100
Gidrotexnika inshootlarini (GTI) avtomatlashtirishda suvni sathini tekis
zatvorlar yordamida pastki b’ef bo‘yicha stabillovchi
rostlagichning tarkibiy
sxemasini ko‘rib chiqamiz (8.7.-rasm). Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergich
(zadatchik) yordamida belgiladi va 2-elementda
amalda mavjud sath bilan
solishtiriladi.
Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo‘lsa 2-solishtirish
elementi 3-kuchaytirish bloki (nol-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6-
elektr yuritilgani harakatga keltiradi. Buni natijasida sath o‘zgarishi qiymati
ishorasiga ko‘ra 7-zatvor tengsizlik yo‘qotilguncha
va belgilangan sath
o‘rnatilguncha ochiladi yoki yopiladi. Sxemadan ko‘rinadiki, yopiq zanjirli
rostlash tizimi tarkibiga kanalning o‘lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi
va 7-zatvor orasidagi masofaga ega bo‘lgan qismi kiradi. Bu masofa
bir necha un
yoki yuzlab metr masofani o‘z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8-
datchik oraligi bilan o‘lchangan masofa bilan 7-zatvor oralig‘idagi boshlang‘ich
masofa oralig‘ida kechikish vaqti paydo bo‘ladi va rostlash sxemasiga
proportsional-impulsli rostlovchi organ – 4 kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu
rostlagich rostlash vaqtida kechikish vaqtini yo‘qotishga xizmat qiladi.
Bunday
oraliqda rostlash jarayoni to‘xtatiladi va zatvorning elektr yuritmasi o‘chiriladi.
Bunday rostlagich proportsional - integral rostlagich deb yuritiladi,
chunki bu
xolda berilgan impulslar vaqti kelishmaslik vaqtiga proportsional ravishda
o‘zgaradi.