• Kraxmal miqdorini Pochinka usulida aniqlash
  • Ish tartibi
  • O‘simliklarning yashil barglaridagi
  • Xujayralarning kallus kulturalarini olish va ularning sifatini baxolash




    Download 63,84 Kb.
    bet7/8
    Sana18.12.2023
    Hajmi63,84 Kb.
    #122667
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    lab

    ISHNI BAJARISH TARTIBI
    Reaktivlar: 0,25 n kaliy bixromat
    kalsiy nitratning 80 % li eritmasi
    0,5 % yod eritmasi,
    0,1N giposulfit eritmasi.
    etil spirti
    yodning 1% li eritmasi
    o‘simlik bargi.
    Dorivor o‘simliklar tarkibidagi kraxmalni aniqlash


    Kraxmal o‘simliklar tanasida eng ko‘p to‘planadigan va eng muhim polisaxaridlardan xisoblanadi. U ayniqsa o‘simliklar donida ko‘p bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda esa er ostki organlarida to‘planadi. Hamma o‘simliklarda – suv o‘tlardan yuksak o‘simliklargacha fotosintez jarayonida xloroplastlarda hosil bo‘ladigan uglevodlar bevosita kraxmalga aylanadi. Kraxmal ikki xil birikmadan, ya’ni amiloza va amilopektindan tashkil topgan.
    Amilopektin yod ta’sirida binafsha hamda qizg‘ish binafsha rangga kiradi. Amiloza esa yod ta’sirida ko‘karadi. Kraxmalni aniqdash usullari uning yod bilan hosil xilgan rangi quyuqligini aniqlash yoki kislotali va fermentativ gidroliz natijasida hosil bo‘lgan glyukoza miqdorini anitslashga asoslangandir.
    Kraxmal miqdorini Pochinka usulida aniqlash
    Bu usul kraxmalning yod bilan kompleks hosil qilishiga asoslangan. Hosil bo‘lgan kompleks kaliy bixromat yordamida nordon sharoitda SO2 va N2O ga oksidlanadi. Reaksiya natijasida yod erkin holda ajraladi. Bu yod giposulfit bilan titrlanib, sarflangan giposulfit miqdoriga qarab kraxmal miqdori aniqlanadi.
    Ish tartibi:
    Tekshirilayotgan dorivor o‘simlik materiali (1g kartoshka, Zg barg) chinni xovonchada 5 ml 80% li kalsiy nitrat eritmasi yordamida gomogen xoligacha yaxshilab maydalanadi. So‘ngra xajmi 200 ml li kolbaga ekstrakt quyiladi. Kalsiy nitratning 80% li eritmasi bilan xovoncha 2-3 marta yuviladi. Kolbadagi suyuqlikning umumiy xajmi 30 ml dan oshmasligi kerak. Kolba ustini voronka bilan berkitib elektr plitkasida 3 minut davomida asta-sekin qaynatiladi. Bunda kraxmal eritmaga o‘tadi. Kolbani sovutib, voronka yaxshilab yuviladi va eritma xajmi 100 ml li boshqa o‘lchov kolbasiga quyiladi. So‘ngra distillangan suv bilan o‘lchov chizig‘gacha to‘ldiriladi va stakanga filtrlanadi. SHu filtratdan 5 ml sentrifuga probirkasiga solinadi. Uning ustiga 2 ml yod eritmasi quyiladi, yaxshilab aralashtirilib, 30 daqiqaga qoldiriladi.
    Natijada kraxmalning yodli kompleksi cho‘kmaga tushadi. Vaqt o‘tgach cho‘kmali probirka minutiga 4000-5000 tezlikda 5-10 daqiqa sentrifugalanadi. CHo‘kma yana 5% li kalsiy nitrat eritmasi yordamida 2-3 marta yuviladi. Har gal eritma kuyilganida kolbadagi cho‘kma yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra cho‘kma 200 ml li kolbaga 0,2-0,3 ml suv bilan o‘tqaziladi. Probirka esa 3-4 marta distillangan suv bilan yuviladi (suvning umumiy xajmi 3 ml dan oshmasligi kerak). Kolbaga 10 ml 0,25 n kaliy bixromatning 85% li sulfat kislotada tayyorlangan eritmasidan qo‘shiladi, yaxshilab aralashtirib, 15 daqiqaga qaynab turgan suv xammomiga quyiladi. Bunda kraxmal kaliy bixromat yordamida karbonat angidrid va suvgacha parchalanadi. Kolba sovugach, unga 5 ml 20% li kaliy yodid eritmasidan va 120 ml suv qo‘shiladi. Bunda kaliy bixromat yodni ajratadi. Ajralgan yod 0,1n giposulfit eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash sariq rang hosil bo‘lguncha davom etiriladi keyin kolbaga 1 ml 0,5 % li kraxmal eritmasidan qo‘shib, eritma rangi och-qavo rang bo‘lguncha titrlash davom etshriladi. 1 ml 0,1n giposulfit eritmasi 0,675 ml kraxmalga to‘g‘ri keladi. (Reaksiya boshlanishida kraxmal tomonidan adsorbsiya qilingan yod reaksiya natijasiga ta’sir qilmaydi). Alohida nazorat titrlashi ham o‘tkaziladi. Buning uchun hajmi 20 ml li kolbaga 10ml kaliy bixromatning 0,25 n eritmasidan, 120 ml suv, 5 ml kaliy yodid 20 % li eritmasidan solinadi va 0,1n giposulfit eritmasi bilan titrlanadi.
    Kraxmal miqdori quyidagicha aniqlanadi:

    X – kraxmal miqdori, % xisobida
    a – 0 ,1N giposulfit eritmasining nazorat titrlash uchun sarflangan miqdori, ml
    v – 0,1n giposulfit eritmasining tajribadagi kraxmalni titrlash uchun sarflangan miqdori, ml.
    V – kraxmalni cho‘kmaga tushirish uchun olingan hajmi (5 ml)
    T – 0,1n giposulfit eritmasinish titriga tuzatma.
    N – tajriba uchun olingan o‘simlik materialining vazni, gramm xisobida
    O‘simliklarning yashil barglaridagi

    Download 63,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 63,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xujayralarning kallus kulturalarini olish va ularning sifatini baxolash

    Download 63,84 Kb.