U x =kIB/h (2.10) bu yerda:
K - Xoll koeffitsienti, har xil yarim o‘tkazgich materiallar
uchun K= 10
-2
… 9x10
-9
m
3
/A. s
h - plastina qalinligi, m.
B - magnit induktsiyasi, Tl.
I - plastinaga uzatilgan tok, A.
Ushbu datchikalar kirish va chiqish qarshiliklari katta diapazoni,
ixchamligi yuqori darajadagi vibroturg‘unlik va uzoq muddatli xizmat davri
tufayli keng qo‘llanadi.
2.4.3. Sig‘im datchiklari va ularning qo‘llanishi
24
Sig‘im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak
harakatlarni, mexanik kuchlanish, sath va kabilar) sig‘im o‘zgarilishiga
aylantiriladi. Amalda sig‘im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O‘lchaydigan
kattaliklariga qarab sig‘im datchiklari (2.10-rasm) yuzasi o‘zgaruvchan, oraliq
masofasi o‘zgaruvchan va dielektr singdiruvchanligi o‘zgaruvchan turlariga
bo‘linadi.
2.10- rasm. Sig‘im datchiklarining turlari: a-oraliq masofasi o‘zgaruvchan datchiklar, b- yuzasi o‘zgaruvchan datchiklar, v- dielektr singdiruvchanligi o‘zgaruvchan datchiklar. Tekis kondensatorning sig‘imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
C=
0
S/
, (2.11) bu yerda:
0
=8,85
10
-12
F/m - vakuumning dielektr singdiruvchanligi;
-
kondensatorning plastinalararo muhitining dielektr singdiruvchanligi; S -
plastinalarning yuzasi;
- plastinalararo masofa.
Oraliq masofasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, a-rasm) 0,1...0,01 mkm
aniqliqda chiziqli harakatlarni, yuzasi o‘zgaruvchan datchiklar (2.10, b-rasm)
chiziqli va burchak harakatlarni nazoratida va dielektr singdiruvchanligi
o‘zgaruvchan (2.10, v - rasm) namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklarni
o‘lchashda qo‘llaniladi. O‘lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida
sig‘im datchiklari ko‘priksimon sxemalarga ulanadi.
Yuqorida
ko‘rib
chiqilgan printsip asosida sig‘im manometrlari ishlaydi (2.11-rasm).
25
O‘lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2 orqali
qabul qilinadi. Membrana o‘z navbatida plastina 3 bilan kondensatorni hosil
qiladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi.
Bosim
ta’sirida membrana egilib plastinaga yaqinlashadi va kondensatorning sig‘imini
o‘zgartiradi. Shunday qilib kondensator sig‘imi o‘lchanayotgan bosimga
proportsionaldir.