89
muftani tortadi. Ishqalanish kuchlari hisobiga 5 va 6
yarim muftalarda hosil
bo‘ladigan aylantiruvchi moment boshqaruvchi valdagi boshqariluvchi valiga
o‘tkaziladi.Uzatilayotgan aylantiruvchi momentni
kattalashtirish uchun
muftalarni ko‘p diskli ko‘rinishda tayyorlanadi.
7.4-rasm. Quruq ishqalanish va qovushoq ishqalanish muftasining
konstruktiv va elektr sxemalari:
a,v-quruq ishqalanish muftasi va printsipial elektr sxemasi, b, g-qovushoq
ishqalanuvchi mufta va printsipial elektr sxemasi.
Qovushoq ishqalanuvchi muftalar (6.6, b-rasm)
ferroparo-shakli yoki
magnitli emulsiyali tarkibiga ega bo‘lib, boshqariluvchi va boshqaruvchi
elementlarda bog‘lovchi qatlam hosil bo‘ladi. Bunday
muftalarning xarakterli
tomoni shundaki, magnit oqimi ortib borishi bilan
uzatiluvchi aylantiriluvchi
moment ortib boradi. Bunday muftalar yuklamalarga nisbatan chidamli bo‘lib, tez
harakatlanuvchan IM lardan hisoblanadi (vaqt doimiysi T=0,005... 0,008 s),
ularning uzatish koeffitsienti K=3500. Bu muftalar konstruktiv tuzilmasiga ko‘ra
g‘altaklarning joylashishi, soni, ishchi yuzasining shakliga, tok o‘tkazgichlarining
ko‘rinishi va boshqa belgilariga ko‘ra farqlanadi