|
1. Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
|
bet | 2/92 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #126609 |
Bog'liq PQ-59 16.02.20232023-yil 1-martgacha — Toshkent shahrida;
2023-yil 1-avgustgacha — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024-yil 1-iyungacha — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ta’minlasin;
b) muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimining bosqichma-bosqich ishga tushirilishini:
2023-yil 15-apreldan boshlab — Toshkent shahrida;
2024-yil 1-yanvardan boshlab — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024-yil 1-iyundan boshlab — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ta’minlasin;
v) muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etish doirasida mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan muddatlardan kamida ikki oy oldin:
tender savdolariga chiqariladigan har bir yo‘nalishning boshlang‘ich qiymatini aniqlasin hamda elektron tenderlarni o‘z muddatida o‘tkazilishini;
Davlat budjeti hisobidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisob-kitoblar asosida shakllantirilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha avtobusda yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi uchun zarur mablag‘lar 2023-yilda respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratiladi, 2024-yildan boshlab mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Quyidagilar:
2023-yil 15-apreldan boshlab Toshkent shahrida;
2024-yil 1-yanvardan boshlab Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024-yil 1-iyundan boshlab Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida avtobus yo‘nalishlarini tashuvchilarga mazkur qarorda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda biriktirish taqiqlansin.
5. Jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llaniladi;
yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etiladi;
yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi mazkur banddan kelib chiqqan holda yangi tariflarni ishlab chiqib, xalq deputatlari shahar Kengashida va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazsin hamda 2023-yil 1-apreldan boshlab amaliyotga joriy etsin.
6. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari maxsus jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari etib belgilansin:
yo‘nalishlardagi avtobuslarda o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summalarining 50 foizi;
yo‘nalishlardagi avtobuslarda reklama joylashtirishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlariga reklama joylashtirishdan tushadigan tushumlarning bir qismi;
muntazam yo‘nalishlarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga hamda ularni chiptasiz tashigan tashuvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llanilgan jarima to‘lovlarining 100 foizi;
shahar ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylaridan foydalanganlik uchun tushumning davlat sherigiga o‘tkaziladigan qismi.
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilsin:
vakolatli organlar va tashuvchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshirish tartibini;
avtobus yo‘nalishlarini ochish, yopish va o‘zgartirish tartibotlarini takomillashtirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirishni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalarini shakllantirish manbalari va mablag‘lardan foydalanish tartibini.
8. Quyidagilar:
Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflarda yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” 2 — 15-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
9. Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zmilliybank” AJ hamda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining yirik avtobus ishlab chiqaruvchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida:
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJning mazkur bandda ko‘zda tutilgan avtobus va elektrobuslarni Xitoy Xalq Respublikasi avtobus ishlab chiqaruvchilaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Toshkent shahri uchun xarid qilinayotgan avtobuslar bo‘yicha tuziladigan import shartnomalarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
15 foizi “O‘zmilliybank” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan 2023-yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha bankning kutilayotgan sof foydasini to‘liq bank kapitaliga yo‘naltirish orqali ajratiladigan kreditlar;
85 foizi xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan davlat kafolati ostida ajratiladigan kreditlar.
Bunda, “Toshshahartransxizmat” AJga bank kreditlari xitoy yuanida 1 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga yillik 6,07 foiz stavkada ajratiladi.
11. “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Toshkent shahri uchun xarid qilinayotgan avtobuslar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar kreditlar ajratilishiga ruxsat berilsin. Bunda:
istisno tariqasida, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini hisoblashda iqtisodiy normativlar tatbiq etilmaydi;
jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizlar, vositachilik to‘lovlari, kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa barcha xarajatlar 2024-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, 2024-yildan boshlab tashuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
12. Nukus shahri va viloyat markazlari uchun avtobuslar xaridini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
15 foizi yo‘lovchi tashuvchi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan oldindan bo‘nak to‘lovlari;
85 foizi xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan davlat kafolati ostida ajratiladigan kreditlar.
