114
regulyator kullanishi mumkin. Rostlagichlarning tipini tanlash eng avval uning
ishlash printsipiga asosan bajariladi: diskret (releli yoki impulsli) yoki uzluksiz.
Nazorat-o‘lchov asboblari va elektr ta’minot qurilmalarini loyihalashda
amaldagi normativ (me’yoriy) hujjatlarga asoslanadi va quyidagilar amalga
oshirilada:
1.
Elektr ta’minoti
sxemasini, tok turini, kuchlanish qiymatlari va quvvatni
tanlash va ularni asoslash.
2.
Boshqarish apparatlari va ta’minot zanjiri himoyasini hisoblash va uni
tanlash.
3.
Shchitlarni yoritish tizimini va elektr ta’minot
qurilmalarini hisoblash va
tanlash.
4.
Montaj va remont-ekspluatatsiya ishlarini bajarish uchun enektr
instrumentlarni ta’minot tizimini tanlash.
5.
Ta’mirlash va taqsimlash tarmoqlarining sim va kabellar markalari va
yuzalarini hisoblash va tanlash.
6.
Sim va kabellarini o‘tkazish (prokladesi) usullarini tanlash.
Elektr ta’minot sxemalari,
kuchlanish, tok turi va elektr ta’minot
tizimlarining nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari (KIP va A)
uchun apparatlarni tanlash va avtomatlashtirilayotgan ob’ektning elektr ta’minot
tizimi bilan uzviy ravishda amalga oshiriladi. Kuchlanishni tanlashda obe’ktning
elektr ta’minot uchun qabul qilingan kuchlanish qiymati bilan bir xilda qabul
qilingan: kuchlanish - 380 V, tok kuchi - 440 A.
Signalizatsiya zanjiri, yoritish qismining montaj qismlari uchun 220 V
dan katta bo‘lmagan kuchlanish qabul qilinadi. Elektr iste’molchilar zanjiridagi
ruxsat etiladigan kuchlanishlarning chetga chiqishi quyidagilarni tashkil etadi:
-
nazorat- o‘lchov asboblari va rostlash qurilmalari uchun -
5
%;
-
boshqarish apparatlari uchun - -5
+10% :
-
elektr dvigitellarining ijrochi mexanizmlar uchun - -5
+10% :
-
signal lampalari uchun - -2,5
+5%:
-
12....36 V kuchlanish zanjirlari uchun -10 % gacha.
115
Elektr iste’molchilarni ishga tushirish, to‘xtatish
va ularni anomal
rejalardan himoya qilish uchun boshqarish apparatlari va himoya vositalari
qabul qilinadi.