• Vazirlar
  • II. Xizmatning vazifalari va funksiyalari
  • III. Xizmatning huquqlari va javobgarligi
  • IV. Xizmatning tuzilmasi
  • V. Xizmat faoliyatini tashkil etish
  • Viloyat hokimligining axborot-tahlil xizmati to’g’risida nizom I. Umumiy qoidalar




    Download 63,5 Kb.
    bet1/5
    Sana10.04.2017
    Hajmi63,5 Kb.
    #3825
      1   2   3   4   5

    Viloyat hokimligining axborot-tahlil xizmati to’g’risida

    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    1. Viloyat hokimligining axborot-tahlil xizmati (keyingi o’rinlarda xizmat deb ataladi) viloyat hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Deputat - (lot. deputatus - vakil) - . davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida - xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili.

    Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh.

    2. Xizmat o’z faoliyatini bevosita viloyat hokimining rahbarligida amalga oshiradi va viloyat hokimiga bo’ysunadi.

    3. Xizmat o’z faoliyatini viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

    4. Xizmat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi.


    II. Xizmatning vazifalari va funksiyalari
    5. Quyidagilar xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    hokimlikning ish rejasi bajarilishini monitoring qilish;

    hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi bilan birgalikda hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning majlislari kun tartibi loyihalarini shakllantirish, hokimga tasdiqlatish va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlash;

    hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etish, topshiriqlarni umumlashtirish, ularning bajarilishini nazorat qilish, hokimni va hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’ini ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qilish;

    boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlash;

    xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qilish;

    ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot berish, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yish va ularning chiqarilishini tashkil etish;

    amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlash;

    xalq deputatlari viloyat Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qilish;

    matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qilish;

    xalq deputatlari viloyat Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;

    ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qilish.

    6. Xizmat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

    viloyatni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi masalalari bo’yicha ma’lumotlar bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlash;

    sohaga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, viloyat hokimi tomonidan ko’rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

    viloyat hududlarida ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, o’rganish, o’rganish natijalari bo’yicha viloyat hokimiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

    viloyat hokimligiga kiritilgan qarorlar va farmoyishlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;

    viloyat hokimligining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha majlislarini tayyorlash bilan bog’liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashish;

    viloyat hokimi tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashish;

    viloyat hokimi boshchilik qiladigan komissiyalar va kengashlar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

    Xizmat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.
    III. Xizmatning huquqlari va javobgarligi
    7. Xizmat o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

    o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalaridan, tumanlar, shaharlar hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

    davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;

    boshqaruv apparati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari (vakillari) ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

    viloyat hokimining topshirig’iga binoan davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig’ilishlarida qatnashish;

    zarurat bo’lganda viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari (vakillarini) belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish.

    Xizmatning zarur materiallar, ma’lumotlar, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim etish bo’yicha talablari boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan xizmat belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur.

    8. Xizmat:

    o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

    viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

    O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun;

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil


    12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.
    IV. Xizmatning tuzilmasi
    9. Xizmatning tuzilmasiga xizmat rahbari, bosh va etakchi mutaxassislar kiradi.

    10. Xizmat rahbari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig’ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    11. Xizmatning bosh va etakchi mutaxassislari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    12. Axborot-tahlil xizmati to’g’risidagi nizom va xizmat rahbarining funktsional vazifalari viloyat hokimi tomonidan, xizmat xodimlarining funktsional vazifalari xizmat rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


    V. Xizmat faoliyatini tashkil etish
    13. Xizmat ishlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, boshqaruv apparatida amalda bo’lgan ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqaruv apparatida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq yarim yillik ish rejalar asosida tashkil etiladi.

    Xizmatning yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

    14. Xizmat rahbari:

    xizmatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, xizmat mutaxassislari ishini tashkil qiladi hamda xizmatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;

    viloyat hokimligiga kiritilgan tegishli masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko’rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

    viloyat hokimligining majlislarida, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarda, tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar majlislarida qatnashadi;

    xizmat mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

    viloyat hokimligining boshqaruv apparatida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

    vakolati doirasida chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi;

    xizmat ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

    xizmat mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi.

    15. Xizmat rahbari vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning vazifasini xizmat bosh mutaxassisi bajaradi.

    16. Xizmatning bosh va etakchi mutaxassislari:

    funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

    tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

    materiallar va hujjatlar loyihalari to’g’risida xizmat rahbariga axborot beradi;

    qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

    tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;



    hokim va (yoki) uning o’rinbosarlari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida ishtirok etadi;

    Ushbu nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

    Download 63,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 63,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viloyat hokimligining axborot-tahlil xizmati to’g’risida nizom I. Umumiy qoidalar

    Download 63,5 Kb.