|
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2-“ ” sinf rahbari
|
bet | 1/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 15,54 Mb. | | #274568 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024
___________________ hokimligi
maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
__-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
2-“__” sinf rahbari
_________________ning
2024-2025-o‘quv yili uchun
Наr qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, bugungi kun talablariga mos odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib berishni talab etadi.
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng sharaflisi maktab bo‘Isa, kasblaming ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir
Zamonaviy sinf rahbarining faoliyati birinchi navbatda o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan ishlashga qaratilgan. U har bir bolaning yoshi va individual xususiyatlarini o‘rganish, kognitiv qiziqishlami rivojlantirish va rag‘batlantirish uchun motivatsiyani shakllantiradi.
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
o‘quvchilarning maksimal darajada rivojlanishi uchun imkoniyatlarini ochish, har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini saqlab qolish, aqliy, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.
O‘z faoliyatining texnologiyasini puxta egallagan haqiqiy sinf rahbari:
har bir o‘quvchida o‘ziga xos, betakror shaxsni ko‘ra biladigan dono tarbiyachidir;
har bir o‘quvchini pedagogik tashxis asosida chuqur o‘rganadi;
u bilan munosabatlarni uyg‘unlashtiradi;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan holda bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradi.
|
| |