• Lisoniya malikasi
  • Doston
  • So’roq-baqaloq
  • "Til-millatning ko`zgusi"
  • 21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi




    Download 255,5 Kb.
    bet13/36
    Sana20.12.2023
    Hajmi255,5 Kb.
    #125140
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
    Bog'liq
    21 oktyabr Til bayrami

    Lisoniya malikasi: Aziz, bolajonlar! Ona tili manzili -
    mening qasrimga yetib keldingiz! Nega aynan shu
    manzilni tanladingiz?


    So’roq-baqaloq: Doston gapirmay qo’yibdi. Axir, u o’z ona
    tilini bilmay turib, maktabda qanday o’qiydi?
    Lisoniya malikasi: To’g’ri, Ona tilini bilish kerak. U har bir
    inson ongi va qalbiga ona allasi bilan kiradi.

    (Alla yangraydi)




    Doston: Oyijon! Oyijon, qayerdasiz?
    Undov-naynov: Ana, gapirdi, gapirdi! Barakalla!


    Lisoniya malikasi: Juda yaxshi! Endi, Doston, “ona” so’zi
    bilan qo’shib, iboralar tuzib gapir!
    Doston: Ona tili, Ona Vatan, Ona diyor, Ona yurt.

    (Voy-voylab, Nuqsonchalar qochib ketadilar)




    Lisoniya malikasi: Ana, ko’rdingizmi! Doston chiroyli
    gapirib boshlagan edi - tildagi nuqsonlar yo’qolib
    boraveradi. Bolalar, siz ham mashq qilishni
    to’xtatmang. Harflarni, so’zlarni o’rganing, o’qishdan
    saboq oling. Bugun o’zbek tilimizga – Davlat maqomi
    berilgan. Uni Ona kabi, Vatan kabi e’zozlang.

    (5-ko’rinish: bolalar bayramona she’r va qo’shiq ijro etadilar)




    So’roq-baqaloq: Hikoyamiz oxiriga yetdimi?


    Undov-naynov: Xuddi shunday!


    Lisoniya malikasi: Xayrlashadigan vaqt keldi. Ona tili
    mamlakati eshiklari, sir-sanoatlari sizlar uchun
    doimo ochiq. Bilingki, kelgusida – ona tili
    dunyodagi barcha tillarni o’zlashtirishda sizlarga
    ko’prik bo’lib xizmat qiladi.
    "Til-millatning ko`zgusi"

    Asosiy g`oya


    Ona tiliga e'tiborni, meqr-muxabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga, milliy o`zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o`rgatish. Ona tili millat ma'naviyatining ko`zgusi ekanini e'tirof etish.


    Asosiy g`oyani keng ko`lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to`rida "1991 yil 21 oktyabr' kuni, O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" yozuvi joylashtiriladi. Xona devorlariga til haqidagi maqolalar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O`ng burchakda "Turkiy tillarning shajara daraxti" o`z bezagi bilan saxna ko`rkiga fayz kiritadi. O`quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo`lib joylashadilar. O`rtadagi stol ustida buyuk allomalarimiznig ma'naviy me'rosi bo`lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma-ketlikda joylashtiriladi.


    Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning "Ona" tili she'ri o`qiladi.


    Ona tilim -onajonim tili bu,


    Beshikdanoq singan jonu quloqqa.


    El-yurtim, qonimonim tili bu,


    Qadimlikdan o`xshar ona tuproqqa.


    Bobolardan bizga me'ros ezgu til,


    Avlodlarga xazinayu bebaxo.


    Qalbimizga, ruhimizga ko`zgu til,


    Bu dunyoga bag`ishlaymiz ne daho.


    Yovonlarning cheksizligi,


    Ham samimiy ham hovuri,


    Onjonlar allasidan,


    Ko`z yoshidan, oq sutdan,


    To`g`aylarning tengsizligi,


    Jilg`alarning sho`x hovuri,


    Yigitlarning yallasidan,


    Suluvlarning sukutidan,


    Yo`g`rilgan til-ona tilim.


    Cho`lponlarning qamish bayti,


    Childirmaning darillashi,


    Go`ro`g`lining alp siymosi,


    Alpomishning da'vosidan,


    Tug`ilgan til-ona tilim.


    1-boshlovchi:


    Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi "Til bayrami"ga xush kelibsizlar!


    2-boshlovchi:
    Bayram munosabati bilan barchangizning o`qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Inson go`zalligi , ma'naviyati, buyuk me'rosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e'zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
    1-boshlovchi:
    Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 3mingdan ortiq til mavjud.
    2-boshlovchi:
    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta'minlaydi.Asosiy qonunning 4-moddasida O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta'kidlangan.

    (Shundan so`ng, saxna bo`sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi paydo bo`ladi.)


    Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o`z yurtiga fidoiy, mard paxlavonlarim. Sizlar o`z ona tilimizni doimo asrab avaylanglar.O`z tilimizning qatorida qardosh, chet tillarni ham o`rganib, xurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o`rinli va unumli foydalanishga xarakat qiling, go`zalligini namoish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomila madaniyatingizda namoyon bo`ladi. "Yaxshi so`z-jon ozig`i", "Bir ko`ngil imorati-ming Makka ziyorati" deganlaridek, shirinsuxan bo`lib, millatning fahri, g`ururi bo`lib yashanglar.


    Saxnaga yana boshlovchilar chiqishadi.


    1-boshlovchi:
    Munis onadon, har bir so`zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o`zingiz bu tuyg`uni, mehrni allangiz ila ko`nglimizga jo aylagansiz.
    2-boshlovchi:
    Tilimizning barqarorligi o`zga tillar hamjixatligidadir. Bugun 20 dan ortiq tillar oilasi mavjud. Endi e'tiboringizni ona tilimiz tarixiga qaratsak.
    O`quvchilar sahnadagi "Shajara daraxti"ga bog`langan turli lentalarni qo`llarida qilpilatadilar. Lentalarga turkiy tillar oilasiga mansub o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, tatar, qoraqalpoq kabi so`zlar yozilgan.
    Oqang taraladi.
    1-o`quvchi:
    Keling, birgalikda bugun tilimizning tarixini, qudratini, madxini kuylaylik.
    2-o`quvchi:
    Bu azim daraxtning ildizi shunchalik mustaxkamki, har bir bo`g`inida buyuk kutubxona mavjud
    3-o`quvchi:
    Bunda Rabg`uziy "Qissasi Rabg`uziy" asari ila o`z hikoyatlarini yaratadi.
    4-o`quvchi:
    Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilig" asari, Mahmud Qashqariy "Devonu lug`otit turk" asari ila til tarihidan so`zladi.
    5-o`quvchi:
    Alisher Navoiy turk tilida "Xazoyinul maoniy" dek bebaho va "Xamsa"dek shoh asarni yaratib, so`z mulkining sultoni bo`ldi.
    6-o`quvchi:
    Zahiriddin Muhammad Bobur o`zining betakror "Boburnoma" asari orqali xalq tarihidan so`zlaydi.
    7-o`quvchi:
    Farobiy fozillar shahrini kitobda qurdi.
    8-o`quvchi:
    Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz tilimizning qudrati ila ezgulikdan so`zlaydi, buning barobarida jamiyat yuksaldi. Til tarihini so`zlovchilar sahnadan musiqa sadolari bilan kuzatiladi.
    1-boshlovchi:
    Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o`zbek shoirlari va adiblari o`z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O`zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o`qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
    2-boshlovchi:
    Tilning buyukligi ana shundaki, kishilarning ma'naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.
    1-boshlovchi:
    Har bir tilning poydevori
    Yozuv harflardir azal.
    So`z tuzadi, ular so`zga
    Ma'no berar galma-gal.
    2-boshlovchi:
    Keling, navbatni "Til mushoirasi"ga beramiz. Bunda biz ona tili saboqlarini "Fonetika", "Morfologiya", "Sintaksis" guruhlaridan tinglaymiz.
    Nomlari alohida qayd etilgan holda, sahnada uch guruhda besh nafardan o`quvchi chiqadi. Har bir guruh she'riy ta'rif beradi.
    "Fonetika" guruhi:
    1-o`quvchi:
    Bobolardan qolgan ezgu til,
    Yozuvi buyukdir buni yaxshi bil.
    Tovushlarda aks etadi,
    Qalam buni bayon etadi.
    2-o`quvchi:
    Tovushlarni ta'rif etay,
    Ular tilning gavxari.
    Shu boisdan alifbodan
    Joy olishgandir bari.
    3-o`quvchi:
    Oltovmiz biz, unutmang,
    Bizda bor faqat ovoz.
    O va a bizga qondosh,
    I va ye esa safdosh,
    U va o` g`am bor yana,

    Barimiz so`zda bosh-qosh.


    4-o`quvchi:
    Yigirma uch qarindosh,
    Deyishar bizni undosh,
    Ovoz-shovqin raqs tushsak,
    Quvnaymiz bo`lib qardosh.
    5-o`quvchi:
    Tutuq belgisi bo`lsam-da,
    So`zda mening o`rnim bor.
    Jur'at, Sur'at, Sa'dulla,
    Yoddan chiqarmang zinhor.
    "Morfologiya" guruhi:
    1-o`quvchi:
    Jonivorga almashtirmang,
    So`roqlarim "Kim?", "Nima?",
    "Qayer?" ham menga tobe,
    So`z turkum sardori "Ot"man.
    2-o`quvchi:
    So`ylang, qay so`z turkumi
    Tovlanadi rang-barang.
    Zavq berar darajam ham,
    Deyishar "qanday?" "Sifat".
    3-o`quvchi:
    Hammani bir-bir terib,
    Hayron qildim hammani,
    Hammani sanab "Nechta?",
    Ardoqlab "Son" der meni.
    4-o`quvchi:
    Nima almashib kelar,
    Ot, sifat, son o`rnida?
    So`roq qilib, belgilab,
    Toki ko`rsatib tursam,
    Der, "Olmosh" o`z o`rnida.
    5-o`quvchi:
    Ovoz beramiz, ish bor joydan,
    O`rtog`im belgini bildirar,
    So`roqlaridir "qanday?", "qaysi?",
    O`zimni hech so`ramang asli,
    Doim harakatda bo`laman.
    "Fe'l" bo`lib, ishga yuguraman.
    "Sintaksis" guruhi:
    1-o`quvchi:
    O`zim gapning egasiman, egasi,
    Hech bo`lakka bo`ysinmas xokimman,
    Men ne desam kesim darhol ko`najak,
    "Qayer?", "Nima?", "Kim?" deb
    So`roqlab qolaman.
    2-o`quvchi:
    Ega nima buyursa, men shunga tayyor,
    Shaxs, sonda va zamonda mosligim bor.
    Askariyat fe'ldan hosil bo`lib doim,
    Olmosh, otdan, sifat, sondan ifodam bor.
    3-o`quvchi:
    To`ldiruvchi derlar asli otimni,
    Men ikkinchi darajali bo`lakman.
    Kesimjonning orqasidan ergashib,
    Ma'nosini to`ldirgani kerakman.
    4-o`quvchi:
    Gapda otga bog`langanman doim,
    "Qanday?", "Qaysi?", kabi so`roqlarim bor.
    Ismimni der, erkalab "Aniqlovchi",
    Ega, kelishikda o`rtoqdarim ko`p.
    5-o`quvchi:
    Ega bilan ishim yo`q, kesimning oshnasiman,
    Ish- harakatning "qachon?", "qanday?" yoki "qaerda?".
    Menga kesim bo`lsa bas, laxzada ishim bitar,
    Ikkinchi darajali bo`lak, ismimni "hol" deyishar.

    Hamma birgalikda jo`r bo`lib, quyidagi she'r bilan kechani yakunlashadi.


    Bobolardan bizga me'ros ezgu til!
    Barcha qonuniyatin ardoqlab doim,
    Ma'naviy me'rosni asragaymiz bil.
    Qalbimizga, jonimizga ko`zgu til.
    1-boshlovchi:
    Ona tilim, o`zingdirsan elni opichlab,
    Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo.
    Ona tilim, o`zingdirsan yillab asrab,
    O`zbek elin Istiqlolga yo`llagan daho.
    2-boshlovchi:
    "Til bayrami" barchangizga xush kayfiyat bag`ishlagan bo`lsa, minnatdormiz.
    Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san,
    Ona tilim, suyuklikda Erami bog`san.
    Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir targ`iboti namunaviy bo`lib, har bir ta'lim muassasasi ma'sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.

    Download 255,5 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




    Download 255,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    21-oktyabr “Ona tilim jonu dilim” ertalik “Til-millat ko’zgusi” Tadbir senariysi

    Download 255,5 Kb.