Bunda, tashuvchilarga bank kreditlari xitoy yuanida 1 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga yillik 6,07 foiz stavkada ajratiladi.
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan avtobuslar xaridi uchun jalb qilinadigan kredit liniyalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar foydasiga davlat kafolatini rasmiylashtirsin;
tuziladigan kredit shartnomalari yuzasidan ta’minot sifatida “Toshshahartransxizmat” AJ majburiyatlari bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ foydasiga tasdiq xati taqdim etsin.
14. Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshshahartransxizmat” AJning avtobus saroylarini ularning faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va xizmat ko‘rsatuvchi avtobus yo‘nalishlarini brutto-shartnomalariga o‘tkazishni ta’minlash uchun “O‘zmilliybank” AJ, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” AJga biriktirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Avtobuslar va elektrobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish, yuvib-tozalash va ta’mirlash uchun ishlatiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga muvofiq olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar, avtobus ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlar va materiallar 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
15. Transport vazirligi:
bir oy muddatda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tizim bo‘yicha o‘qitish ishlarini tashkil etish maqsadida Toshkent davlat transport universitetida ilg‘or mutaxassislarni jalb qilgan holda, vakolatli organlar, tashuvchilar, yo‘lovchi tashishni tashkil etishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar xodimlari uchun muntazam o‘quv kurslarini tashkil etsin;
ikki hafta muddatda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tizimni samarali tashkil etish maqsadida xorijiy ekspertlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilsin. Bunda, ekspertlarni jalb qilish va ularning xizmatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar viloyatlardan keladigan transportlarni inobatga olgan holda barcha transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi oqimini o‘rganish, transportga bo‘lgan talabni aniqlash hamda ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish orqali Toshkent shahri uchun ishlab chiqilgan yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini takomillashtirsin.
Toshkent shahar hokimi v.b. B. Raxmonov mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirni amalga oshirish uchun mablag‘larning 2023-yil 1-martga qadar Toshkent shahar mahalliy budjetining 2022-yil IV choragidagi qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilishini ta’minlasin.
16. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya:
ikki oy muddatda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan tasmalar va avtobuslarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalarini o‘rnatish, fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni mobil ilova orqali yuborish imkoniyatini yaratish, ularni huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
doimiy ravishda jamoat transporti harakatlanadigan yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini, jamoat transporti ustuvorligini, jamoat transporti uchun ajratilgan tasmalar va bekatlarning boshqa transport vositalaridan xoli bo‘lishini ta’minlasin.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus tashkil qilinadigan davlat muassasasiga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratgan holda Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotish amaliyotini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish bo‘yicha mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Transport vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyat markazlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlasin.
19. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari va ekspertlarni jalb qilgan holda:
a) aholi orasida:
yangi tashkil etiladigan jamoat transporti yo‘nalishlarining afzalligi, qulayligi, tezkorligi hamda muntazamligi;
jamoat transportida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishning hamda tabaqalashtirilgan tariflarning afzalliklari va qulayliklari;
jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlari amalga oshirilishini nazorat qiluvchi nazoratchilar guruhi faoliyati tashkil qilinayotganligi keng yoritilishini ta’minlasin;
b) tadbirkorlik subyektlari orasida “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda jamoat transporti faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi jozibadorligi va kafolatlangan biznesga aylanayotganligi yuzasidan brifinglar o‘tkazsin.
20. Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) yil yakuniga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes jarayonlarini takomillashtirish, jamiyat faoliyatini raqamlashtirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha;
b) ikki oy muddatda:
jamoat transporti infratuzilmasi obyektlarini, xususan avtovokzallar va avtostansiyalarni qurish hamda ularni ekspluatatsiya qilishga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan;
xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda avtobus yo‘nalishlarini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron tender jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha;
v) bir hafta muddatda shahar jamoat transportiga mo‘ljallangan avtobuslarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha;
g) uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-fevral,
PQ-59-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qaroriga
1-ILOVA
Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflarda yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
|
| |