|
Wertskala/Wertsachen (qiymati/qimmatbaho narsalar)
| bet | 23/52 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #260880 |
Bog'liq Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchWertskala/Wertsachen (qiymati/qimmatbaho narsalar): Qiymat turkumiga kiruvchi mavjud juft soʻzlar, yaʻni bunda narsa yoki predmetning moddiy qiymati nazarda tutiladi: Gold und Silber (oltin va kumush), Kunst und Gewerbe (saʻnat va hunarmandchilik), Stadt und Land (shahar va qishloq). Mustasno xolatlar: Teller und Silber (plastinka va kumush), Stahl und Eisen/Eisen und Stahl (temir-tersak).
Mündlich – schriftlich (ogʻzaki va yozma) ogʻzaki va yozma tushunchalar orqali yuzaga kelgan juft soʻzlar, nemis, rus va ingliz tillarida koʻp uchraydi: (in) Rede und Schrift (nutq va yozuv (da), (in) Wort und Schrift (soʻz va yozuv(da).
Ursache–Wirkung (sabab-oqibat) Sabab, taalluqlilik va rivojlanish mezonlari asosida paydo boʻlgan juft soʻzlar: Forschung und Entwicklung (tadqiqot va ishlab chiqarish), Sieg und Ruhm (gʻalaba va shon-sharaf).
Anfang–Ende (boshi va oxiri) nimaningdir boshlanishi va tugallanishida ishlatilishi mumkin boʻlgan juft soʻzlar, asosan nemis va rus tillarida uchraydi, oʻzbek tilida faqatgina boshidan oxirigicha misoli mavjud. Nemis tilida quyidagilar: Alpha und Omega, Anfang und Ende (boshi va ohiri).
Bejaht –verneint (ha-yoʻq) qandaydir voqea-hodisani maʻqullash yoki inkor etish maʻnosida ishlatiladigan juft soʻzlar. Masalan: alles und nichts (barchasi yoki hech biri), Fug und Unfug (ahmoqlik va bemaʻnilik), jetzt oder nie (hozir yoki hech qachon), überall und nirgends (u yyerda bu yyerda, hamma yyerda- hech qayyerda).
Steigerung/Natur/Charakter (darajalanish/tabiat/xarakter): bu turkumda darajalanish, tabiat hamda inson yoki biror bir narsaga xarakterli boʻlgan juft soʻzlar tushuniladi: Angst und Schrecken (qoʻrquv-dahshat), kalt und frostig (qahraton sovuq), Wissen und Weisheit (bilim va hikmat), Wut und Hass (gʻazab va nafrat).
|
| |