322
IV-MODUL UCHUN AMALIY VA TAJRIBA MASHG`ULOTLARI
AMALIY MASHG`ULOT №10
Analogli elektronika
Mashg`ulot maqsadi: «Arduino Uno» mikrokontroller qurilmasining KIM
(keng impulsli modulyatsiya) chiqish portidagi signallarni uzluksiz o`zgarish
boshqarish tizimi ko`nikmalarini shakllantirish.
Amaliy mashg`ulotni bajarish davomida talabalar
printsipial elektron
sxemasini tuzilishini o`rganadi;
Arduino UNO mikrokontrolleri bazasida dasturiy
ta`minoti ishlab chiqiladi.
Amaliy mashg`ulotini bajarish mobaynida kerakli jihozlar: Arduino UNO
mikrokontrolleri, maket
Breadboard, o`tkazgichlar,
tranzistor, diod, rezistor,
kondensator, multimetr.
Qisqa nazariy ma`lumotlar
Tranzistor (ing.
transfer – ko`chirmoq va
rezistor) —
elektr tebranishlarni
kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va o`zgartirish uchun mo`ljallangan 3
elektrodli yarimo`tkazgich asbob. Mikroelektronika qurilmalarining asosiy
elementi. Amerika olimlari J. Bardin, U. Bratteyn va U. Shokli 1948
yilda ixtiro
qilishgan. Tuzilishi va tokni boshqarish mexanizmiga ko`ra, 2 ta katta sinfga:
bipolyar va unipolyar sinflarga bo`linadi. Tranzistorlar kichik quvvatli va kam
shovqinli;
impulsli; past, yuqori va o`ta yuqori chastotali;
foto tranzistorlar
(yorug'lik signallarini elektr signallariga o`zgartiruvchi) va boshqa turlarga
bo`linadi.
Tranzistorlar, asosan, germaniy, kremniy
va boshqa monokristall
yarimo`tkazgich materiallardan yasaladi.