96
dzeta-potentsial ma`lum qiymatga ega bo‘lganda ham koagulyatsiya vujudga
kelaveradi. Zol sezilarli tezlik bilan koagulyatsiyalana boshlagan vaqtdagi
dzeta-potentsial kritik dzeta-potentsial deyiladi. Ko‘pchilik zollar uchun kritik
dzeta-potentsialning qiymati 25-30 millivol`tga teng. Ko‘pincha, dzeta-
potentsialning qiymati koagulyatsiya vaqtida 70 mv dan 30-25 mv gacha
pasayadi. Lekin dzeta-potentsialning pasayishi koagulyatsiyaning asosiy sababi
emas: ba`zan dzeta-potentsial koagulyatsiya vaqtida kam o‘zgaradi.