67
hosilga kirgan davrlarida beriladigan organik va mineral o‘g‘itlarning vaqti,
muddati va miqdorlari tushiniladi.
Buxoro viloyati sharoitida tokzorlarni barpo qilishda yer haydashdan oldin,
tuprok unumdorligini oshirish va sho‘rlanishni pasaytirish maqsadida har gektar
maydonga 25-30 t. chirigan go‘ng yoki kompost, sof holda 90 kg. fosfor, 45 kg.
kaliy solinadi. Organik va mineral o‘g‘itlarni aralashtirib solish, o‘simlik tomonidan
oziqa moddalarini o‘zlashtirilishi yaxshilanishi bilan birga,
ham vaqtni va
mablag‘ni ancha tejaydi. Shu bois, aralashtirilgan o‘g‘itlar maxsus UOM- 50
mashinasi yoki RUM-8, ROU- 6, PRT-10 kabi o‘g‘it sochgichlar yordamida yerga
yoppasiga sochib solinib haydalgani ma’qul. Organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘shib
solish tuproqning fizikaviy-kimyoviy xossalarini, o‘g‘itlarning o‘simlikka ta’sir
kuchini yaxshilashga
xizmat qilish bilan birgalikda, sho‘rlangan yerlarda fosforli
o‘g‘itlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishini yaxshilanishiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi, namlikni saqlaydi tuproq sho‘rini pasaytiradi.
Yosh tokzorlarga, agar ekishdan oldin belgilangan miqdorda(mineral va
mahalliy) o‘g‘itlar to‘g‘ri solingan bo‘lsa, unda 2-3 yil davomida(chirigan go‘ng)
o‘g‘itlanmasa ham bo‘ladi.
Agar tokzor arpo kilishdan oldin yer o‘g‘itlanmagan bo‘lsa, yosh
tokzorlarga ikkinchi yili erta bahorda (tok tuplarini ochish vaqtida) sof holda gektar
hisobiga 60-120 kg azot, 45 kg, fosfor 30 kg kaliy o‘g‘itlari solinadi. Yosh tok tuplari
dastlabki yillari rivojlanishdan qolayotgan bo‘lsa, may-iyun oylarida azot, fosfor,
kaliy bilan qo‘shimcha oziqlantiriladi (sof holda azot 30 kg/ga, fosfor 20-30 kg/ga,
kaliy 10-15 kg/ga). Uchinchi yildan boshlab, ular to‘liq hosilga kirgan tokzorlar kabi
o‘g‘itlanadi. Organik o‘g‘itlar har yilda bir marta, kuzda tok ko‘milgandan keyin
tuproq holati va undagi chirindi miqdoriga qarab gektariga 25-40 tgacha;
mineral
o‘g‘itlar esa har yili sof holda: azot 120 kg/ga, fosfor 90 kg/ga, kaliy 30-45 kg/ga
me’yorida qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgichlar tuproq unumdorligi, sho‘rlanish darajasi,
mexanik tarkibi, namligi va boshqa ko‘rsatgichlarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Endilikda, Uzbekistonning sho‘rlangan yerlari sharoitida uzumzorlarni
parvarishlashda, tuproqning sho‘rlanganlik darajasini pasaytirish va fosforli
68
o‘g‘itlarni o‘zlashtirish koeffisiyentini oshirish, yuqori va sifatli hosil yetishtirish
maqsadida, qishki mavsumda tok tuplarining ekish chizig‘i bo‘ylab,
har bir tup
tagiga 20-25 sm chuqurlikda ko‘mir qipig‘i(0,3kg) va ammafos (fizik holda 0,3kg),
o‘g‘itini birgalikda aralash holda 0,600 kg me’yorda va gektariga 20-30tn miqdorda
chirigan go‘ng solib sug‘orish tavsiya etiladi. Shunda sho‘r tuproq tarkibidagi
o‘zlashtirilmay yotgan fosforli o‘g‘itlarni ko‘mir tarkibidagi SO
2
va tuproq
nami(N
2
0) bilan birgalikda karbon kislotasini (N
2
SO
3
) hosil qilish yo‘li
bilan
o‘simlik oson o‘zlashtiruvchi fosforga aylantirishi hamda tuproq ostida hosil
qilingan karbon kislotasi bilan tuproq sho‘rining ishqoriy muhiti bilan neytrallanish
reaksiyasi va tuproqdagi biokimyoviy jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishi
natijasida tuproq strukturasi yaxshilanishi va unumdorlik tiklanishi kuzatiladi.
Shuningdek, shu muhit sharoitida chirigan go‘ng tarkibidagi turli xil makro va
mikroelementlarning tok ildizi tomonidan oson o‘zlashtirishi natijasida uning o‘sish
va rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, pirovardida mo‘l
va sifatli hosil
olinishiga zamin yaratilishi ilmiy-asosda Buxoro sharoitida o‘rganilgan.
Tokzorlarni oziqlantirishda go‘ng shaltog‘i, parranda, ipak qurti axlatlari va
biogumus kabi organik o‘g‘itlarni suv bilan