12
Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini
olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differentsialli) ulash
hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak.
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali X chiqish
signali U o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga
bo‘ladi va chiqish signali EYuK ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari
juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi.
Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik
sinflariga muvofiq bo‘lishlari lozim. Ishlash printsipi bo‘yicha elektr datchiklar
rezistivli, elektromagnitli, sig‘imli va taxometrik (generatorli) ko‘rinishlarga ega
bo‘ladi (2.1-rasm).
Elektr datchik