|
Elektr energiyani ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo'llaniladi. Bunda generator rotori bug', suv, shamol yoki ichki yonuv dvigateli yordamida aylantiriladi
|
bet | 85/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tElektr energiyani ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo'llaniladi. Bunda generator rotori bug', suv, shamol yoki ichki yonuv dvigateli yordamida aylantiriladi.
Generatorning samaradorligini oshirish uchun stator silindrning ichki devorlariga ko'plab ariqchalar qilinadi va o'tkazgichlar о'rami joylashtiriladi.
Dunyo aholisi, asosan, 50 Hz chastotali asboblardan foydalanadi. Shuning uchun elektrostansiyalarda 50 Hz chastotali elektr energiya ishlab chiqariladi.
Tasvirlangan generator 50 Hz chastotali elektr tokini hosil qilishi uchun rotor qanday chastota bilan aylantirilishi kerakligini hisoblaylik. Statordagi chulg'amlar soni 6 ta bo'lgan hoi uchun rotorning aylanish chastotasini hisoblaymiz:
Demak, mazkur generator yordamida 50 Hz chastotali elektr tokini hosil qilish uchun uning rotori minutiga 500 marta aylantirilishi kerak.
Ichki yonuv dvigateli yordamida elektr tokini hosil qilishda yoqilg'i energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.
Bunday generatorlar kam quvvatli bo'lib, bir nechta xonadonni elektr toki bilan ta'minlab tura oladi, xolos.
Elektrostansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarishda qo'llaniladigan generator statoridagi chulg'amlar soni 10 dan ortiq bo'ladi. Masalan, gidroelek- trostansiyalardagi generatorlar statorida 24 ta chulg'am bo'lib, ularning rotorlari minutiga 125 marta aylanadi va 50 Hz chastotali elektr toki ishlab chiqariladi.
O'zgarmas tok o'tganda o'tkazgich qizigani kabi, o'zgaruvchan tok o'tganda ham o'tkazgich qiziydi.
O'zgaruvchan tokning bu xossasidan elektr isitish asboblarida va cho'g'lanma elektr lampochkalarda foydalaniladi.
O'zgarmas tokdagidek o'tkazgichdan o'zgaruvchan tok o'tganda, o'tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo'ladi.
O'zgaruvchan tok o'tayotganida tok kuchi va kuchlanish noldan maksimal qiymatga uzluksiz davriy ravishda o'zgarib turadi.
O'zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning o'zgarishini ossillografda ko'rish mumkin. U sinusoidal shaklda bo'ladi. O'zgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr tok kuchi va kuchlanishning ta'sir qiymatini qayd qiladi. Ta'sir qiymatini topish uchun tok kuclii yoki kuchlanishning maksimal qiymati
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektr energiyani ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo'llaniladi. Bunda generator rotori bug', suv, shamol yoki ichki yonuv dvigateli yordamida aylantiriladi
|