soddalashtirilgan yadro modellari deb ataladigan har xil sistemalarning
xususiyatlarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
Ko’pincha yadro modeli tajriba natijalariga asoslangan holda tanlab
olinadi, so’ngra bu modelga mos keluvchi turli taxminlar ishlab chiqariladi.
Yadro xususiyatlari haqidagi masalani ma’lum darajadagi yaqinlashuv bilan
matematik talqin qilishga va soddalashtirishga olib keladigan har qanday
fizik tasavvurlar, farazlar to’plami “model” deb ataladi. Har qanday model
yadro xususiyatlari haqidagi fizikada mavjud bo’lgan bilimlarning xulosiasi
va umumlashuvidan iboratdir. Mutlaqo ravshanki har qanday oddiy model
murakkab kvantmexanik sistema bo’lmish yadro xususiyatlarining hammasini
aks ettira olmaydi. Har bir modelning qo’llanish chegarasi mavjud bo’lib, u
yoki bu modelni tadbiq etish mumkinligi haqida uning hossalarini tajribadan
aniqlangan yadro xususiyatlarini tushuntirishdagi yutuqlari va kamchiliklari
solishtiralganda keyingina hukm chiqarish mumkin. Yadro strukturasining
modellari asosan ikki yo’nalishda rivojlangan. Birinchi yo’nalish – kuchli
o’zaro ta’sir modellari . bu modelga ko’ra yadro o’zaro kuchli ta’sir etuvchi
va o’zaro kuchli bog’lanishda bo’lgan zarralar majmuasi sifatida tasavvur
qilinadi. Bu guruhdagi modellarga – suyuq tomchi modeli, alfa zarra
modeli, birikma yadro modeli kiradi. Ikkinchi yo’nalish – erkin zarralar
modelidir. Bu modellarda qabul qilinishiga har bir nuklon yadroning boshqa
nuklonlarining o’rtachalashtirilgan maydonida deyarli bog’liqsiz erkin
ravishda harakatlanadi. Bu guruhga Fermi – Gaz modeli, potensial o’ra
modeli, umumlashtirilgan yoki kollektiv modeli va optik modellarni kiritish
mumkin.