"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati




Download 3,04 Mb.
bet100/190
Sana13.05.2024
Hajmi3,04 Mb.
#228471
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190
Bog'liq
Umumiy pedagogika

5."Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati.
"Avseto"da O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O`rta Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming yillikning keyingi asrlarigacha bo`lgan) davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik - dehqonchiligi, savdo - sotig`i, qo`shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan. Bir qarashda "Avesto" sof diniy mazmundagi kitobdek tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og`zaki ijodiyoti, geografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa maslalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan.
Bu kitobning tarixiy manba sifatidagi roliga katta baho bergan yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: ""Avesto" ayni zamonda bu qadim ulkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi"
Olimlarning mulohazalariga ko`ra "Avesto"ning asoschisi Zardo`sht bo`lib, eramizdan oldingi VI asrda Xorazmda yashagan. U chorvachilik bilan shug`ullangan Spitama urug`idan bo`lib, onasi Dugdava, otasi esa Paurushaspadir.
Zardusht ko`pxudolikka qarshi chiqib, 20 yoshida nor tuyasiga minib (Zardusht - sariq tun egasi demakdir), qishloq va shaharlarda yakkaxudolik g`oyasini olg`a surdi.
Xorazm hukmdorlari ta’qiblari natijasida Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o`tadi va o`z ta’limotini uzil - kesil shakllantiradi. Eron shohi Vishtaspga o`z diniy ta’limotini asoslab beradi va uning e’tiborini qozonadi. Eronu Turonda otashparastlik dini to`la joriy etiladi. Zardusht 77 yoshida Balx shahrida ko`pxudolik tarafdorlari tomonida o`ldiriladi.
"Avesto" er.avv. VI asrda yaratilgan bo`lib, to`liq kitob holida er.avv. I asrda shakllangan. U 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan degan ma’lumotlar bor.
"Avesto"ning to`rta: Yasna, Yashta, Vispered, Vendidat qismlari bizgacha yetib kelgan.
"Avesto" uzoq asrlar maboynida bolalarga ilm - ma’rifat o`rgatishda va axloq odob fazilatlarini shakllantirishda dasturul amal bulib kelgan. Zardusht ta’lim - tarbiya masalalariga alohida ahamiyat berib deydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo`lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o`qishni va so`ngra esa yozishni o`rganishi bilan eng yuksak pog`onaga ko`tarilsin".
Kitobda bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagicha tavsiya etiladi: a) diniy va axloqiy tarbiya, b) jismoniy tarbiya, v) o`qish va yozishga o`rgatish.
Zardushtiylar bolalar ta’lim - tarbiyasiga katta e’tibor berganlar.



Download 3,04 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati

Download 3,04 Mb.