|
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish
|
bet | 4/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 15,54 Mb. | | #274568 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish:
o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan
to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish
qobiliyatli va iste'dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish
milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me'morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish
o‘quvchilarni yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish
turli (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar] ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda sinf o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 17-apreldagi 122-son
buyrug‘iga asosan
“TASDIQLAYMAN”:
Maktab direktori:________ ______________________________
Maktab MMIBDO‘: _________ _____________________________
“Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quv-mavzu rejasi
2–SINF
№
|
O‘tiladigan mavzular
|
Soat
|
Rejada
|
Amalda
|
1.
|
Ona yurtim-oltin beshigim
|
1
|
|
|
2.
|
Odobli bola-elga manzur
|
1
|
|
|
3.
|
Yo‘l harakat qoidalarini vujudga kelish tarixi (Yo‘l harakat qoidalari)
|
1
|
|
|
4.
|
Ustozga hurmat (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
|
1
|
|
|
5
|
Yaxshilik qilishga shoshiling
|
1
|
|
|
6
|
Ona tabiatni asraylik. (4-oktabr butun jahon hayvonlarni himoya qilish kuni munosabati bilan)
|
1
|
|
|
7
|
Xavfsizlik alifbosi
|
1
|
|
|
8
|
Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
9
|
Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
10
|
O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
11
|
Tartibga solish vositalari va ahamiyati. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
12
|
Zo‘ravonlikka yo‘q deymiz
|
1
|
|
|
13.
|
Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
14
|
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
15
|
Yo‘lni kesib o‘tish. To‘xtash joyi. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
16
|
Maktabimdagi kasblar
|
1
|
|
|
17
|
Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
18
|
Men o‘zgachaman
|
1
|
|
|
19
|
Maxsus transport vositalari va turlari. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
20
|
Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
|
1
|
|
|
21
|
Do‘stlik – bebaho ne’mat. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan )
|
1
|
|
|
22
|
Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
23
|
Oilada mening o‘rnim va vazifam.
|
1
|
|
|
24
|
Transportda yurish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
25
|
Milliy an’analarimiz – g‘ururimiz ( 21 mart – Navro‘z do‘stlik bayrami munosabati bilan).
|
1
|
|
|
26
|
Sog‘lom tanda - sog‘ aql
|
1
|
|
|
27
|
Qonunlar nima uchun kerak?
|
1
|
|
|
28
|
Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
29
|
Sehrli so‘zlar (muloqot ko‘nikmalari).
|
1
|
|
|
30
|
Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
|
1
|
|
|
31
|
Yo‘l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
32
|
Kitob bizning do‘stimiz.
|
1
|
|
|
33
|
Telefon va men
|
1
|
|
|
34
|
Yozgi rejalar
|
1
|
|
|
|
Jami:
|
34 soat
|
|
|
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
1-mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim
Mustaqillik shiori: Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o‘quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish; o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi;
TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Bizning Vatanimiz O‘zbekiston! O‘zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug‘ilib o‘sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go‘zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag‘ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug‘ilib o‘sdim. O‘zbekiston juda go‘zal diyor. O‘zbekistonda go‘zal bog‘lar, yuksak tog‘lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go‘zal shaharlar ko‘p. O‘zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo‘lib, go‘zallikda tengi yo‘q. O‘zbekiston jannatmakon diyori.
|
| |