungi kunda har qanday sohani 

    axborot, 
    aloqa, savdo-sanoat, bank va birja operasiyalari xamda boshqa faoliyat 
    turlarini kompyuterlarsiz tasavvur etish mushkul.
    Hozirgi kunda jamiyatning barcha muhim funksiya va vazifalari 
    u yoki bu darajada kompyuter, internet tarmoqlari va axborotlariga 
    bog

    liq. Ayniqsa, kompyuterlarning moliya-iqtisod sohasiga ta’siri 
    kuchli. Mazkur sohada nafaqat kompyuter ma`lumotlari, balki oddiy 
    banknotlar bilan teng qiymatga ega bo‘lgan “elektron pul” mablag

    lari 
    qo‘llanmoqda. Pul va boylik muomalada bo‘ladigan sohada esa, ularni 
    o‘zlashtirish uchun qonunni buzishdan ham toymaydigan jinoyatchilar 
    har doim ham topiladi. Demak, o‘zgalar mulkini kompyuter 
    vositalaridan foydalanib talon-taroj qilish bugungi kunda dunyoda 
    shiddat bilan rivojlanib borayotgan hamda chek-chegara bilmaydigan 
    jinoyat ekani bilan ham xavflidir. 


    139 
    Kompyuter axborot tizimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, 
    ulardan foydalanish ko‘lamining oshib borayotgani, davlat boshqaruv 
    organlari faoliyatiga ham kompyuter tarmoq va tizimlarining jadal kirib 
    kelayotgani ushbu tizimlar va axborotlarni jinoiy tajovuzlardan himoya 
    qilish muammosini yuzaga keltiradi. 
    BMT ekspertlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga ko‘ra, 
    kompyuter jinoyatchiligi sirasiga kompyuter axboroti yoki uning 
    muhofazasi sohasida sodir etiladigan, shuningdek, kompyuter 
    texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlardur.
    Kompyuter jinoyatchiligi faqat o‘zgalar mulkini talon-taroj 
    qilishnigina emas, balki elektron viruslarni tarqatish va boshqa jinoiy 
    harakatlarni ham qamrab oladi. MDH davlatlari miqyosida olib 
    qaraydigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda zararli dasturlar tarqatilishi odatiy 
    holga aylanib qoldi. Birgina Rossiyada har oyda ikkitadan o‘ntagacha 
    yangi virus tarqaladi. Faqatgina 2018 yilda kompyuter viruslari 100 
    milliard dollar atrofida zarar etkazgani aniqlandi.
    Kompyuter jinoyatchiligini ikki toifaga ajratishimiz mumkin: 
    a) kompyuterdan jinoiy faoliyatni amalga oshirishda yordamchi 
    vosita sifatida foydalaniladigan jinoyatlar (masalan, soxta guvohnoma 
    yasash, mualliflik hujjatlarini ishlab chiqarish va h.k.); 
    b) kompyuterdan ma’lumotni o‘g

    irlash yoki buzish, bankka 
    hujum qilish, qonunga xilof pul operasiyalarini amalga oshirish, kredit 
    kartochkalari raqamlarini o‘g

    irlash maqsadlarida hamda jinoyat quroli 
    sifatida foydalaniladigan jinoyatlar. 
    Kompyuter jinoyatlarini sodir etishning ko‘plab usullari mavjud. 
    An’anaviy ravishda ularni 4 guruhga bo‘lish mumkin: 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish