|
Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi
|
bet | 4/92 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #126609 |
Bog'liq PQ-59 16.02.2023Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Transport vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlash.
|
Ikki hafta muddatda
|
Transport vazirligi
(I. Maxkamov)
|
4.
|
Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarga hamda avtobuslarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalarini o‘rnatish, fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari to‘g‘risidagi foto yoki video materiallarni mobil ilova (platforma) orqali yuborish imkoniyatini yaratish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va kiritish. Bunda, mobil ilova (platforma) orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarimalar quyidagicha taqsimlanishini ko‘zda tutish:
a) fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan qayd etilganda:
20 foiz — mobil ilova (platforma) orqali yo‘l harakati qoidabuzarligini qayd etuvchiga;
20 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
60 foiz — Davlat budjetiga;
b) yo‘nalishli shahar avtobuslarga hamda alohida ajratilgan yo‘laklarga o‘rnatilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari orqali qayd etilganda:
30 foiz — tashuvchiga yoki foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalarini o‘rnatgan shaxslarga;
20 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
50 foiz — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalariga.
|
Ikki oy muddatda
|
Ichki ishlar vazirligi
(B. Abdullayev),
Transport vazirligi
(I. Maxkamov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov)
|
5.
|
Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga berish tartibini ishlab chiqish.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va kiritish:
Toshkent shahrida maxsus tashkil qilingan davlat muassasasiga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratgan holda ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan berish;
ko‘p qavatli avtoturargohlarni o‘z tannarxining 10 foiz miqdorida boshlang‘ich qiymatida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish imkoniyatini taqdim etish;
mazkur joylar qurilishini moliyalashtirish respublika va mahalliy budjetlari daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismidan teng ulushlarda amalga oshirish;
birinchi bosqichda avtotransportlar oqimi to‘planuvchi manzillarda kamida 4 ta ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish joylarini tanlash.
|
Bir oy muddatda
|
Toshkent shahri hokimligi
(B. Raxmonov),
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
(B. Zokirov),
Transport vazirligi
(I. Maxkamov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
|
6.
|
Toshkent shahri uchun Xitoy ishlab chiqaruvchilaridan jami
|
|
| |