|
21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi
|
bet | 14/36 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 255,5 Kb. | | #125140 |
Bog'liq 21 oktyabr Til bayramiBu sahifa navigatsiya:
- BOLA
21-OKTYaBR
“Ona tilim jonu dilim”
ertalik
Musiqa zali bayramona bezatilgan o’rtada Navoiy surati qo’yilgan. Bolalar tantanali musiqa ostida zalga kirib keladilar va o’z joylarining egallaydilar.
«UZBEKISTON DAVLAT MADXIYaSI»
BOShLOVChI: Assalomu alaykum kadrli mehmonlar aziz bolajonlar. Bugun biz bu yerga «TIL» bayramini o’tkazish uchun to’planganmiz. O’zbekiston Respuplikasi mustaqillik elon qilmasdan oldin ya’ni 1989 yil 1-oktyabrda o’zbek tili davlat tili deb elon qilingan. Shundan buyon xar yili TIL bayramlari o’tkazilib turiladi. Hammangizni ushbu bayram bilan muborak bod etamiz.
BOLA: Ona tilim dono tilim berar menga dunyo bilim.
BOLA: Qayga borsam o’tkir so’zim oyga uchsam oydin yuzim
BOLA: Aqlim oshar baxtim toshar o’zbek tilim dono tilim
BOLA: O’zbek tilim suzi suzim takror qilay sevib o’zim
«O’ZBEKISTON ashulasi».
BOShLOVChI: Bolalar bilasizlarmi o’zbek tili asoschilaridan biri buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xazratlaridir. Ular she’r mulkini sultoni, ulug shoir, davlat arbobi bo’lganlar.
BOLA: O’zbek tilim so’zga boy sizga ayon xoyna-xoy
Bu tilda so’zlaganda bulbullar qilar xanda.
BOLA: Men shu tilda so’zlayman, men shu tilda kuylayman
Navoiyning gazali shirmon nonday mazali.
BOLA: Tilini sotganlarni gunoxga botganlarni
Bo’lding Deya xavoiy kechirmagay Navoiy.
BOLA: Bir aziz bobom bor dunyoda tanxo
Xushtabiat xushqomat muloyim donno
Ko’ngillari kengligi yer ko’ra osmon
Ko’zlari nuroniy oynayi jaxon.
BOLA: Xalqarining g’amini yegan otaxon
Xaqiqat borini degan otaxon
Asrlar taqdirin oldindan bilgan
Adolat uyiga poydevor ko’rgan
BOLA: Ellarga kuyoshday makbul kitobi
Jaxonga nur sochgan «Hamsa» kitobi
So’z bilan jaxonni lol xayron etgan
Odamzod qalbini mudom eritgan.
BOLA: Kuyosh osmonga to’lib Navoiy bobom bo’lib
Ko’rinadi ko’zimga duo berar o’zimga
Shunday desam xolamga sigmay ketib olamga
Dedi ul zod g’azali shirmon nonday mazali.
|
| |