|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 176/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaMustaqil ish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. «Diqqat qiling», «Bugun siz bilan ... haqida gaplashamiz", "daftaringizni oching va ...... yozing", "Doskaga chiq" kabi o’quvchilarga murojaat qilib aytiladigan jumlalardan birini turlicha ohanglarda ayting.
2-topshiriq. Muloqotning o’quvchilar axloqiy tarbiyasiga ta’sinni o’rganing. Buning uchun:
- Har bir o’quvchini jamoadagi statusi (haq-huquqlari)ni aniqlang;
- sinf jamoasining shakllanganlik darajasini, unda kichik guruhlar borligini va ularning qiziqishlarini yo’nalganlik darajasini oydinlashtiring;
- sinfda tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ishchi va shaxsiy muloqotlarni tashkil qilishga tayanish imkoniyatlarini baholang;
- pedagogik jamoani o’quvchilar bilan o’zaro niunosabatlari (avtoritar, gumanitar, liberal)usulini aniqlang;
- turli ishlarni rejalashtinsh, tayyorlash va o’tkazishda o’quvchilarning muloqot vajlari va xarakteriga tayanish imkoniyatlarini baholang;
- muloqotning liderlar, o’quvchilardan ajralib, o’zi bilan o’zi bo’lib qolganlar va odamovilarning axloqiy xolati (his-tuyg’usi, hatti-harakati, vajlari)ga ta’sirini kuzatib turing.
3-topshiriq. Pedagogik masalaga munosabat bildiring.
1- masala. Maktabni bundan o’n yilcha oldin bitirgan kishi bunday hikoya qiladi: "SHu yil maktabga kelgan rus tili o’qituvchimiz D. darsni yaxshi o’tardi, bizga har kuni nasihat qilardi. Insonning burchi, ahloqiy poklik, yuksak prinsiplar haqida ko’p gapirardi, ko’tarinki rux, balandparvoz so’zlar bilan doim biror tarixiy faktni yoki mashhur kishilarni misol keltirib gapirardi. Ochig’ini aytsam bizlarga uning bu gaplari juda yoqardi. U nasihat qilganda biz qandaydir biror yangilikni bilib olardik. Lekin bir kuni huddi shunday nasixatgo’ylikdan so’ng qarasak, muallimimiz bizga qanday yashashni o’rgatar ekanu, o’zi ichuvchi ekan. Kechqurunlari uning uyida ichkilikbozlik, qimor o’yini ham bo’lib turar ekan. Sinfdoshlarimizdan biri bir kuni qishloqdagi katta to’ydan so’ng o’qituvchimiz mast bo’lib, uygacha yetolmay yo’lda yiqilib qolganini ko’ribdi. SHundan so’ng bu o’qituvchi biz uchun eng obro’siz kishi bo’lib qoldi. U hamon bizga nasihat qilar, lekin uning gaplariga endi hech kim quloq solmas ishonmasdi.
Esimda, bir kuni maktab ma’muriyati shu o’qituvchini mukofotladi. Men bilan partada birga o’tirgan bola o’ylanibroq qoldi va "Balki, shunday yashash kerakdir?" dedi. Bu juda xavfli mulohaza edi.
|
| |