• Jihozlar
  • Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug’ilganligi haqida o’ylab ko’raylik. «
  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni




    Download 3,04 Mb.
    bet39/190
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #228471
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika

    Axborot manbalari:

    1. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqi¸tining poydevori. -Т.,1998.

    2. Karimov I. A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. -Т.: «O’zbekiston», 1998.

    3. Umumiy o’rta ta’lim muassasa(maktab)larida o’quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida muvaqqat Nizom. // «Хalq ta’limi», 2000 , 4-son. 10-24- betlar.

    4. Farberman B., Musina R., Jumaboyeva F. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishing zamonaviy usullari. -Т., 2002.

    5. Roziqov O. va boshq. Didaktika. Darslik. -Т.: «Fan»,1997 .

    6. Тursunov I. Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.Т.: «O’qituvchi», 1997..

    Jihozlar: kodoskop, mavzuga oid turli diagramma va chizmalar.


    REJA:

    1. O’quvchilar bilimini tashxis etish — didaktik tushuncha sifatida.

    2. O’quv jarayonida o’quvchilar bilimini hisobga olishning vazifalari

    3. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari.

    4. Yoshlarning intellektual sifatlarini aniqlashda testning ahamiyati. Тest va uning turlari.

    5. .Oliy o’quv yurtlarida rag’batlantirishning o’ziga xos usullari.

    Yoshlarni mustaqil bilim olishga o’rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so’zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir suz bilan aytganda o’zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin"6 degan edi. Shu o’rinda ta’kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma’naviy - intellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir.
    O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o’quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.
    Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim
    Bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak.





    1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
    2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o’stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o’z bilim, iqtidor va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg’onadi.
    3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o’quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.
    4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quv materiali yanada chuqur o’zlashtiriladi.
    5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.
    6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o’zgarishlarining me’yori aniqlanadi.
    Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og’zaki so’rash orqali o’zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so’rash, frontal surash kabi turlari qo’llaniladi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li", "Istiqlol va ma’naviyat" kabi asarlarida mustaqil O’zbekistonning ma’naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.
    Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
    Boshlang’ich sinfdan boshlab o’quvchidagi bor imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga asos solinadi. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo’li o’quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko’nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o’qituvchi tinimsiz izlanishi, o’qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim.
    O’quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqozo etadi.
    Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug’ilganligi haqida o’ylab ko’raylik.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi.
    Ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o’zgartirishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarni rag’batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo’ladi.
    Qo’yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to’liq bo’lmaganligi ta’lim - tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalani muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama - yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol - javob tarzida o’tsa, tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. . O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba’zan o’tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
    UO’Т Reyting tizimi to’g’risidagi Nizomda «O’quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foydalanish yo’li bilan umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat»7, deb ko’rsatiladi.
    Reyting deganda - baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi. Reyting yordamida psixologik ob’ektlarni, ular uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.
    Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtiradi. Ularning turli uslublari, tavsiflari qay bir miqdoriy o’zgaruvchilarga turlicha aylantirish uslublaridan iborat.
    Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning umumiy o’rta ta’lim, o’rta - maxsus, kasb - hunar ta’limini va oliy ta’lim bosqichlarida o’quvchi talabalar bilimi reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o’quvchi talabalarni butun o’qish davomida o’z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o’z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag’batlantirish g’oyasiga asoslanadi.
    Bilimlarni baholashda reyting nazorat tizimiga o’tish orqali qator vazifalar hal etiladi. Jumladan:

    • o’quvchi talaba bilimning sifat ko’rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash;

    • o’quvchi talabalarning o’zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ularning o’z ustida butun o’quv yili davomida faol ishlashini jonlantirish;

    • o’quvchi talabalar mustaqil ishlarining samaradorligini oshirish;

    • reyting nazoratida EHMli va EHMsiz testlardan foydalanish;

    • ko’plab kamchiliklarga ega bo’lgan mavjud sinov, imtihon sessiyalaridan voz kechish.

    Reyting nazorat tizimining asosida o’quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo’yicha talaba o’zlashtirishining sifat ko’rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   190




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni

    Download 3,04 Mb.