kapital ta’mirlashda
ular to’liq
qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta
kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va
uskunalar, qoidaga ko’ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
O’rtacha ta’mirlash
texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi
va davriyligiga ko’ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi
mablag’, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham
mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o’zida amalga oshirilishi
mumkin.
Korxona
Asosiy fondlarni yaratish
Asosiy fondlarni sotib
olish va shakllantirish
Asosiy fondlarni iste’mol
qilish (foydalanish)
Asosiy fondlar
amortizasiyasi
Asosiy fondlarni qayta tiklash va ularni
qoplash
KIRISH………………………………………………………………………...
21
1
.4-rasm. Korxona asosiy fondlarini qayta ishlab chiqarish
bosqichlari
Joriy ta’mirlashda
asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi,
tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning
foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish majmuasi
rejali-
oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh
mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o’tkazilishini
qayd qilish jurnallari mavjud bo’lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini
o’tkazish tartibi va grafigi belgilab qo’yiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatasiyaga
tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni
yaratish, foydalanish, amortizasiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o’z ichiga
oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi
lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (1.4 -
rasm)
.
Takror ishlab chiqarish siklida asosiy fondlarni yaratish jarayoni
korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi,
mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy fondlarni yaratish bilan shug’ullanuvchi
boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning
qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham
asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni
Ушбу расмни матннинг электрон версияси ор=али слайд шаклида диапроектор орқали намойиш этиш
мумкин. 2-илова
|