• II. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari
  • III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
  • IV. Boshqarmaning tuzilmasi
  • V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
  • Viloyat hokimligining ishlar boshqarmasi to’g’risida nizom I. Umumiy qoidalar




    Download 70,5 Kb.
    bet1/4
    Sana24.03.2017
    Hajmi70,5 Kb.
    #1977
      1   2   3   4

    Viloyat hokimligining ishlar boshqarmasi to’g’risida

    NIZOM
    I. Umumiy qoidalar
    1. Viloyat hokimligining ishlar boshqarmasi (keyingi o’rinlarda boshqarma deb ataladi) viloyat hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Deputat - (lot. deputatus - vakil) - . davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida - xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili.
    Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh.

    2. Boshqarma o’z faoliyatini bevosita viloyat hokimining rahbarligida amalga oshiradi va viloyat hokimiga bo’ysunadi.

    3. Boshqarma o’z faoliyatini viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
    II. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari
    4. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va funktsiyalari hisoblanadi:

    boshqaruv apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshirish;

    tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlash, tushadigan hujjatlar (xat-xabarlar)ni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko’ra yuborish, chiquvchi hujjatlar (xat-xabarlar)ni qabul qilish va jo’natishni tashkil qilish;

    xalq deputatlari Kengashi, hokim va uning o’rinbosarlarining, boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmalarining hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko’paytirish va shu jumladan elektron pochta orqali jo’natishni ta’minlash;

    hokimning yordamchisi va hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishni tashkil qilish;

    boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan birgalikda xalq deputatlari Kengashi sessiyalariga va boshqa yig’ilishlarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish;

    hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xo’jalik va moddiy-texnik ta’minlashni tashkil qilish, hokimlik xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshirish, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

    maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlash;

    viloyat hokimligi binolarining, inshootlarining, muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalarining yaxshi holda ishlashini va xizmat ko’rsatishini ta’minlash, bino va inshootlarning joriy va kapital ta’mirlanishini tashkil etish;

    viloyat hokimligi binosida texnika va yong’in xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    viloyat hokimligiga tashrif buyuradigan mehmonlar va delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish, mehmonxonaga joylashtirish, ularga xizmat ko’rsatilishini hamda harakatlanishlari uchun avtotransport vositalari biriktirilishini tashkillashtirish;

    tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, qabul qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi, moddiy javobgar shaxslar biriktirilishi, belgilangan tartib va muddatlardan xatlovlardan o’tkazilishi va hisobdan chiqarilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlash;

    boshqaruv apparatida ish yuritishni tashkil etish uchun tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarni tayyorlash, ularning hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlash;

    boshqaruv apparati xodimlarini xizmat guvohnomalari bilan ta’minlash.

    Boshqarma qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.
    III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
    5. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

    o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalaridan, tumanlar, shaharlar hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

    amaldagi qonunlar doirasida viloyat hokimligining nomidan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va alohida shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

    asosiy va aylanma mablag’larning, moliyaviy va moddiy resurslarining ratsional va tejamli ishlatilishini nazorat qilish.

    Boshqarmaning zarur materiallar, ma’lumotlar, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim etish bo’yicha talablari boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan guruh belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur.

    6. Boshqarma:

    o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

    boshqaruv apparati xodimlariga belgilangan tartibda xizmat ko’rsatilishi, ta’minoti va zarur ish sharoitlari yaratib berilishi uchun;

    buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlari to’g’ri va aniq tashkillashtirilishi, amalga oshirilishi uchun;

    tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishi ustidan idoraviy nazorat ta’minlanishi uchun;

    xodimlarga ish haqlari, qonunchilikda belgilangan ustama, kompensatsiya, moddiy yordam va mukofotlar to’lovlari belgilangan muddat, tartib va miqdorlarda amalga oshirilishi uchun;

    ish yuritish va hujjatlarni saqlash belgilangan tartibda amalga oshirilishi uchun;

    O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun;

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil


    12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.

    IV. Boshqarmaning tuzilmasi
    7. Boshqarmaning tuzilmasiga boshqarma boshlig’i, bosh hisobchi, bosh,
    2 ta etakchi va I-toifali mutaxassislar kiradi.

    8. Boshqarma boshlig’i, bosh hisobchi va boshqarma mutaxassislari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    9. Ishlar boshqarmasi to’g’risidagi nizom va boshqarma xodimlarining funktsional vazifalari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
    V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
    10. Boshqarma ishlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, boshqaruv apparatida amalda bo’lgan ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqaruv apparatida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq yillik ish reja asosida tashkil etiladi.

    Boshqarmaning yillik ish rejasi belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

    11. Boshqarma o’zining “Ishlar boshqarmasi” degan yumaloq muhriga va maxsus ish blankasiga ega bo’ladi.

    12. Boshqarma boshlig’i:

    boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarma xodimlari ishini tashkil qiladi hamda ular tomonidan boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi, ijro va mehnat intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

    viloyat hokimligining majlislarida, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarda qatnashadi;

    viloyat hokimligining boshqaruv apparatida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkillashtiradi;

    hokimlik buxgalteriyasi hisobi va hisoboti ishlari belgilangan tartibda yuritilishiga rahbarlik qiladi;

    boshqarma boshlig’i nomidan tayyorlangan hujjatlar (xat-xabarlar)ni imzolaydi;

    boshqarma ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

    boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi;

    viloyat hokimligi avtoxo’jaligi, viloyat hokimligi binolardan foydalanish boshqarmasi, rasmiy mehmonlar qabullar uyi va idoraviy arxiv bo’limiga yuqori turuvchi organi nomidan rahbarlikni amalga oshiradi hamda ular xodimlarining funktsional vazifalarini tasdiqlaydi;

    amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    13. Boshqarma boshlig’i vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning vazifasini hokim tomonidan belgilanadigan mutaxassislardan biri bajaradi.

