• Toshkent
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida




    Download 79 Kb.
    Sana23.12.2019
    Hajmi79 Kb.
    #4653
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 5 apreldagi PF-5400-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
    Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va chegaralari daxlsizligini, shuningdek, boshqa milliy manfaatlarini himoya qilishni siyosiy-diplomatik va xalqaro-huquqiy vositalar orqali ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, xalqaro hamkorlikning milliy manfaatlarga daxldor masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini, shu jumladan, o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali muvofiqlashtirish;
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, milliy tovarlar va xizmatlarni jahon bozorlarida targ‘ib etish hamda mamlakatga sayyohlar oqimining ko‘payishi uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlar yaratish; tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy sheriklarning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini, ular bilan o‘zaro hamkorlikning darajasi va ko‘lami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini inobatga olgan holda tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish; O‘zbekistonning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, mintaqaviy va global taraqqiyotning muhim masalalari bo‘yicha mamlakatning nuqtai nazari va yondashuvlarini ilgari surish; xalqaro munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini tizimli tahlil qilish, yuzaga kelayotgan jahon siyosiy-iqtisodiy jarayonlar dinamikasidan va xavfsizlik sohasidagi vaziyatdan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy manfaatlariga potensial xavflarni prognoz qilish va aniqlash, shuningdek, ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatning ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatidagi ijobiy imidjini shakllantirish va saqlash; O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida xolis axborotni har tomonlama yetkazish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda faol axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish; xorijda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini diplomatik va xalqaro-huquqiy vositalar orqali himoya qilish; xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan samarali aloqalar va muloqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, chet davlatlardagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish; diplomatik kadrlarni kasbiy tayyorlashni, shuningdek, vazirlik tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 256 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shiladigan ustamalar miqdorlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq; Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    1 — 8-ilovalar rus tilida berilgan. 3.
    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
    Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: savdo, investitsiya va turizm sohalarida mintaqalararo hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining mamlakat tegishli hududlariga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; mamlakat hududida jismoniy va yuridik shaxslarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish; mahalliy davlat hokimiyati organlariga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali mansabdor shaxslari ishtirokidagi xalqaro ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash hamda o‘tkazishda ko‘maklashish. 4. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga: zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va tasarrufidagi idoraviy tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasini joriy yilning 1 fevraliga qadar tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining moddama-modda normativ bo‘yicha xarajatlar asosida ishlab chiqilgan yillik xarajatlar smetasini joriy yilning 15 fevraliga qadar tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining lavozim maoshiga ularning ish hajmi hamda samaradorligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 200 foizgacha har oylik ustamalar belgilash huquqi berilsin. 5. 2018 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari Yagona tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga oshirilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, shuningdek, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatiga mutasaddilik qiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori hisoblanadi; tashqi ishlar vazirining maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ommaviy diplomatiya masalalari bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi hamda Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi — rasmiy vakili vazifalarini bajaradi. 7. Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati natijadorligini baholash vazirlik rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari tomonidan ustuvor tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy vazifalar bajarilishining samaradorligi mezonlari asosida amalga oshirilishi belgilansin. Vazir zimmasiga — O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini izchil mustahkamlash, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda milliy manfaatlarni ilgari surish bo‘yicha prognoz baholarini va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish orqali tizimli axborot-tahlil ishlarini ta’minlash yuzasidan; vazirning birinchi o‘rinbosari zimmasiga — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha samarali idoralararo aloqalarni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalarning, kengashlarning) O‘zbekiston qismi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan tashqi iqtisodiy sohada qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan; vazirning ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga — xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, yuqori hamda oliy darajadagi tashriflarni puxta tayyorlash va natijali o‘tkazish, amaliy ahamiyat kasb etuvchi kelishuvlarga erishish, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik rejalarining («yo‘l xaritalari»ning) o‘z vaqtida hamda to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan; vazirning ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga — xalqaro tashkilotlar va formatlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, mamlakatning mintaqaviy va global taraqqiyotning muhim masalalari bo‘yicha xalqaro tashabbuslari, nuqtai nazari va yondashuvlarini ilgari surish, yuqori malakali diplomatik kadrlarni samarali tayyorlash, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan; vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari zimmasiga — konsullik xizmatlari ko‘rsatilishining sifati va tezkorligini ta’minlash, xorijda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’sirchan himoya qilish, ularning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish, vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyatini samarali amalga oshirish yuzasidan; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari zimmasiga — xorijiy sheriklar bilan har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, tasdiqlangan «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirishning natijadorligi, mamlakatning tashqi siyosiy hamda savdo-iqtisodiy manfaatlarini diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar orqali ilgari surishni ta’minlash, o‘zi ishlab turgan davlatdan investitsiyalar va sayyohlar oqimini jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xorijdagi vatandoshlar bilan o‘zaro manzilli hamkorlik qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 8. Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tashqi siyosiy idora, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tizimida ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: Tashqi ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minot vositalari bilan mustahkamlash, axborot tarmoqlarini modernizatsiyalash, axborot xavfsizligini mustahkamlash;
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    O‘zbekiston Respublikasi xorijdagi muassasalarining ishlab turilgan mamlakat bilan faol va tizimli ish olib borish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni monitoring qilishning axborot tizimini joriy etish; himoyalangan videokonferensaloqa tizimini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni, ularning amalga oshirilishini inventarizatsiya va monitoring qilishni yagona hisobga olish elektron ma’lumotlar bazasini yaratish; veb-saytlarni, konsullik xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga o‘tkazish; Tashqi ishlar vazirligining Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center)ni zamonaviy asbob-uskunalar va aloqa texnika vositalari bilan jihozlash, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash yagona elektron tizimini va zarur dasturiy ta’minotlarni yaratish;
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Internet tarmog‘i, shu jumladan, ijtimoiy platformalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishni nazarda tutadigan «raqamli diplomatiya»ning qo‘llanilishini kengaytirish. 9. Belgilab qo‘yilsinki: mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; Tashqi ishlar vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 100 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha oylik ustama to‘lanadi. 10. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari: chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘z faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirib borilishini; xalqaro shartnomalar loyihalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga kiritilishini ta’minlasin. 11. Belgilab qo‘yilsinki: 2018 yil 1 maydan boshlab konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yig‘imlaridan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga — 70 foiz, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga — 30 foiz nisbatida taqsimlanadi;
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan faqat diplomatik xizmat organlarining vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun foydalaniladi; 2019 yil 1 yanvardan boshlab Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalaridagi konsul lavozimlariga ishga qabul qilish, asosan, chet tillarini biladigan va oliy yuridik ma’lumotga, shu jumladan, qonun ustuvorligi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar tarkibidan amalga oshiriladi; Tarjimonlar byurosini xodimlar bilan to‘ldirish yuqori malakali tarjimonlar, shu jumladan, gid-tarjimonlar tarkibidan amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda: a) vazirlik tarkibiy tarmoqlari to‘g‘risidagi nizomlarni va markaziy apparat xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; b) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasini, eng avvalo, oliy iqtisodiy ma’lumotga va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar tarkibidan to‘ldirsin; v) Moliya vazirligi bilan birgalikda moddiy rag‘batlantirishning aniq mezonlarini belgilagan holda Tashqi ishlar vazirligi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritsin: budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarini moliyalashtirish bo‘yicha moddama-modda normativlarni tasdiqlash; xorijda favqulodda vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish mezonlari, shart-sharoitlari va mexanizmini belgilash. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilida joylashtirilib, fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatiladigan Toshkent shahar, I.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Mustaqillik maydoni - Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan.
    Karimov ko‘chasi, 11-uy manzilidagi bino uning ixtiyorida qoldirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi ishlar vazirligi Qabullar uyini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Toshkent shahar hokimligi: Qabullar uyining manfaatdor vazirlik va idoralar murojaatlariga binoan xorijiy sheriklar bilan rasmiy tadbirlar hamda muzokaralar o‘tkazish uchun taqdim qilinishini; Qabullar uyi, shuningdek, unga tutash hududning saqlanishi, samarali va qat’iy maqsadlarda foydalanilishini ta’minlasin. 15. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 16. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari to‘g‘risida»gi 1994 yil 16 martdagi 140-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018 yil 5 aprel, PQ-3654-son (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 071836541024-son)

    Download 79 Kb.




    Download 79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

    Download 79 Kb.