rasmda fotodiodning shartli belgisi va ulanish sxemasi
ko‘rsatilgan. Bu asbob avtomatik boshqarish va nazorat usku-
nalarida qo‘llanadi. Bu asbobning diodga o‘xshash ikkita: tokni
o‘tkazuvchi va o ‘tkazmaydigan holatlari mavjud.
Ikkita holatda ishlaydigan asboblami, masalan, elektron
yoki yarimo‘tkazgichli diodni „ventil“ tushunchasi bilan ham
ifodalash mumkin. Fotodiod „ventilli fotodiod“ deb ham
ataladi.
Fotorezistor ham yarimo‘tkazgichli asbob bo‘lib, uning
qarshiligi yorug‘lik oqimiga nisbatan uzluksiz o‘zgaradi. 9.12-
rasmda shu o'zgarish oqimining egri chizig‘i ko‘rsatilgan.