|
O’quvchilarga yagona talablar qo’yishning jamoani jipslashtirishdagi ahamiyati qanday?
|
bet | 50/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaO’quvchilarga yagona talablar qo’yishning jamoani jipslashtirishdagi ahamiyati qanday?
O’quvchilar jamoalarining tarbiyalanganlik darajalari pastligi ko’pincha maktabda o’quvchilarga qo’yiladigan Yagona talablarning yo’qligi bilan izohlanadi. Yagona talablar o’quvchilarda javobgarlik munosabatini, yuksak o’zaro talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlarni tarkib toptirishga , mustahkam an’analar yaratishga yordam beradi.
Yagona talablarni ishlab chiqishda o’quvchilarning o’zlari, sinf rahbari, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Uni tuzishda har bir maktabning o’ziga xos xususiyatlari, mahalliy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Yagona talablar buyruqbozlikka nisbatan katta afzalliklarga ega. U barcha o’quvchilar tomonidan g’oyat adolatli deb idrok etiladi, tirishqoqlik bilan bajariladi.
XULOSA: Sinf jamoasining shakllanishi va uning rivojlanib, uyushib borishida o’qituvchining roli juda katta. U jamoani tarbiya maqsadiga muvofiq rivojlantirishga yo’naltiradi.
Jamoaning faoliyatida sinf faollarining o’rni ham muhim bo’lib, ishonchli, ishchan faollarni tanlash uchun o’qituvchi o’quvchilarning faoliyatini, sinf ishlariga kim qanday munosabatda bo’lishini kuzatishi, har bir o’quvchi bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug’ullanish istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. Jamoani uyushtirishda jamoatchilik topshirig’idan, o’quvchilarni istiqbolga chorlash, sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish va o’quvchilarga yagona talablar qo’yishdan o’z o’rnida foydalana olishi lozim.
Topshiriqlar:
1. «Bola tarbiyasiga jamoaning ta’siri» va «Jamoaga bolaning ta’siri» mavzularida munozara va debat uyushtiring. ikki guruhga bo’linib, birinchi guruh jamoaning bolaga (shaxsga) ta’sirini, ikkinchi guruh shaxsning(bolaning) jamoaga ta’sirini yoritib o’zaro munozara uyushtiring. Bunda har guruh o’z qarashlari va g’oyalarini hayotiy misollar bilan asoslab berishga harakat qilishi lozim.
Munozarada quyidagi ma’lumotlarga tayanishni unutmang. Jamoaning bola tarbiyasiga ta’sir ko’rsatish shakl va uslublari quyidagilar:
Jamoaning jamoat fikriga tayanishi.
O’quvchilar jamoasida tanqid va o’z-o’zini, tanqidni rivojlantirish.
O’quvchilarning sinf majlisi.
Sinf devoriy gazetasi.
-Makro va -mikro guruhda liderning o’rni.
«Men guruh sardori bo’lganimda. . .» mavzusida 5 minutlik esse yozing.
|
| |