KIRISH………………………………………………………………………...
8
I-BOB. BOZOR MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI SHAROITIDA
ASOSIY FONDLARNING MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI
1.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol
qiymati
ko’rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi,
ishlab chiqarishning moddiy-
buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida
korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy
fondlar ishlab chiqarish
quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir
ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo’jaligi miqyosida asosiy fondlar
mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib,
ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o’zining
natural-moddiy
holatini yo’qotmaydi hamda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga
qismlab o’tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulotga
o’tkazish jarayoni amortzasiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar esa
amortizasiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab
chiqarish va noishlab
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga
ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish
potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
*
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
*
uzatish qurilmalari;
*
quvvat mashinalari va uskunalari;
*
ishchi mashinalar va uskunalar;
*
transport vositalari;
*
o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;