tobora yuqoriroq chastotalar talab qilina boshlandi
va natijada ularni lokal
nomini olgan maxsus shina yordamida biriktirildi. Shunday qilib ISA
shinasi birinchi marta lokal shinadan ajratildi - ular «ko‘prik» orqali
bog‘landi. Bugungi kunda ISA ko‘prigi funksiyasini chipset «janubiy
ko‘prigi»ning mikrosxemasi bajarmoqda.
VLB shinasi
80- yillar oxirida kompyuter grafikasiga bo‘lgan
talab keskin ortib
ketdi. ISA shinasi zarur bo‘lgan ma’lumotlar oqimini eplay olmay qoldi.
Yechim uzoq qidirilmadi. Protsessor bilan xotirani ulovchi shinaga yana
maxsus bo‘linma ulandi; bu bo‘linmaga videokartani ulash mumkin bo'ldi.
Shunday qilib to‘rtinchi avlod kompyuterlarida yangi shina - VLB
( VESA
Local Bus)
paydo bo'ldi.
VLB lokal
shinasiga nafaqat videokartani, balki boshqa qurilmalami
ham ulash mumkin bo‘ldi. Onalik platasi taktli chastotasi 33 MGs
bo‘lganda - uchta qurilmagacha, taktli chastotasi 40 MGs bo'lganda -
ikkitagacha, chastotasi 50 MGs bo‘lganda esa - faqat bitta qurilma (odatda
videokarta) ulash mumkin boidi.
PCI shinasi
Videokarta - ma’lumotlami katta
tezlikda almashtirish talab
qilinadigan yagona qurilma emas: diskovodlar, skanerlar, tovush kartasi va
boshqa-boshqalar ham bor. 90-yillar boshida ISA
vaqtlarida asos solingan
eski arxitektura doirasida qolib yanada rivojlanishi mumkin emasligi
ma’lum bo‘ldi. 1991- yilda Intel korporatsiyasi yangi shina arxitekturasi -
PCI
(Peripheral Component Interconnect)ni ishlashga kirishdi.
PCI shinasi
Pentium protsessorlarida yig‘ilgan beshinchi avlod kompyuterlarida yangi
lokal shina bo‘ldi.
Plug-and-play
PCI shinasi oldingi shinalar uchun chiqarilgan qurilmalar bilan bir-
biriga to‘g‘ri
kelmay qoldi, lekin uning yuqori unumdorligi va jihozlami
sozlash soddaligi yangi avlod qurilmalarini ishlab chiqarislming tez
rivojlanishini ta’minladi.
Bu shinaning ahamiyatli, afzalligi - o‘zi
o ‘matiladigan qurilmalar (plug-and-play)ni yaratish mumkinligidadir. Bu
prinsipning mohiyati shundaki, shu’ba platasi onalik platasiga fizik
ulangandan keyin, ulangan qurilma aniqlanishi va oldin o‘matilgan boshqa
qurilmalar bilan konfliktda bo‘lmaydigan darajada
unga resurslar ajratish
avtomatik ravishda sodir bo‘ladi.