Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi




Download 1,37 Mb.
bet18/52
Sana06.06.2024
Hajmi1,37 Mb.
#260880
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvch

Aniqlovchi+aniqlanmish tipidagi juft sonlarda yuqori miqdorni bildiruvchi soʻzlar birdan ortiq boʻlishi mumkin. Bunday hollarda ham yuqori miqdorni bildiruvchi soʻzlar aniqlanmish, kichik miqdorni bildiruvchi soʻzlar aniqlovchi boʻlib keladi. Shuningdek, faqat kichik miqdorni bildiruvchi qism juft soʻz holida qoʻllanadi. Nemis tilidan farqli ravishda oʻzbek tilida dona son yasovchi –ta, chama son yasovchi ta+cha, taqsim son yasovchi –ta+dan affikslari juft sonning ikkinchi komponentiga qoʻshiladi: uch-toʻrtta, uch-toʻrttacha, uch-toʻrttadan kabi60. Bu holat nemis tilida kuzatilmaydi. Oʻzbek tilida yirik miqdorni bildiruvchi yuz, ming, million, milliard soʻzlarining kichik miqdorni bildiruvchi soʻz (son) lar bilan aloqaga kirishuvidan yaʻni miqdor ifodalanadi. Bunda yirik miqdorni bildiruvchi soʻzlar aniqlanmish, kichik miqdorni bildiruvchi soʻzlar aniqlovchi vazifasida keladi, besh yuz, oʻn ming, yigirma million kabi. Ana shunday birikma tipidagi sonlar juft soʻz (juft son) holida qoʻllanganda, uning aniqlovchi qismigina juft son sifatida qoʻllanib, aniqlanmish qismi aniqlovchi qismning ikkala komponenti uchun umumiy boʻladi, uch-toʻrt yuz, besh-olti ming, yetti-sakkiz million kabi. Bunday sonlarda aniqlanmish soʻz (son) aniqlovchi qismning har bir komponenti bilan qoʻllansa, har bir miqdor alohida-alohida taʻkidlanadi, bunda juft soʻzlarga xos belgilar yoʻqoladi. Shuning uchun ham bunday hollarda defis emas, vergul qoʻllash lozim boʻladi.
Yuqorida juft sonlar nemis va oʻzbek tillarida ham chama, taxmin maʻnosini ifodalashini koʻrdik. Lekin oʻzbek tilida yana bir jihat borki, juft sonlarga chama son qoʻshimchasi qoʻshilganda chama, taxmin maʻnosi qayta ifodalanadi. Ikkala tilda ham juft sonlar gapda, asosan, aniqlovchi vazifasida keladi. Otlashganda esa ega, toʻldiruvchi vazifasida ham keladi. Juft sonlarning oʻzbek tilida nemis tilidan yana bir kichik farqli jihati juft holda qoʻllangan u, bu olmoshlari oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasini qabul qilganda, shuningdek, -cha qoʻshimchasini qabul qilganda, ravishga koʻchadi. Masalan, uncha-muncha.
Juft soʻzlarning ichida ikki tilda ham olmosh orqali yasalish va bogʻlanish holatlari uchraydi. Oʻzbek tilida juft olmoshlar olmosh turlaridan kishilik va koʻrsatish olmoshlarida uchraydi. Misollar: siz-bizga, ana-mana, senga-menga va shu kabilar. Nemis tilida ham asosan koʻrsatish, egalik va kishilik olmoshlaridan yasalgan juft soʻzlarni uchratish mumkin, ich und du, dieses und jenes kabilar. Faqat nemis tilida koʻp holatlarda yana und bogʻlovchisi qoʻllaniladi.
Yuqorida juft soʻzlarning ikkala tildagi morfologik xususiyatlarini kuzatib chiqdik. Ammo strukturaviy jihatdan juft soʻzlarning boshqa mezonlari ham mavjuddir. Masalan, oʻzbek tilida juft soʻz komponentlarining tartibi ham juda katta ahamiyatga egadir, buni tadqiq etgan tilshunos olimlardan A.Hojiev61 uni quyidagi guruhlarga ajratadi. Unga koʻra:
1) kam boʻgʻinli soʻz koʻp boʻgʻinli soʻzdan oldin qoʻllanadi;
2) juft soʻzning ikkala komponenti teng boʻgʻinli boʻlsa, unli bilan boshlangani avval qoʻllanadi;
3) agar juft soʻzning ikkala komponenti teng boʻgʻinli boʻlsa, ikkalasi ham undosh bilan boshlangani oldin keladi.
Masalan, qon-zardob juft soʻzida komponentlarning tartibi (qon soʻzining avval, zardob soʻzining keyin qoʻllanishi), yuzaki qaraganda, yuqoridagi qonunning birinchi punktiga toʻgʻri keladi, yaʻni bunda qon soʻzi zardob soʻziga nisbatan kam boʻgʻinli boʻlgani tufayli birinchi oʻrinda qoʻllanganga oʻxshab koʻrinadi. Umumiy, juft soʻz komponentlaridan qaysi birining birinchi oʻrinda qoʻllanishini ularning qanday tovush bilan boshlanishi va necha boʻgʻindan tashkil topganligini ikkala tilda ham izohlash qiyin. Faqatgina tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻzbek tili juft soʻz komponentlarining tartiblanishi (komponentlaridan qaysi birining birinchi yoki ikkinchi oʻrinda kelishi) ularning maʻnosi, qoʻllanishi bilan izohlanadi.
Nemis tilida ham oʻzbek tilidagi kabi juft soʻzlarning strukturaviy tuzilishi bir xildir.

  1. kam boʻgʻinli soʻz koʻp boʻgʻinli soʻzdan oldin;

  2. juft soʻzning ikkala komponenti teng boʻgʻinli boʻlsa, unli bilan boshlangani avval;

  3. agar juft soʻzning ikkala komponenti teng boʻgʻinli boʻlsa, ikkalasi ham undosh bilan boshlangani oldin qoʻllanadi. Ammo nemis tilida oʻzbek tilidan farqli jihatdan ushbu tartibni mustasno qiluvchi oʻrin almashish holatlari ham uchraydi:


Download 1,37 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Download 1,37 Mb.