• II.Dars turi
  • Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Vaqt otishi bilan kattaligi va yonalishi davriy ozgaradigan elektr toki ozgaruvchan tok deb ataladi.
  • Ossillograf ozgaruvchan elektr toki tebranishlarining grafik tasvirini korsatib beruvchi asbobdir.
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet82/94
    Sana15.01.2024
    Hajmi7,54 Mb.
    #138030
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94
    Bog'liq
    8-s-f-d-i-t

    Darsning mavzusi: O'zgaruvchan induksion tok
    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga o'zgaruvchan induksion tok xaqida ma’lumot berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza
    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
    IV. Darsning xronologik tuzilishi:



    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi
    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
    3.Yangi mavzuning bayoni:
    Induksion tokni hosil qilish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar induksion tokning yo'nalislii magnit kuch chiziqlarining vaqt bo'yicha o'zgarish yo'nalishiga va o'tkazgich harakatining yo'nalishiga bog'liq ekanini ko'rsatadi.
    Galvanometrga ulangan o'tkazgich taqasimon magnit orasida pastga harakat qilsa, hosil bo'lgan induksion tok bir tomonga, o'tkazgich yuqoriga harakat qilganda esa induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'naladi. Xuddi shuningdek, g'altak icliida magnitni pastga va yuqoriga harakatlantirilganda, g'altak chulg'amlarida hosil bo'ladigan induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'ladi.
    Galvanometrga ulangan o'tkazgichda hosil bo'ladigan induksion tokning yo'nalishini o'ng qo'l qoidasi orqali aniqlash mumkin.
    Agar o'ng qo'lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib ochib, 90° ga kerilgan bosh barmoqni o'tkazgich harakati yo'nalishida tutilsa, yoyilgan to'rt barmoqning yo'nalishi o'tkazgichda hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishini ko'rsatadi.
    Agar galvanometrga ulangan g'altak ichida magnit yuqoriga va pastga navbatma-navbat harakatlantirilsa, g'altak o'ramida yo'nalishini galma-gal o'zgartiruvchi induksion tok vujudga keladi. Buni galvanometr ko'rsatkicliining 0 raqamidan goh o'ng tomonga, goh chap tomonga og'ishiga qarab aniqlash mumkin. O'zgaruvchan induksion tokni to'g'ridan to'g'ri o'zgaruvchan tok deb yuritish mumkin.
    Vaqt o'tishi bilan kattaligi va yo'nalishi davriy o'zgaradigan elektr toki o'zgaruvchan tok deb ataladi.
    Bunday tokni «ossillograf» deb ataluvchi asbob yordamida o'rganish mumkin. Lotincha «ossillo» - tebranaman, «grafo» - yozaman demakdir.
    Ossillograf o'zgaruvchan elektr toki tebranishlarining grafik tasvirini ko'rsatib beruvchi asbobdir.
    Ossillografni g'altakka ulangan galvanometrga parallel ulab, magnitni g'altak ichida vertikal ravishda harakatlantiraylik. Bunda galvanometrning ko'rsatkichi o'ng tomonga og'ganda ossillograf ekranidagi yorug' nuqta yuqoriga, galvanometr ko'rsatkichi chap tomonga og'ganda esa, yorug' nuqta pastga harakatlanadi. G'altak ichidagi magnit yuqoriga-pastga harakatlanislii bilan G'altak ichidagi magnitni 190- rasmda tasvirlangandek prujina orqali shtativga osib qo'yaylik. Magnitni g'altak ichiga to'liq kirgizib, so'ngra qo'yib yuborsak, magnit g'altak icliida erkin tebranma harakat qiladi. Magnitning sekundiga bir necha marta pastga-yuqoriga harakati natijasida hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishi ham shuncha marta o'zgaradi. Bunda ossillografda hosil bo'lgan o'zgaruvchan tokning grafigini kuzatish mumkin.

    Download 7,54 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.