6
Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni texnologik jarayon ko‘rsatgichlari
chegaraviy qiymatlariga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik
o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatgichlarini maxsus asboblarga uzatib
berish uchun xizmat qiladi. Avtomatik saralash mahsulotni og‘irlik o‘lchamlari,
rangi va boshqa fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat
qiladi. Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayonni o‘tishi, mahsulotni sifati,
soni va boshqa ko‘rsatgichlari haqida ma’lumot yig‘ishda xizmat qiladi.
Avtomatik himoya nonormal va halokat holatlarida qo‘llaniladi. Bu holda
himoya vositalari jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu holatlarni
chetlashtirishga xizmat qiladi.
Teploenergetik
kursatkichlar
Tabiiy chi