77
birinchi o‘rinda turadi, bu navga xo‘randalarning talab darajasi yuqori hisoblanadi,
quritilgan mayizlar uzoq saqlanadi.
Uzum boshisi yirik (uzunligi 19-21 sm, yeni 10-11 sm),
silindrsimon yoki
konussimon, kamdan kam qanotli, ko‘pincha tig‘iz emas.
Kishmish Sug‘diyona
. So‘nggi paytlarda Kishmish Sug‘diyona navi
g‘ujumining yirikligi tufayli, keng tarqalmoqda va bog‘bonlar tomonidan yuqori
qadrlanmoqda va bu nav eksportbop
ahamiyatga ega hisoblanadi, mayizining
yirikligi bilan ajralib turadi.
Uzumboshisi yirik (uzunligi 25 sm, yeni 16 sm), shoxlangan, o‘rtacha bo‘sh
yoki bo‘sh. O‘rtacha og‘irligi - 400-450 gramm. Ayrim uzumboshlar 40-50sm
uzunlikkacha boradi va vazni bir kg dan oshadi (33-rasm).
G’ujumi yirik (bo‘yi - 25.6 mm, yeni -17.6 mm). O‘rtacha vazni 4.5 gr. Shakli
tuxumsimon, rangi qora, yuzasi mumg‘ubor bilan qoplangan. Po‘sti yupqa, ammo
mustahkam. Etining konsistensiyasi etdor. Ta’mi yoqimli. Urug‘ rudimentlari
yumshoq puch qobiqni ifodalaydi.
Marmarli kishmish
. Kelib chiqishi Armaniston.
Olimlar ushbu navni oq oval
kishmishning vegetative o‘zgaruvchanligidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.
G’ujumi mayda yoki o‘rtacha, yumaloq, rangi oq. Eti go‘shtdor. Po‘sti shaffof,
o‘rtacha qalinlikda, mumsimon g‘ubor va qoramtir nuqtalarga ega. T’mi yoqimli,
urug‘lari mavjud emas Mevasi yuqori sifatli quritilgan mahsulot ishlab chiqarish
uchun yaroqli, quritilgan mahsuloti qandolatchilikda ishlatiladi. Kishmishning
degustasion bahosi 4.6 ball (5 balli tizimda). Quritilgan mahsulot chiqishi - 26%
gacha. Mayda g‘ujumli kishmish ishlab chiqarish uchun istiqbolli nav. Erta hosilga
kirishi, tuplarning o‘rtacha o‘sish kuchiga egaligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib
turadi va pirovard natijada ko‘p iqtisodiy samaradorlik keltiradi.
Oq kishmish.
Sinonimlari: Kishmish beliy, Kishmish jeltiy, Sariq kishmish.
Uzumboshi ko‘pincha o‘rtacha o‘lchamda bo‘lib (17x10 m),
shakli silindrsimon-
konussimon, qanotli, o‘rtacha tig‘izlikda. Uzumboshining yuqorigi qismini
silindrsimon shaklda yaqqol kengayishi navning o‘ziga xos xususiyatidir.
78
Uzumboshining bandi mo‘rt, o‘tsimon, bunga alohida e’tibor berish kerak. G’ujumi
mayda, ovalsimon (12x11 mm), rangi sarg‘ish-yashil yoki quyoshga qaragan tomoni
qahrabo-sariq bo‘lib, mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Po‘stining yuzasida
mayda qora nuqtalar mavjud. Eti tig‘iz, qarsildoq, yetarlicha sersuv. Ta’mi yoqimli,
qand va nordonlik o‘ziga xos uyg‘unlikda. Maxsus hidga ega emas. Iste'molga
yaroqli pishish davrida 7-8 g/l nordonlikda bo‘lib,18-19% qand to‘playdi, quritishga
yaroqli pishish davrida qand miqdori 24-26% ga etadi, nordonligi 4-5 g/l ga tushadi.
Uzum g‘ujumlari faqatgina urug‘ rudimentlariga ega va nav urug‘siz uzum guruhiga
kiritilgan.