|
21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi
|
bet | 11/36 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 255,5 Kb. | | #125140 |
Bog'liq 21 oktyabr Til bayramiBu sahifa navigatsiya:
- Bola
Lisoniya mamlakati malikasi
21 oktyabr - Davlat tili kuniga
bag’ishlangan teatrlashtirilgan mashg’ulot bayoni
Maqsad: Bolalarda ona tiliga bo’lgan hurmatni
shakllantirish, o’zbek tili - davlat tili
darajasiga ko’tarilganligi, uning chiroyi va
jozibali tomonlari haqida badiiy so’z vosita-
laridan (so’rov va undov gaplaridagi intonasiya)
foydalangan holda tushunchalarni mustaxkamlash.
Lisoniya mamlakati malikasi - tarbiyachi
Doston - bog’cha bolasi
Bola - bola
O’quvchi bola - bola
So’roq-baqaloq - so’roq belgisi
Undov-naynov - undov belgisi
Nuqsonchalar - bolalar
(1-ko’rinish: xonada, o’yinchoqlar o’rtasida Doston xomush bo’lib o’tiribdi, artofida bolalar. O’quvchi kirib keladi)
Bola: Doston, nega indamay o’tiribsan? Gapirsang-chi!?
Tiling ravon, so’zlaganing doston edi-ku?! Nima
bo’ldi, soqov bo’lib qoldingmi?
O’quvchi: Nima bo’ldi? Nima janjal?
Bola: Dostondan xafa bo’lib o’tiribman. Birdaniga
indamas bo’lib qoldi. Tilini yutib yuborganmi
deb qo’rqaman!
O’quvchi: Bilasanmi, Dostonni Lisoniya mamlakatiga olib
borish kerak. U yerda tili chiqib ketadi.
Bola: Lisoniya mamlakati?! U qanday mamlakat ekan?
O’quvchi: “Lison” arabchada “til” ma’nosini bildiradi.
Til mamlakatida dunyodagi barcha tillar vakillari
to’plangan. Dostonga faqat Lisoniya mamlakati
malikasi yordam berishi mumkin.
Bola: Sen bularni qayerdan bilasan? Lisoniya mamlakatini
qanday topamiz?
O’quvchi: Maktabda ustozimiz o’rgatgan. Buning yo’li oson -
“Til bilgan - yo’l topar”. Til haqida 3 ta hikmat
aytishimiz bilan biz Lisoniya mamlakatida
hozir bo’lamiz.
Bola (tomoshabinlarga murojaat qiladi):
Bolalar, yordamingiz kerak - ona tilimiz haqida
hikmatlarni misol qilib keltiring?
|
| |