boshqacha aytganda, katta sig‘imli kompakt-disk. Amalda har bir DVD-
ROM to‘plagich - CD-ROM diskovodidir, ya’ni bu turdagi to‘plagichlar
oddiy kompakt-disklami ham va DVD disklarni ham o‘qiy oladi.
Kompakt-disklar qaysi optik texnologiyadan foydalansa,
raqamli universal
disklar ham o‘sha optik texnologiyadan foydalanadi, faqat ular yozuvning
yuqori zichligi bilan farqlanadi.
DVD standarti xotira hajmini, demak kompakt-disklarga yoziladigan
ilovalar hajmini,
sezilarli darajada orttiradi.
Afsuski,
CD-ROM
disklarining hajmi zamonaviy ilovalarning ko‘pchiligi uchun, ayniqsa,
video fayllardan aktiv foydalanilganda yetarli emas. 0 ‘z navbatida DVD
disklari diskning har bir tarafida 4,7 Gbayt gacha (bir qatlamli disk) va 8,5
Gbayt gacha (ikki qatlamli disk) ma’lumotlami
saqlashi mumkin, bu
standart kompakt-disklarga qaraganda taxminan 11,5 marta katta bo‘ladi.
Ikki tomonlama DVD disklarining hajmi bir tomonlilarga qaraganda,
tabiiyki, ikki marta katta. Ammo hozirgi paytda diskning ikkinchi
tarafidagi ma’lumotlami o‘qish uchun diskni o'chirib qo‘yishga to‘g‘ri
keladi. Original standartga muvofiq DVD diski bir tomonli, bir qatlamli va
4,7 Gbayt informatsiyani saqlaydi. Zamonaviy kompakt-disklaming
diametri qancha bo‘lsa, yangi diskning ham diametri shuncha,
lekin u ikki
marta ingichkaroq (0,6 mm). MPEG-2 formatini qo‘llab, yangi diskka 135
minutli video fayl - uch kanalli sifatli tovush va to ‘rt kanalli subtitorli
to iiq metrajli filmni sig‘dirish mumkin. Disk sig‘imining qiymati
tasodifiy emas: standart kinoindustriya vakillarining talablariga javoban
yaratilgan, ular ko‘pdan beri videokassetalarni
arzon va ishonchli disk
bilan almashtirmoqchi edilar.
Hozirgi kunda DVD disklarining to'rtta asosiy turi mavjud, ular
tomonlar soni (bir yoki ikki tomonli) va qatlamlar soni (bir va ikki
qatlamli) bo‘yicha tasniflanadi.
• DVD-5
- bir tarafli,
bir qatlamli, 4,7 Gbayt hajmli disk. Bir-biri
bilan biriktirilgan ikkita qistirmadan tarkib topgan. Ulardan biri yozilgan
qatlam boiib, nolinchi qatlam deyiladi, ikkinchisi esa batamom bo‘sh. Bir
qatlamli disklarda odatda alyuminli qoplamadan foydalaniladi.
• DVD-9 - bir tarafli, ikki qatlamli, 8,5 Gbayt hajmli disk. Ikkita
shtamplangan qistirmadan tarkib topgan, qistirmalar bir-biri bilan shunday
biriktiriladiki, ikkala yozilgan qatlam diskning
bir tarafida joylashadi;
ikkinchi
tarafdan
bo‘sh
qistirma joylashadi.
Tashqi
(nolinchi)
shtamplangan qatlam yarimshaffof tilla plyonka bilan qoplanadi, u ushbu
qatlamga fokuslangan lazer nurini qaytaradi va quyi qatlamga fokuslangan
numi o‘tkazadi. Ikkala qatlamni o‘qish uchun fokusi o ‘zgaruvchi bitta