Maorif va pedagogika tarixi fan va o`quv predmeti sifatida. Pedagogika tarixining maqsadi va vazifalari




Download 3,04 Mb.
bet97/190
Sana13.05.2024
Hajmi3,04 Mb.
#228471
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190
Bog'liq
Umumiy pedagogika

2.Maorif va pedagogika tarixi fan va o`quv predmeti sifatida. Pedagogika tarixining maqsadi va vazifalari.

Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo`lgan urli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o`rganib keladi.


Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo`lib, uning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o`qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun- qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim - tarbiya, ma’rifatga doir g`oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o`rganadigan fandir.
Pedagogika tarixini o`quv kursi sifatida Oliy pedagogika o`quv yurtlarida o`rganish bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Pedagogika tarixi fanini o`rganish - kishilik jamiyati taraqqiyoti yo`lidagi tarbiya pillapoyalarining tajribalariga suyangan holda har bir o`qituvchida pedagogik madaniyat va ularga munosabat bildirish kabi malakalarni shakllantiradi.
Pedagogika tarixi kursi talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosimizga to`g`ri munosabatda bo`lishga imkon beradi, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni, jamiyatning sotsial iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog`liqligi to`g`risida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo`lajak o`qituvchi pedagogika tarixi kursini o`rgana borib, boshqa psixologiya - pedagogika turkumidagi o`quv fanlari kabi pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr yuritishga hamda ularning mohiyatini tushunishga ham o`rgana boradi.
Pedagogika tarixi bo`lajak o`qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftixor va g`urur hissini ham tarbiyalaydi.
Umuman pedagogikamiz tarixini o`rganish millatimiz tarixini o`rganish bilan uzviy bog`liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o`qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo`lmaydi.
Eng qadimgi madaniy boyliklarni o`rganishda pedagogika tarixi uch asosiy manbaga tayanadi:

  1. Xalq ijodi materiallari.

  2. Buyuk adib va allomalarning ijodiy merosi.

  3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.

Pedagogika tarixi uchun hukumatimizning ta’lim - tarbiyaga oid Qonun va qarorlari, prezidentiz I.A.Karimovning asarlari, ilg`or olimlarimizning pedagogik ijodlari, ta’lim - tarbiyaga oid kundalik matbuot materiallari ham muhim manba bo`lib hisoblanadi.
Atoqli mutafakirlarimizning ta’lim - tarbiya sohasida qoldirgan muhim fikrlarini o`rganish, pedagogik tafakkurning o`sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim - tarbiya mazmuni va metodlarini o`rgatadi. O`tmishning pedagogik tizimlarida bo`lgan ilg`or fikrlardan ijodiy foydalanadi.


  1. Download 3,04 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maorif va pedagogika tarixi fan va o`quv predmeti sifatida. Pedagogika tarixining maqsadi va vazifalari

Download 3,04 Mb.