|
Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
|
bet | 19/52 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #260880 |
Bog'liq Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchSifatlarda:
[r]ank und [schlank → [schl]ank und [r]ank
[w]eit und [br]eit → [br]eit und [w]eit
k[u]rz und g[u:]t → g[u:]t und k[u]rz
fr[a]nk und fr[ei] → fr[ei] und fr[a]nk
Otlarda:
[S]aus und [Br]aus → [Br]aus und [S]aus
[S]aft und [Kr]aft → [Kr]aft und [S]aft
[L]ug und [Tr]ug → [Tr]ug und [L]ug
[S]ack und [P]ack → [P]ack und [S]ack
[R]at und [T]at → [T]at und [R]at
[H]andel und [W]andel → [W]andel und [H]andel
Bundan tashqari nemis tilida juft soʻzlarning strukturasida muhim jihatlardan yana biri bu autosemantisches Element va synsemantische Komponente (autosemantik komponent va sinsemantik komponent)ga qarab tasnif etilishidir. Bu nemis tilida juft soʻzlarni oʻrgangan tilshunos olim H. Palm tomonidan ilgari surilgan va unga koʻra ularni quyidagicha izohlash mumkin:
– As+Ss+As Masalan: Schritt für Schritt (boshidan-oxirigacha);
– Ss+As+Ss+As Masalan: weder Fisch noch Fleisch (na u yoqli na bu yoqli);
– As+As Masalan: landauf, landab (sayri-sayohat (mamlakat boʻylab));
– As+As+As Masalan: geschehen ist geschehen.62
Yaʻni juft soʻzlarning qaysidir tarkibi strukturaviy jihatdan muhim boʻlsa-da, ammo katta ahamiyatga ega emas. Masalan, weder Fisch noch Fleisch bu yyerda birinchi soʻz weder- u maʻno berishiga qaramasdan juft soʻz tarkibda juda kichik rol oʻynaydi. Shuning uchun synsemantische Komponent deb yuritiladi va „Ss“ belgisini oladi. Ikkinchi soʻz bu Fisch va u ushbu tarkibda asosiy maʻnoni anglatayotgan birinchi obyekt sifatida autosemantisches Element hisoblanadi va biz uni „As” belgisi bilan belgilaymiz. Xuddi shu kabi noch ham „Ss“ komponent boʻlsa, Fleisch „As” elementdir. Shunday qilib, weder Fisch noch Fleisch juft soʻzidan quyidagi formula tashkil topadi.
→ Ss+As+Ss+As.
Nemis tilidagi oʻziga xosliklardan yana biri bu artikllardir. Artikllar juft soʻzlarning boshqa soʻzlar bilan bogʻlanishida koʻzga tashlanadi.
Quyida fix und fertig, klipp und klar, null und nichtig, wirklich und wahrhaftig va eine oder andere misollarini koʻrib chiqamiz:
ein [fix(*es) und fertiges] Buch;
der [fix(*e) und fertige] Konrad;
eine [klipp(*e) und klare] Stellungnahme;
eine [null(*e) und nichtige] Theorie;
ein [wirklich(*es) und wahrhaftiges] Problem;
auf die [ein(*e) oder andere] Weise.
Bundan tashqari, juft soʻzlar frazeologik birliklarni shakllantirishning samarali modellaridan biridir. I.Chernisheva juft soʻzlarning mahsuldorligi aniq tuzilma tiplari asosidagi faol frazeologik derivatsiya bilan tasdiqlanishini koʻrsatadi. U juft soʻzlar 5 asosiy modelini aniqlaydi:
[Präp] + S + Konj + S;
S + Präp + S;
Adj [Part] + Konj + Adj [Part];
Adv + Konj + Adv;
V + Konj + V;
I.Olshanskiy juft sifatlar va ravishdoshlar orasida 8 tuzilmaviy tiplarni (shundan 6 tasi mahsuldordir), juft feʻllar esa 4 tuzilmaviy tipga ega ekanligini taʻkidlaydi. U juft soʻzlarni shakllantirish jarayonida soʻz turkumining qolgan qismlarini mahsuldor emas, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, nemis tilida mavjud juft soʻzlardagi aniqlik (Konkretum) hamda mavhumlik (Abstraktum)ga qarab ham strukturaviy tahlil qilinadi Masalan:
– Konkretum + Konkretum (aniqlik+aniqlik);
– Abstraktum +Abstraktum (mavhumlik+mavhumlik). M: Lob und Tadel (tanqid va maqtov);
– Konkretum + Abstraktum (aniqlik+ mavhumlik). M: von Luft und Liebe leben (non-suvsiz ham toʻq yurmoq (ovqat emaydigan kishilarga nisbatan));
– Anthroponyme (antroponimlar). M: bei Adam und Eva anfangen (Odam Ato va Momo Xavo), von Pontius bis Pilatus laufen (oʻzini oʻqqa-choʻqqa oʻrmoq);
– Zoonyme (hayvon nomlari);
– Toponyme (toponimlar);
– Chrematonyme (xromatonimlar);
– Partizip II (sifatdosh II). M: geschehen ist geschehen, geputzt und gestriegelt auf (yasan-tusan qilgan);
– durch finite Verbformen (cheklangan feьl shakllari orqali). M: belegt: sage und schreibe (roʻy-rosti; bor haqiqat shu maʻnosida);
– Präposition (predloglar). M: Für und Wider (foyda va zarar: plus-minus tomonlari, kamchilik va afzalliklari);
– Konjunktion (bogʻlovchilar). M: kein Wenn und Aber (lekin-pekini yoʻq).63
Shuningdek, nemis tilida ham boshqa tillardagi kabi juft soʻzlar asosan ohangdoshlik xususiyatiga ega ekanligi tufayli muloqotda keng ishlatiladi va tilshunos olimlarning fikriga aynan ularning jaranglash xususiyati ularning yillar davomida oʻzgarmay yetib kelishiga sabab boʻladi. Juft soʻzlarning jaranglash sabablari ularning quyidagi holatlariga qarab belgilanadi:
|
| |