|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 38/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaModellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan katnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko’zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o’rganish modeli - o’quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko’zda tutadigan metod.
O’rganishning tadqiqot modeli - o’quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar:
1.Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan’anaviy shakldagi mashg’ulot uchun ishlanma tuzing (Turli interfaol usullardan foydalanib).
2. An’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting.
3.An’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to’ldiring:
-
Ta’limning an’anaviy shakli
|
Ta’limning noan’anaviy shakli
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
9-mavzu: TA’LIMNI TASHHIS ETISH.
Mashg’ulotning maqsadi:
Тa’limiy maqsad- talabalarga o’quvchilar ma’naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag’batlantirishning ahamiyati va uning usullari haqida bilim berish.
Тarbiyaviy maqsad- ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash, tarbiyaviy jarayon yo’nalishiga samarali o’zgarishlar kiritish. Тarbiyalanganlik darajasini oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsad- reyting, test, dasturlashtirilgan topshiriq usullaridan, EHM, kompyuter va boshqa texnik vositalardan unumli foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
|
| |