|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 96/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikava pedagogik fikrlar
Mavzu: Kirish. Maorif va pedAgogika tarixi fan va o`Quv predmeti sifatida
REJA:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim - tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati haqida.
Maorif va pedagogika tarixi fan va o`quv predmeti sifatida. Pedagogika tarixining maqsadi va vazifalari.
Tarbiyaning kelib chiqishi, uning kishilar mehnat faoliyati bilan bog`liqligi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya.
Eng qadimgi yodgorliklar va xalq og`zaki ijodida ta’lim va tarbiyaga oid fikrlar.
"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim - tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati haqida.
Uzoq va boy tarixga ega bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlari o`zining ta’lim - tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do`stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o`rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqida ta’kidlaganidek: "mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda".
Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy - pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishni taqoza etadi.
O`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov o`z asarlarida alohida ta’kidlab deydi: "Xalqimiz tayanchi - ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o`zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona fodalanishimiz lozim".
Prezidentimiz jamiyatimiz milliy mafkurasini yaratishda ham o`tmish mutafakkirlarimiz merosini muhim deb biladi. U bu mafkurani yaratishda "milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo`shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o`rganish darkor. Men bu o`rinda Abu Nosir Frobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulug` ajdodlarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini nazarda tutayapman.
Masalan, Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini esga olaylik. Buning ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o`quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo`l - yo`riqlarni topa oladi", - deb yozadi.
I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" risolasida ham o`tmish tariximiz va merosimiz ahmiyatini yorituvchi muhim asardir. Prezidentimizning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" degan fikrlari faqat ijtimoiy - siyosiy sohaga emas, balki ta’lim - tarbiyamiz va pedagogikamiz sohasiga ham taalluqlidir. Pedagogikamiz tarixini, o`tmishda ta’lim - tarbiya amaliyoti va nazariyasi qanday bo`lganligini bilmasdan turib hozirgi ta’lim - tarbiyamizda yuksak darajaga erishib bo`lmaydi.
|
| |