117
Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarini elektr
ta’minoti tizimlari uchun uzatish va taqsimlash tarmoqlarining simlari elektr
tokida qizdirish va mexanik mustahkamlashni shartlari asosida tanlanadi va
undan keyin kuchlarni yo‘qotish bo‘yicha tekshiriladi.
Har-xil sharoitlarda (namlik yuqori bo‘lgan, portlash yoki yong‘in xavfi
bo‘lgan, chang va boshqalar)sim va kabellarni tanlashda alohida talablar
qo‘yiladi. Avtomatika tizimlarida asosan alyumin va mis simlari va kabellari
qo‘llaniladi. Mis simlari asosan maxsus holatlarda, masalan qarshilik
termometri zanjirlarida; o‘lchash boshqarish nazorat, signalizatsiya zanjirlarida
hamda vыbratsiyaga uzatadigan portlash xavfi bo‘lgan qurilmalarda ishlatiladi.
Sim va kabellarning minimal ruxsat etiladigan ko‘ndalang kesimi yuzasi
quyidagicha bo‘lishi kerak:
-
60 V gacha kuchlanishli zanjirlar uchun 0,2 mm
2
;
-
mis simlar uchun (diametri 0.5mm) va 2,5mm
2
– alyumin simlari uchun;
-
60 V dan yuqori kuchlanishli zanjirlar uchun 1,0 mm
2
-mis simlari uchun
va 2,5 mm
2
– alyumin simlari uchun.
Avtomatika tizimlarida har xil maqsadlari uchun mo‘ljallangan elektr
o‘tkazgich simlari va kabellarini bitta trubada, bitta quti kanalida birlashtirish
ruxsat etiladi.