Uzumni doimiy omborlarda saqlash
. Uzumning Nimrang, Toyifi, Oktyabr,
Qora kishmish, Muskat O‘zbekiston, Xusaynining bir necha xillari, Mers, Pushti
Parkent, Rizamat kabi xo‘raki navlarini maxsus sharoitda 4-6 oy muddatgacha
saqlash imkoni ham mavjud. Shunigdek, uzumni uzoq vaqt saqlanishiga yordam
beradigan quyidagi shartlariga ham amal qilish lozimligi qayd etilgan. Uzumni
uzishdan 15-20 kun oldin sug‘ormaslik, g‘ujumlari bir tekis, pishgan,
zararlanmagan, kasallanmagan, o‘rtacha zich boshlarini faqat havo ochiq va
quruqligida uzish mumkin, yomg‘irdan keyin uzmaslik zarurligi ko‘rsatilgan. Uzum
boshlarini uzumidagi g‘ujumlar ustidagi mumg‘ubor qatlamini saqlagan holda
pishmagan, xom, mayda, kasallanganlari olib tashlansa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
G’ujumlari o‘ta zich, notekis, to‘liq pishmagan uzum boshlari saqlashga yaroqsiz
hisoblanadi. Uzum uzilgach, uni 10-12 soat davomida salqin joyga yozib qo‘yiladi.
Uzum boshlarini bir yillik novdasi bilan kesib saqlash usuli.
Uzum hajmi 7-8 kg qilib qutilarga joylashtiriladi. Uzumning yaxshi saqlanishi
uchun har bir qutiga kaliy metabisulfatning 40-45mg li tabletkasi tegishli
qog‘ozlarga o‘rab solinadi. Natijada uzumning saqlanish muddati 3-4 oyga uzayib,
chiqindi kam bo‘ladi. Uzum saqlanadigan bino yaxshi tozalangan va dezinfeksiya
qilingan bo‘lishi talab etiladi va bu tadbirni o‘tkazilishi yaxshi natija beradi.
Terilgan hosil xo‘jalikning o‘zida avtomobil, traktor hamda ot aravada
tashiladi. Uzoq joylarga olib borishda esa avtomobil va temiryo‘l transporti, ba’zan
uzoq masofalarga samolyotlardan ham foydalaniladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, uzum mevalarini uzoqqa tashishda
avtorefrejeratorlar bilan ta’minlangan barcha transport vositalari va refrijeratorli
vagonlarda tashish juda qulay. Buning uchun oldindan maxsus sovutgichlarda
uzumni 12-20°C haroratda ushlab turilishi lozimligi tavsiya etilgan.
Qishga saqlash uchun mo‘ljallangan uzumlar mos qutilarga bandini yuqoriga
qaratib joylanadi. Maxsus sovutgichlarga joylashdan oldin xona oltingugurt gazi
bilan dudlanadi va germitizasiya o‘tkaziladi, ya’ni xonani ichki muhiti yaxshilanadi,
mikroblardan to‘liq xoli qilinadi.
88
Uzum solinadigan qutilar harorati 5-8°C li kameralarda 8-10 soat, keyin
harorati 4°C li, kameralarga qo‘yilib uzoq muddat saqlanadi. Sovutgichli
omborxonalar to‘lgach kamera yopilib, harorat 2°C gacha so‘ng 2 kun davomida
0°C dan 1-2°C gacha, nisbiy namligi esa 85-95% miqdorida ushlab turiladi. Bu
rejimda uzumni saqlash muddati sovitgichga qo‘yilgandan boshlab,1-1,5 oy
saqlanganda, xuddi taru-toza ishkomdan uzib olingandek saqlanishi tadqiqotlarda
kuzatilgan.
Qutilardagi uzumning sifati har ikki haftada tekshirib turiladi va har safar
oltingugurt tutuni bilan qisqa muddat dudlanadi va bu yaxshi natija beradi, bino
shamollatiladi. Oltingugurt berilgan maydon ko‘p va uzoq tutilsa uzumning rangi va
ta’mi o‘zgarib, sifati buziladi, shu sababli bunga alohida e’tibor berish zarurligi
tavsiya etiladi. Shuningdek, sovutgichlarda saqlanayotgan uzumni birdan ochiq
joyga olib chiqish ham yaramaydi. Chunki, bunda ular "terlab" qoladi, sifati
buziladi, tez ayniydi va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Eng oddiy oltingugurt gazi muhitida saqlash uchun uzumning ustini polimer
plenkalar bilan gumbaz shaklida qadoqlash lozim. Bu usulni qo‘llash natijasida
uzum sifatining isrof miqdori kamayadi va mahsulotning yuqori tovar sifatligi
saqlab qolinadi. Mahsulotni muvaffaqqiyatli saqlash maqsadida plenkadan
foydalanganda, quyidagi shartlarga amal qilish zarurligi ko‘rsatilgan:
-Saqlash obyektlari va nav xususiyatlarini hisobga olish;
-Tegishli qalinlikdagi havo o‘tkazuvchanligiga qarab, plenka va shunga
munosib mos hajmli idishlarni to‘g‘ri tanlash;
-Zichlab yopilish fraksiyasiga amal qilish;
-Idish ichida namlik kondensasiyasining paydo bo‘lishini oldini olish
kabilarni hisobga olish.
Shuni aloxida kayd etish lozimki uzumni saqlash obyektlarida oltingugurtli gaz
muhitidagi
konteynerlarda
mahsulotni
saqlash
uchun
boshqaruv-
mexanizasiyalashgan tizimi yaratiladi. Shunig uchun bu usul ishlab chiqarishda
meva-sabzavot
omborxonalarida
keng
qo‘llailmoqda.
Ammo,
bunday
konteynerlarda mahsulot ko‘p miqdorda isrof bo‘ladi. Isrofning asosiy sabablaridan
89
biri- omborxonalardagi ventilyasiya vositalarining to‘g‘ri ishlamasligi natijasida
salbiy gaz muhiti ortishi va isrofgarchilikning ko‘payishi kuzatiladi va bunga e’tibor
berish talab etiladi.
Uzumlarni saqlash va tashish uchun qo‘llaniladigan yangi zamonaviy
usullaridan yana biri bu - suyuq va gaz holidagi azotni qo‘llashdir. U kameraga
qamalgan holda yuborilsa, kislorod miqdorini kerakli konsentrasiyagacha
kamaytirish mumkin bo‘ladi. Bir necha marta azot yuborilgan kamera mo‘jaldan
ortib ketsa, uning ortiqchasi maxsus moslama orqali so‘rib olinadi.
|