26
o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi.
Harorat
datchiklarining sezgir
elementlari issiqlikga kengayish koeffientsentining maksimal ko‘rsatgichiga ega
bo‘lishi kerak.
Ishlash printsipi jihatdan harorat datchiklari suyuqlik,
bimetallik va
dilatometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga bo‘linadi.
2.5.1.
Suyuqlik datchiklari
Suyuqlik datchiklari -200
0
S dan +750
0
C gacha oralig‘idagi haroratni
o‘lchashda ishlatiladi. Shisha termometrlarning
ishlatish usuli sodda, aniqligi
yetarli darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash printsipi
termometr suyuqligining
hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishi tufayli o‘zgarilishiga asoslangan. Shishali
termometrning suyuqligi sifatida simob, toluol,
etil spirti, efir va boshqalar
ishlatiladi. Suyuqlikli datchiklarning kirish signali harorat o‘zgarilishi t bo‘lib,
chiqish signali kapilyardagi
ustunning balandligi H