    14. Bosh hisobchi:

    hokimlikning mulki, mablag’lari, majburiyatlari, shuningdek xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini pul va natural o’lchovlarda yuritadi;

    buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, buxgalteriya hisob-kitoblarining to’g’ri olib borilishini hamda viloyat xokimligining banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari harakatlarini nazorat qiladi;

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    hokimlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti intizomiga qat’iy rioya etilishini, pul mablag’laridan tejamli, maqsadli va oqilona foydalanilishini, barcha tovar-moddiy boyliklar hisobi yuritilishi, asrab-avaylanilishi, o’rinli va to’g’ri foydalanilishi choralarini ko’rib boradi va buxgalteriya nazoratini amalga oshiradi;

    xodimlarga mehnat haqi to’lovi, rag’batlantirish va boshqa to’lovlar, ijtimoiy muhofazalash yo’nalishidagi sarflanadigan mablag’lar o’z vaqtida to’lanishini, mehnatga oid huquqlari moliyaviy jihatdan buzilmasligini ta’minlaydi

    tuziladigan xo’jalik shartnomalari hokimlikning manfaatlariga moddiy zarar etkazmasligi choralarini ko’rib boradi;

    viloyat hokimiga kiritilayotgan xodimlar, fuqarolar va yuridik shaxslarga biror turdagi to’lovlarni amalga oshirishni belgilovchi qaror va farmoyishlar loyihalari bilan belgilangan tartibda tanishib chiqib, imzolaydi yoki yozma e’tiroz bildiradi;

    xodimlarning yillik shtat jadvallarini, kelgusi ehtiyojlar hisobga olingan smeta xarajatlarini tuzadi, zarurat tug’ilganida smeta xarajatlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritilishiga o’z vaqtida takliflar tayyorlaydi va tasdiqqa kiritilishini tashkillashtiradi;

    moliyaviy hisob va hisobotlarni olib boradi, xo’jalik operatsiyalarini nazorat qiladi va hisobotlarni tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda taqdim etib boradi;

    xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari orqali bank operatsiyalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, qabul qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi, moddiy javobgar shaxslar biriktirilishi, belgilangan tartib va muddatlardan xatlovlardan o’tkazilishi va hisobdan chiqarilishi ustidan buxgalteriya nazoratini ta’minlaydi;

    barcha shartnomaviy munosabatlarda to’lov intizomiga rioya etilishi choralarini ko’rib boradi;

    soliq va boshqa majburiy to’lovlar o’z vaqtida to’g’ri hisoblanib, to’lab borilishini ta’minlaydi;

    amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    18. Bosh (etakchi, I-toifali) mutaxassislar (kantselyariya):

    tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqaruv apparatida ish yuritishni ta’minlaydi;

    boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalarida ish yuritishga metodik rahbarlik qiladi;

    boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalarida Ish yuritish bo’yicha yo’riqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

    ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

    viloyat hokimi, uning o’rinbosarlari, boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmalari hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazadi, hisobga oladi, rasmiylashtiradi, ko’paytiradi va jo’natadi;

    tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi, ro’yxatdan o’tkazadi, hisobga oladi, taqsimlaydi va mansubligiga ko’ra etkazib beradi, chiqadigan xat-xabarlarni qabul qiladi va jo’natadi;

    tarkibiy bo’linmalarda hujjatlar yig’majildining nomenklaturasi-ni aniqlashtiradi, boshqaruv apparati uchun yig’ma nomenklatura tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;

    idoraviy arxiv shakllantirilishini ta’minlaydi, hujjatlar yig’majildlari va hujjatlarni belgilangan tartibda Davlat arxiviga beradi;

    xodimlarga ish yuritish bo’yicha yo’l-yo’riqlar beradi, boshqaruv apparatining yangi xodimlarini hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalari bo’yicha o’qitish va tanishtirishni tashkil etadi;

    viloyat hokimligiga tushgan yozma, og’zaki va elektron tarzdagi murojaatlarini ro’yxatdan o’tkazadi va hisobini yuritadi;

    jismoniy va yuridik shaxslarning viloyat hokimligiga kelib tushgan yozma, og’zaki va elektron tarzdagi murojaatlari bilan ishlash monitoringini olib boradi va ularni tahlil qiladi;

    hokimning yordamchisi va hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishni tashkil qiladi;

    tumanlar, shaharlar hokimliklarining jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron tarzdagi murojaatlari bilan ishlashi monitoringini olib boradi;

    jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning viloyat hokimligiga murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni muntazam ravishda tayyorlaydi;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;

    amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    19. Etakchi mutaxassis (maxfiy-rejim xizmati):



    maxfiy hujjatlar bo’yicha ish yuritishni amalga oshiradi, maxfiy hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibga qat’iy rioya qilingan tarzda yuritilishini ta’minlaydi;

    amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Download 70,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 70,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viloyat hokimligining ishlar boshqarmasi to’g’risida nizom I. Umumiy qoidalar

    Download 70,5 Kb.