|
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 84/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tO’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
8-sinf Fizika
Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.
Darsning mavzusi: Induksion tok generatori
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga induksion tok generatori xaqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Generator modelida magnit orasiga chulg'amli ramka o'rnatilgan bo'lib, u o'z o'qi atrofida erkin aylana oladi. Ramkada chulg'amlar uchlari halqalar va cho'tkalar orqali galvanometrga ulangan.
Qo'l bilan ramka aylantirilganda, ramka chulg'amlari magnit kuch chiziqlarini kesib o'tadi va chulg'amlarda induksion tok hosil bo'ladi. Ramka bir marta aylanganda, o'tkazgichda hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishi ham bir marta o'zgaradi. Agar ramka bir sekundda 5 marta aylansa, tokning yo'nalishi ham shu vaqt ichida 5 marta o'zgaradi. Tokning vaqt bo'yicha o'zgarishini ossillograf ekranida ko'rish mumkin. Bunda ekranda kattaligi va yo'nalishi vaqt bo'yicha o'zgaruvchi sinusoidal grafik kuzatiladi. Ossillograf o'zgaruvchan tok hosil bo'lganligini ko'rsatadi.
Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi asbob induksion tok generatori deyiladi.
Amalda qo'llaniladigan tok generatorining tuzilishi murakkabdir. Generator, asosan, stator va rotordan iborat bo'ladi. Stator generatorning qo'zg'almas qismi, rotor esa aylanuvchi qismidir.
Stator maxsus po'lat listlardan yasalgan iclii kovak silindrdan iborat. Silindrning ichki devorlaridagi ariq- chalariga o'tkazgichlar o'rami joylash- tiriladi. Bu o'ramda generator ishla- yotgan vaqtda induksion tok hosil bo'ladi. po'lat silindrning ariqchalariga joylashgan bitta о'ram ko'rsatilgan. Rotor biror tashqi kuch yordamida aylantirilsa, magnit maydon ham u bilan birga aylanadi. Bunda magnit kuch chiziqlari stator chulg'ami o'tkazgichlarini kesib o'tadi va ularda o'zgaruvchan tok hosil bo'ladi.
|
| |